Kurs ishining obyekti. Xiva xonligi va Rossiya imperiyasining diplomatik aloqalariga tegishli bo'lgan tadqiqotlar tashkil qiladi. Dissertatsiyalar, monografiyalar, arxiv materiallari va vaqtli matbuot nashrlari shular jumlasiga kiradi.
Kurs ishining predmeti.Tadqiqotning predmetini Xiva xonligining tashqi iqtisodiy siyosiy aloqalariga oid tadqiqotlar, tarixiy-ilmiy yondashuvlar, tahlil, munosabatlar tashkil qiladi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. Mazkur kurs ishidan ma'ruza matnlari tayyorlashda, seminarlarda, shu jumladan tarix to'garaklarida hamda mavzuga qiziquvchi keng omma foydalanishi mumkin.
Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, 2 ta bob, 4 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxatidan iborat.
I bob. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga istilochilik harakatlari 1.1. Rossiya imperiyasi tomonidan Xiva xonligining bosib olinishi Rossiya hukmdorlarini Pyotr I zamonasidan beri Xiva xonligini bosib olish to‘g‘risidagi fikr tark kilmasdan kelmokda edi. Rossiya imperiyasi 1865 yilda Toshkentni, 1868 yilda Buxoro amirligini istilo kilganidan keyin Xiva ustiga yurishga kizg‘in tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Buning uchun Rossiya xukumati Xiva xonligiga nisbatan turli-tuman bahonalar tuqishga, tuxmatlar uyushtirishga kirishdi.Shu bilan Xiva xonligini Rossiya davlati oldida gunohkor qilib ko‘rsatishga urindi.Turkiston general-gubernatori va Turkiston harbiy okrugi bosh qo‘mondoni Fon Kaufmanning 1870 yil 25 martda Xiva xoniga Davlat Bushayev elchiligi orqali yuborgan maktubida «Urush uchun oxirgi vaqtlarda ko‘plab bahonalar yig‘ilib qolgan» 3, deb ta’kidlanadi. Shu bilan generalning maktubida Xiva xonligi ustiga bosqinchilik yurishini boshlashi uchun kifoya qiladigan bahonalar qayd qilinadi. Bu bahonalar Rossiya imperiyasining qozoqlardan va Urta Osiye yerlaridan istilo kilingan yangi hududlari bilan Xiva xonligi yerlari oralig‘idagi chegarasi va karvon yo‘llari yuzasidan tushunmovchiliklari to‘g‘risidagi general-gubernatorning, Xiva xonini rus hukmdorligiga karshi kurashga otlangan kozoklarga yordam berishida va ularni bu kurashga chaqirishda ayblashi to‘g‘risidagi, Mang‘ishloq beboshlari tomonidan asir qilinib, Xiva xonligiga eltib sotilgan Rossiya fuqarolarining ozod kilinib kaytarilmaganligi, Rossiyadan qochgan har xil isyonkor, qaroqchilarning Xiva xonligida bekinib, boshpana topishi gumon qilinishi to‘g‘risidagi, Rossiyadan Buxoroga boradigan savdo yo‘lida xivaliklar zakot undirish bahonasi bilan ularni talon- toroj qilayottanliklari to‘g‘risidagi da’volaridan iboratdir
Xiva xonligida asirlikdagi rus fukarolari to‘g‘risida Muhammad Yusuf Bayoniy asarida, «Hijratning ming ikki yuz sakson beshlanchisida (1868) Bahri Hazar (Kaspiy) konarida baliqchilik etib yurgan Rossiya fukarolaridan ba’zilarini Mang‘ishlok qozoqlaridan bir jamoa asir etib kelturub, 'vaqtsa sotmoq boshladilar. Ikki yil oradan o‘tib, asirlar ..yigirma birga yetdi», deb yoziladi.
Xiva xonligini bosib olish uchun qizg‘in tayyorgarlik k o'ra boshladi. Ammo hukumatning oliy martabali vakillari Stoletovni hukumatni mensimaslik va o'zboshimchalikda ayblab, vazifasidan chetlatdilar. Xiva xonligini tezroq bosib olish uchun ruxsat berilishini K.Kaufman ham bir necha bor hukumatdan so‘ragan edi. Nihoyat, 1872 yilning dekabrida imperator Aleksandr boshchiligida o ‘tkazilgan maxsus yig‘ilishda xonlikni bosib olishga ruxsat etildi. U yerga uch
tomondan, ya’ni Toshkent, Orenburg, Krasnovodsqdan harbiy yurish uyushtirish haqida ko‘rsatma berildi. Bu joylarda 1871-1872 yillar mobaynida harbiy tayyorgarlik qizifib yuborilgan edi.Chunonchi,Kaspiy dengizi va xonlik o‘rtasidagi joylarni tekshirish va m a ’lumotla r to'plash maqsadida bir necha bor harbiy ekspeditsiyalar uyushtirildi. 1872 yil 12 sentabrda polkovnik Markozov qo‘mondonligida 1700 kishilik askar 14 to 'p bilan Mang‘ishloq va Chekishlar degan joylardan chiqib, 25 sentabrda Topitog‘ga kelgan. Ruslar yo‘lda Xivadan Atrek tomonga ketayotgan savdo karvonini talab, ko‘p tuya va qo‘ylarni o’lja olganlar. Bir rus harbiy qismi Xivaga boradigan yo‘llar sharoitini o ‘rganish uchun qudug‘iga kelganda 600 kishilik Xiva otliqlari bilan to'qnashgan. Bu to ‘qnashuvda ruslar 150 tuyani qo‘lga tushirishgan.Rus askarlariga 1000 otliq Ahaltaka turkmanlari hujum qilganlarida ulardan ko‘p kishi o‘ldirilgan, bosqinchilardan esa 4 kishi oldirilib, 6 kishi yarador bolgan. Rus harbiy qismlari turkmanlami qarshilik ko'nsatganliklari uchun jazolash maqsadida Ichdi degan joyda ulardan 1000 qo‘yni tortib olgan. Shundan keyin polkovnik Markozov Qizil Arvotga kelib, qo‘shinning bir qismini shu yerda qoldirib, qolgan qismi bilan Ahaltaka vodiysidagi Koj, Zov, Qizil Chashma, Jenchi, Bomi kabi turkman ovullariga kelib, 1200 xonadonga o ‘t qo‘ygan va molmulklarini talagan. Ammo bunday vahshiylarga munosabat erksevar turkmanlami qo‘rqita olmadi. 1873 yilning yanvarida Atrek qirg'oqlarida
bosqinchilar bilan turkmanlar o'rtasida yana jang bo'lgan. Rus hukumati shu darajaga borib yetdiki, harbiy ta’minotning bir qismini ochiqdan-ochiq bosmachilik qilish hisobiga to‘ldirishdan ham toymadi. Masalan, 18 rota, 9 to‘p va 200 kazakdan tashkil topgan qo'shin Atrek suvidan o ‘tib, turkmanlaming 3000 tuyasini tortib oladi. Bu tuyalar keyinchalik xonlikka qarshi harbiy yurishga jalb etiladi. Hal qiluvchi harbiy yurishning uch tarafdan amalga oshirilishi haqidagi qaror 1873 yilning bahorida kuchga kirdi. Zero, aprelning birinchi yarmida polkovnik Lomakin q o ‘shini Mang‘ishloqdan yo‘lga otlandi.U 14 mayda Ustyurt orqali yurib, urushsiz Qo‘ng‘irotni egallaydi. Polkovnik Markozov Krasnovodskdagi qo shin bilan Oydin, Topiatan, Tchdi degan joylarni egallab,
tu rkm an la r bilan jang qiladi. 16 aprelda sodir b o ‘lgan bu to'qnashuvda bosqinchilar 200 kishini asir, 1000 quy va 5000 tuyani o ija olib, xalqni xonavayron etadilar. Ammo Krasnovodsk qo‘shini havoning issiqligi va suvsizlikka chiday olmay, ko'p ot va tuyaning kasallanib o ‘lishi oqibatida orqaga qaytishga majbur bo ‘ladi. Boshqa yo‘ldan ketayotgan Kavkaz harbiy okrugiga
qarashli h a rb iy q ismlar esa, Xiva tom o n yu rish n i davom e ttir a d ila r . 1873 yilning 15 fevralida Orenburg general gubernatorilgi tarafdan ham qo‘shin yo‘lga chiqqan edi. Turkiston harbiy gubernatorligiga qarashli joylardagi qo‘shinlar Toshkentdan, Qozoli va Perovskdan yo‘lga chiqishlari lozim edi. Jizzax qo shinining bir qismi general Golovachev boshchiligida 1873 yil 1 martda Toshkentdan, ikkinchi b o ‘limi 11 martda Xo‘janddan chiqib, Qili arig‘ida birlashdilar. Ular bilan birga K.Kaufman ham kelgan edi. Polkovnik Golov boshchiligidagi Qozoli va Перовск qo‘shini 6-8 martda yo‘lga chiqib, Erkaboy
degan joyda qo‘shildilar. Xonlikning boshida qora bulutlar paydo bo'lib turganda, saroy ahli dushmanga qarshi kurashishni foydasiz deb bilib, asirlarni ozod etish bilan xavfni bartaraf qilishga umid bog‘lagan. Muhammad Rahimxon Kaufman huzuriga yuborilgan elchi qaytmaganidan keyin bir oz bo'lsada ko'zi ochilib, dushmanga qarshi qo'shin jo'natishga qaror qiladi. Xon Muhammad Murod devonbegi qo‘l ostidagi o'zbek va turkmanlardan iborat qo‘shinga Mahmud Yasovul boshi va Yoqubboy qalmoq singari lashkarboshilarni qo'shib, Kaufman kelayotgan tomonga, ya’ni sharqqa jo'natadi. Eltuzar inoq bilan Bobo Muxtorni 6000 askar bilan shimolga — Qo‘ng£irotga yuboradi. 2000 kishilik askarlar amir To'ra va Muhammad Rizo boshchiligida Xazoraspga jo’natiladi. Bu vaqtda xonlikning ikkinchi tomonidan Turkiston gubernatorligining general Golovachev boshchiligidagi qo'shini bostirib kclayotgan edi. Bu qo‘shin 1873 yil 24 aprelda xonlik chegarasidan chaqirim naridagi Xolota degan joyga o ‘rnashadi. Bu yerda
vaqtinchalik turish uchun istehkom qurilib, unga Svyatoy Georgiy nomi beriladi. Uning tepasiga rus bayrog‘i osib qo'yiladi. Kaufmanning bu ishi endilikda shu yergacha bo'lgan joylar Rossiyaniki, degan ma’noni anglatardi. Kaufman boshliq qo‘shin 30 aprelda Odamqirilganga vetib keladi. Kechasi ularga turkmanlar o ‘q otib turadilar. Ertalab soldatiarning otishmalari orqasida mag‘lubiyatga uchragan turkmanlardan bir necha kishilar yarador b o ‘ladi. Qo'shin Xolotadan 100 chaqirim masofani bosib o'tayotganida ularni xivaliklar va turkmanlar kuzatib, ahyon-ahyonda o ‘q otib turganlar. 23 may kuni Kaufman qo'shinga Shayxariqdan Hazoraspga yurishni buyurdi. Bu shahar atrofidagi boglardan dushmanga qarshi otilgan o‘qlaming ovozi eshitilib turban. Ammo bosqinchilar qattiq qarshilikka
uchramay, Hazoraspni egallaydilar. Ayni bir vaqtda general Veryovkin qo‘shinlari Mang‘itdan chiqib yo‘lda ketayotganida, 22 mayda 10 ming kishilik xivaliklar ularga hujum qilgan. Oqibatda vatan himoyachilari yengilib, ortlarida 200 o ‘lik qoldirib chekinganlar. Dushman kuchlari ikki tarafdan tobora Xiva shahriga yaqinlashgani sari bu yerga kelayotgan qochoqlar soni ham ortib boravergan. Bu xususda Bayoniy shunday yozadi: ≪Xon hazratlari farishon bo'lub, buyurdilar: darvozalarni mahkam etib, el qamal bo‘lsunlar. Ammo Xivada Beshariq va Naymon, Qulon, Qorabog‘ va Shatu, Qiyot va Qo‘ng‘irot, Do‘rmon va Chotko‘pruk, Qo'shko‘pruk va Uyg‘ur, Xonobod va Zay, hosili kalom tamomi Xivaq atrofrdan elchi kelib, qamalib erdilar. Xivadan, xususan, mudofaa devorining ustiga o ‘rnatilgan to'plardan va devor tuynuklaridan o'qlar otilib turdi. Shu bois 29 mayning erta tongida qattiq otishmalardari so‘ng dushman kuchlari
devor va darvozani teshishga erishganlar. Skobelev boshchiligidagi soldatlar darvoza teshigidan kirib, uch to ‘pni jang bilan qo'lga kiritganlar. ≪Biz,— deyiladi rus manbasida,-- Xivaga kirishimiz bilanoq qabriston tomondan xivaliklar yovvoyilarcha baqiriqchaqiriqlar bilan bizga tashlandi. Shu orada darvoza ag'darildi va /ambaraklar kiritildi. Bir necha otishuvlar va 2 raketa otilgandan so‘ng ko‘cha dushmandan tozalandi≫.Rus lashkarboshilari xon saroyida tintuv o‘tkazdilar. Bu hol muhalliy va rus manbalarida deyarli bir mazmunda sharhlangan. Masalan, Bayoniy uni shunday tasvirlaydi: ≪Kaufman kelib Arkka
kirib, taxti xorazmshohiyda oiturdi. Boshqalar atrofida sandallarda homarotib o‘tirdilar. Chingiziy to ‘ralardan Nazarxonkim,xon hazratlariga qiz berib, qarindosh b o ‘lgan erdi, kelib haram siroyining eshigini mahkam etib, eshik oldida o’lturu b, haramga kishi kirmoqdan mone’ bo‘ldi. Yoqubboy Kaufmanning oldida
xizmat etib, anvoyi mo‘qulotu mashrubot va oqsami mevajot topa berib, hozir bo’lib turdi. Kaufman ikki soatdan so‘ng Golovachevni talab etib, besh bo’lak askar bilan Ark ichidan va Ark oldida qorovul tariqasida turmakga tayin etib, g'aranduq bila hamroh bo'lub, general Verufkinning ahvolini so‘ramak uchun ketdi. Golovachev xazinani ochdurub, xazinaga kirdi, bir sandal bor edi. Golovachev ko'rub dedi: ≪Bu imferatur saroyida turalurg'on shohi sandallarga o'xshashdir. Hamonokim, imferaturdin hadya tariqasida bu yerga kelgandur≫. Yana muzayyan bir sandalkim,Muhammad Rahim Bahodirxoni avvalinning zamonalarida tuzatilmish erdi. Yana bir nechta temur orcha ko'rdular. Shunday qilib, b o sq in ch ila r saroydagi b a rch a qim ma tli narsalarni va 300 qo‘lyozma asarni talab, Peterburgga olib ketganlar.Qolgan narsalarni esa soldatlar talashib olgan. Shu ravishda Muhammad Rahimxon shilingan saroyda o‘z faoliyatini Rossiyaning vakili sifatida qaytadan davom ettirdi.Kaufman xonlikda turli sabablar bilan qo‘lga tushirilgan va qul sifatida ishlatilayotgan kishilarning darhol ozod qilinishini talab etdi. Xon bu ko‘rsatmani darhol amalga oshirdi.Kaufman Matniyoz devonbegini o ‘ziga yaqin tutib, xonlikdagi ahvol haqida qimmatli ma’lum otlarni olib turgan. Kaufman Muhammad Rahimxon, ayrim mahalliy nufuzli kishilardan hamda rus ofitserlaridan iborat boshqaruv idorasini devonni joriy etdi. Devon polkovnik Ivanov raisligida bir necha bor yig‘ilgan.1873 yil 12 avgustda xonning Gandimiyon bog‘ida Kaufman sulh shartlarini Muhammad Rahimxon diqqatiga havola qildi.