NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI
“O'zbekiston tarixi” kafedrasi
Himoyaga tavsiya etilsin
fakultet dekani t.f.d., dots. L.M.Babaxodjaeva
“___”________2023 yil
KURS ISHI
Mavzu: XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi va Rossiya imperyisi o’rtasidagi diplomatik aloqalar
Himoyaga tavsiya etilsin
Kafedra mudiri: t.f.n., professor Z.Ilhomov
“___”________2023 yil
Ilmiy rahbar: PhD. F.B.Xayitova
Bajardi: Sherqulov Orzubek 302 –guruh sirtqi ta’lim talabasi
Toshkent - 2023
Mundarija
Kirish:……………………………………………………………………..3
I bob. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga istilochilik harakatlari
1.1. Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligining bosib olinishi.…….6-12
1.2. Xiva xonligining mustamlakachilik asoratiga tushishi.Gandimiyon shartnomasi ………………………………………………………………13 -17
II bob. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi va Rossiya imperyisi o’rtasidagi diplomatik aloqalarining ahamiyati
2.1 . XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari ...................….18-23
2.2 . Xiva xonligi va Rossiya imperiyasi ortasidagi iqtisodiy aloqalari ……………………………………………………………..….24-28
Xulosa:……………………………………………………………………29
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati: …………………………………….30
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Insoniyat o‘z aqlini tanibdiki o‘zligini anglashga, tarixni o‘rganishga harakat qilib keladi. Bu ish shuning uchun muhumki o‘zligini bilmagan , o‘tmishidan bexabar xalq bir kun kelib tanazzulga mahkumdir. Bu asrlar osha o‘z tasdig‘ini topgan haqiqatdir. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng respublikamiz oldida bir qator dolzarb vazifalar turardi. Bu vazifalardan biri haqqoniy tariximizni qayta tiklash va o‘sib kelayotgan yosh avlodda tarixiy ong va xotirani shakllantirishdan iborat vazifa edi. 2017-2021 - yillarga mo‘ljallangan “O‘zbekiston Respublikasini ya’nada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ga muvofiq ta’lim bosqichlarining uzluksizligi va izchilligini ta’minlash, ta’limning zamonaviy metodologiyasini yaratish hamda ular asosida bo‘lajak tarix o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirishni taqazo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga ko‘ra 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Unga ko‘ra uzluksiz ta’lim tizimini ya’nada takomillashtirish, sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, shuningdek bu borada pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirishga katta ahamiyat berilgan1.
Hozirgi kunga kelib, fan-texnologiyani rivojlanib borishi natijasida axborotlar oqimi juda katta tezlikda oshib bormokda. Bu esa ishlab chiqaruvchilar oldiga yangi bilimlarni qiska vaqt ichida yangilash, doimiy ravishda kundalik yangiliklardan xabardor bo‘lish va o‘z vaqtida ularning o‘z kasbi hamda shaxsiy kamolati uchun zarur bo‘lganlarini o‘zlashtirib borishini taqazo etmoqda. Aks holda qaysi kasb egasi bo‘lishidan qatiy nazar u o‘zining mehnat va xizmatlar bozoridagi o‘rnini yo‘qotib qo‘ymokda. Har bir jamiyatda mazkur muammolarni samarali hal etish uning samarali ta’lim tizimi orqali amalga oshiriladi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi kunda har bir mamlakatning qudrati faqatgina uning moddiy boyliklarini ko‘pligi bilan emas, balki uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Shunday ekan, har bir jamiyatning ertangi kuni bo‘lgan yosh avlodni o‘z zamonasi bilimlari bilan chuqurqurollantirmasdan turib har tomonlama kuchli davlat qurib bo‘lmaydi.Hozirgi kunda ijtimoiy, iqtisodiy, manaviy, mafkuraviy sohalarda tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek talimni texnalogiyalashtirish masalalari ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ta’limni isloh qilinishi tarix fanini, uning uzviy qismi bo‘lgan O‘zbekiston tarixini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov Tarixiy xotirasz kelajak yo‘q asarida butun tariximizni chuqur o‘rganishga , uni to‘liqligicha xalqimizga yetkazishga , xabardor qilishimiz kerakligi aytib o‘tilgan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng xalqimizning o‘z yurti ,tili, madabiyati , qadriyatlari tarixini bilishga , o‘zligini anglashga qiziqish kuchayib bormoqda. Bu – tabiiy hol . Odamzod borki , avlod-ajdodi kimligini , nasl-nasabi , o‘zi tug‘ilib o‘sgan , voyaga yetgan qishloq , shahar , xullaski , Vatanimizning tarixini bilishni istaydi.2
Dostları ilə paylaş: |