Kurs ishining o'rganilish darajasi. Ushbu kurs ishimni yozishda mavzuga tegishli bir qancha adabiyotlardan foydalanildi. Bu adabiyotlar quyidagilardan iborat:,Hamid Ziyoyevning,,Turkistonda Rossiya tajovvusi va hukmronligiga qarshi kurash’’ T.1998.O’zbekistonning yangi tarixi.1-kitob Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida T.,,Sharq’’,2000. H.Musayev,,XIX asrning ikkinchi yarmi va XXasrning boshida sanoat ishlab chiqarilishi’’.Rasulov A.ning ,,Turkiston va Rossiya munosabatlari’’Mizo Olim Mahmudxo’janing ,,Tarixi Turkiston”. Alixon to’ra Sag’uniy ,,Turkiston Qayg’usi” kabi asar va manbalar orqali o’rgandim.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Ushbu kurs ishini yozishdan maqsad Rossiya imperyasi va Xiva xonilgi o’rtasidagi diplomatik aloqalarini yoritib berish.Mavzuning vazifasi esa,Rus bosqini davrida Xiva xonligidagi vaziyatni o’rganish.
-Xiva xonligining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi harakatlarini tahlil qilish
-Xonlikning dushmanga qarshi urushlarini tahlil qilish va yutqizganlik sabablarini o’rganish
- Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalarini yoritib berish
- Rossiya imperiya bosib olgan keyin Xiva bilan diplomatik savdo-iqtisodiy aloqalarini tahlil qilish
-mavzu yuzasidan yakuniy xulosa yasash
Kurs ishining davriy chegarasi.Ushbu kurs ishinining davriy chegarasi XIX asrning ikkinchi yarmidagi Xiva va Rossiyaning diplomatik aloqalarini o’z ichiga oladi
Kurs ishining nazariy-metodologik asoslari. Kurs ishida ilmiy ommabop maqolalar, mustaqillik yillarida yozilgan monografik asarlar, ilmiy adabiyotlardan, internet ma’lumotlaridan foydalanilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF4947-son“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida’’gi va 2020-yil 29-oktyabrdagi PF-6097-son “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida’’gi Farmonlari va boshqa tarix faniga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar tashkil etadi., Ushbu kurs ishini asosini Jahon tarixi fan bo’yicha yozilgan ilmiy adabiyotlar tashkil etadi.