Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tarix fakulteti


II bob. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi va Rossiya imperyisi o’rtasidagi diplomatik aloqalarining ahamiyati



Yüklə 139,41 Kb.
səhifə5/7
tarix20.11.2023
ölçüsü139,41 Kb.
#164871
1   2   3   4   5   6   7
1 Orzubek O\'zb kurs ishi(1)

II bob. XIX asrning ikkinchi yarmida Xiva xonligi va Rossiya imperyisi o’rtasidagi diplomatik aloqalarining ahamiyati

2.1. XIX asrda Xiva xonligining tashqi iqtisodiy aloqalari


Xonligining qo’shni sharq davlatlari bilan savdo aloqalarini o’rganish uning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalari majmuida ko’rib chiqsak maqsadga muvofiq bo’ladi. Sababi, O’rta Osiyo xonliklarining Rossiya bilan tashqi iqtisodiy aloqalari so’nggi o’rta asrlarda yildan – yilga tobora jadallashib borganligi va Rossiya tovarlari O’rta Osiyo xonliklari orqali Xitoy, Hindiston , Eron va boshqa mamlakatlarga kirib borganligi kuzatiladi. Demak, Xiva Rossiya bilan na faqat siyosiy va iqtisodiy munosabatlar o’rnatgan, hattoki u Rossiyaning sharq davlatlari bilan aloqasida vositachi davlat ham bo’lgan. Rossiyaning Xiva va Buxoroga va ular orqali sharq davlatlariga jo’natgan savdogarlari va missiyalarining yozma bildirishnomalari, hisobotlari biz uchun manba vazifasini o’taydi, chunki ularda Xiva xonligining siyosiy va iqtisodiy hayoti haqida batafsilroq malumotlar talayginadir. Masalan: N.A.Xalfin Rossiyaning O’rta Osiyo xonliklari bilan savdo 17 munosabatlarida xivaliklarning muhum rol o’ynashini ta’kidlagan. Xivaliklar tuyalarda tovarlar bilan Buxoroga borishgan, u yerda buxoro tovarlari va chet el mollarini olib Orengburg, qirgiz cho’llari orqali, yoki Mang’ishloq va Kaspiy dengizi orqali Astraxanga borishgan. O’rta Osiyo bilan Hindiston va Afg’oniston o’rtasidagi iqtisodiy-savdo aloqalari to’g’risida XIX asrning 30-yillari boshlarida maxfiy topshiriq bilan Buxoroga safar qilgan ingliz agenti Aleksandr Borns ko’p xarakterli ma’lumotlar beradi. A.Borns Astrobod bilan Xiva savdo aloqalari yo’lning notinchligi va doimiy hujum xavfi tufayli unchalik taraqqiy etmaganligini bayon qiladi. Astrobodga bir yilda bitta yoki ikkita Xiva karvoni kelgan bo’lib, ularning har birida 80 yoki 100 tuya yuk keltirilgan. Borns xabariga ko’ra, Xiva bilan Astrobod oralig’i karvon uchun xatarli bo’lganligi sababli savdo karvonlari Kaspiy dengizining sharqiy qirg’oqlari bo’ylab yurgan. XIX asrning 30-yillari boshlarida O’rta Osiyo bozorlarida ingliz va rus tovarlari o’rtasidagi raqobat tobora kuchaya boradi. Shu davrlarda ingliz tovarlari Afg’oniston orqali O’rta Osiyo xonliklariga, rus tovarlari esa O’rta Osiyo xonliklari orqali Afg’onistonga ko’proq kirib kela boshlaydi. Natijada afg’on savdogarlari xalqaro savdo munosabatlariga tobora keng jalb qilina boshlangan. A.Borns xabariga ko’ra, afg’on savdogarlari rus yarmarkalariga ham tashrif buyurishgan. Buxoro savdogarlari afg’on savdogarlarining ingliz tovarlarini O’rta Osiyo bozorlariga olib kelayotganligidan narozi bo’lishgan. 1838 yilda Qandahor, G’azna, Kobul, Qunduz, Balx, Buxoro kabi Xiva karvonsaroylari ham nil bo’yog’iga to’lib ketgan.
Ma’lumotlarga ko’ra 1838 yil Buxoro bozorlarida nilning pudi ikki tillo-yu to’rt yoki besh tangadan sotilgan. Lekin o’sha yillardagi bo’yoqlar sifati avvalgilardan ancha past bo’lgan ekan. Shuning uchun nilning narxi tushib ketgani rost emish. Bundan avg’on savdogarlari sezilarli zarar ko’rishgan. 1838 yili har bir tuya yukdan (16 pud) bir tillodan zarar ko’rilgan ekan. 18 Orenburg general-gubernatori Perovskiy ham afg’on savdogarlarining Buxoro va Xivaga ko’plab ingliz tovarlarini olib kelayotganligini e’tirof qilib, ularni rus tovarlariga nisbatan ancha past narxlarda sotayotganligidan mamnun bo’lgan. Biroq, shunga qaramasdan ingliz tovarlarining xaridorlari kam. Buning sababi afg’onlar ingliz tovarlarini Buxoro va Xiva tovarlariga ayirbosh qilmasdan, faqat naqd pulga sotishadi, deb ta’kidlagan edi. Afg’onistonning ichki va tashqi tranzit savdo aloqalarida mamlakatda yashovchi afg’on savdogarlari kabi tojiklar, hindlar va eronlik savdogarlar katta rol o’ynagan. Ko’chmanchi afg’on qabilalari hisoblangan povinda vositachi rolini bajargan. Elfinston ma’lumotiga ko’ra, povinda orasida XIX asr boshlarida 3000 f.sterl. boylikka ega bo’lgan bir nechta savdogarlar bo’lgan. Ular O’rta Osiyo bilan Hindiston o’rtasida hamkorlik qilgan. XIX asrning 40-yillarida Rossiyada Xiva xonligi haqida bir qator maqolalar e’lon qilina boshlaydi.7 Jumladan, 1840 yilda e’lon qilingan G.Gilmersenning “Xiva, v nыneshnem svoyem sostoyanii” maqolasida Xivaning Afg’oniston bilan savdo qilishi, hattoki, Xivada 15 afg’on oilasi yashaganligi, ular asosan savdo qilish uchun Xivaga kelishganligi, ba’zilari tabiblik bilan ham shug’ullanganligi ta’kidlangan. U makolada karvonlardan boj solig’i pul bilan olinishi va aniq soliq miqdori belgilanmaganligi, soliq avval Urganchda, keyinchalik Xivada olinganligini xabar kiladi. U xonlikning qovun, tarvuz, qovoq, sariq va oq sholg’om, turup, sabzi, qand, no’xot, piyoz, turk loviyasi, bodring, kartoshka kabi ekin turlari haqida ma’lum kilib, Xivaning ho’l mevalarga boy emasligi sababli juda qimmat bo’lganligini va uni faqat badavlat kishilar sotib olishganligini ta’kidlagan8. Mayiz va jidda Mashhaddan keltirilgan va u aroq tayyorlashda ishlatilgan. Bir pud Eron mayizi 16 tanga (8 rub.) turgan. Mahalliy uzumdan kuchsiz aroq tayyorlangan va uning bir shtofi (chelakning o’ndan bir qismiga barobar keladigan vino, aroq o’lchovi va shu miqdordagi aroq, vino) 5 tanga turgan. Bir funt olma Xozaraspda taxminan 10 kop. bo’lgan, tarvuz va qovunlar arzon bo’lib, katta qovun 3 kop.dan 19 5 kop.gacha sotilgan. Gilmersen Xiva qo’shinlari qilich, nayza, miltiq bilan qurollanganligi, sardorlari sovut kiyganligi, sovut Erondan keltirilganligini ta’kidlagan. 1840 yilda bosilib chiqqan iikinchi maqolada Xivanig ichki va tashqi savdo aloqalari to’g’risida ma’lumot berilgan. Mamlakat ichki savdosi unchalik muhim bo’lmay, unda asosan g’alla va mayda narsalar, qullar sotilganligi xabar qilingan. Mazkur maqolada Xiva butun Osiyoning savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgan, undan Hindiston, Xitoy, Eron, umuman Sharqiy va Janubiy Osiyo mamlakatlariga boradigan yo’llar boshlanadi, deb uning geografik jihatdan qulay ekanligini e’tirof qila turib, yana Xivaning cho’l zunasida joylashganligi uchun o’zining mahsulotari bilan keng savdo qilolmaydi, deb qo’shib qo’yilgan. Xiva Rossiyaga boradigan hamma qisqa savdo yo’llari kesishgan joyda joylashgani uchun Osiyo tovarlari uchun ombor vazifasini o’taydigan joy bo’lib qolgan. 9Sartlar Osiyoning turli joylaridan tovarlar sotib olib, ularni Orenburg va Astraxanga yetkazib bergan va u yerda o’z tovarlarini yupqa movut, barxat, kumush, tillo, qand, igna, ustara, pichoq, yupqa bo’z, ko’zgu, qog’oz, mis, qo’rg’oshin va cho’yan idishlar, hamda boshqa Yevropa tovarlariga ayirbosh qilgan. 1840 yillarda Buxoroda bo’lgan Xanыkov Buxoroning Xiva bilan savdo munosabatlari haqida ma’lumotlar qoldirgan. Amudaryodan yozda o’tish qiyinligi sababli Buxoro Xivaga kuzning oxirlari va qishda savdo karvonlari jo’natgan. Xivadan Buxoroga asosan olma va oshlanmagan teri keltirilgan. Muallifning yozishicha, faqat shu ikki tovar bilan Buxoroda savdoni davom ettirish qiyin, shuning uchun xivaliklar Orenburgdan cho’yan va teri buyumlarini ko’proq sotib olib Xivaga keltirishgan. Rus metal buyumlarining bir qismi Buxoroga ham olib borilgan. Xiva xonligi haqidagi ma’lumotlardan biri 1843 yili «Manufaktur i torgovlya» jurnalida nashr qilingan maqola hisoblanadi. Unda yozilishicha, Rossiya, Eron, Qo’qon va Buxorodan metal buyumlar: qo’rg’oshin, 19iss, temir, cho’yan oladi. Xiva tovarlari tuya va kemalarda suv yo’li orqali Rossiya, Eron va 20 Buxoroga olib borilgan. Maqolada 1837 -1838 yillardagi tillo va kumush tangalar kursining muntazam o’zgarib turishi haqida ma’lumot beriladi. Xabardan Xivada muomalada bo’lgan pullar kursi haqidagi ma’lumot ham o’rin olgan. Unda yozilishicha Xivada tillo pul zarb qilingan. 1 tillo 26-35 tanga yoki 15 rub.ga teng kelgan, 2 tanga (kumush pul) 1 abbosiy chaqaga teng kelgan, 1 abbosiy 1 rub.ga tenglashtirilgan. Demak, 1 tillo qiymat jihatidan 15 rub.ga mos kelsa, u holda 1 tanga 50 rus kop.ga to’g’ri kelgan. O’sha paytda tillo va mis narxi oshib ketgan, ammo Erondan olinadigan kumush narxi pasayib ketgan ekan, tillo 15 rub.ga ko’tarilgan. Mazkur makolada Xiva orqali Rossiya Eron va Buxoro bilan savdo qilishi va Xivadan ketadigan tuyadan bir zolotnikdan, Xivaga kirib keladigan tovarlardan esa 1/40 miqdorda soliq olinishi xabar qilingan. Bozorlarda va savdo bo’ladigan joylarda boj solig’i olingan. Sotilgan tuya uchun xazinaga 3 rub., ot, ho’kiz va qoramol uchun 1 r,, qo’ydan 50 kop. soliq olingan. G.I.Danilevskiyning «Opisaniye Xivinskogo xanstva” asaridagi ma’lumotlar orasida Xivaning Qo’qon kabi Hirot va Mashhad bilan to’g’ridan-to’g’ri savdo aloqalariga ega emasligi, vaholanki, savdo karvonlari Erondan to’g’ri Marv orqali o’tib, Xiva xonligining hyech qayerida to’xtamay to’g’ri Buxoroga o’tib ketishi qayd etilgan. U Xiva xonligi haqidagi barcha ma’lumotlarni tahlil qilib, Xiva uchun yagona va mumkin bo’lgan savdo Rossiya bilan savdodir, degan xulosaga kelgan. Xivaliklar o’zining karvonlirini rus tovarlari bilan to’ldirib Xivaga olib ketishi mumkin, deb hisoblagan. Boshqa mualliflar kabi, G.I.Danilevskiy Xivada musulmon savdogarlardan 2%, rus savdogarlaridan 5% boj solig’i olinganligini ta’kidlaydi. Masalan deydi u,1842 yil Rossiyaga keltirilgan va olib ketilgan tovarlar 700000 rub.gacha yetgan bo’lib, boj solig’i 35000 rub.ni tashkil qilgan. 1850-54 yilarda Rossiyaga Buxorodan Orenburg va Troisk orqali 1193 r. 43 k.lik jami 60 p. 51 f., Toshkentdan Troisk orqali 21300 r.27 k.lik 1,317p. 34 f. choy keltirilgan. Demak, choy asosan Xitoydan Toshkent orqali Rossiyaga ko’prok keltirilgan ekan. 1853 yilda Xivadan Rossiyaga 160 r.s.ga 4 pud indigo keltirilgan. 21 P.Nebolsin ma’lumotlariga ko’ra, XIX asr o’rtalarida Xiva Eron va Buxoro bilan savdo qilgan bo’lib, Erondan, deyarli birgina Mashhaddan Xivaga uzunligi 36 arshin (0,711 metrga teng uzunlik o’lchovi), ya’ni 25 metr) va eni 11-12 vershok (4,4 sm ga barobar uzunlik o’lchovi) ya’ni 48,4-52,8 sm lik) mayda gullik va qirg’oqlari yashil yirik guldastali chit o’ramlari keltirilgan. Bunday chitlarning bir bo’lagi 1,5 tillodan 2 tillagacha sotiladi. Bu tovarlar evaziga Xiva Eronga tanga pul, rus va mahalliy charm, rus movuti, xiva ipagi, kunjut va boshqa buyumlarni chiqaradi. Xivaga Koshg’ardan Qo’qon orqali ko’k choy keltirilgan. XIX asr 70-yillarida nashr qilingan maqolada Xivaning Astrobod bilan savdo aloqalarida yovmud turkman qabilasi faol ishtirok etgan bo’lsa, cho’l orqali Mashhad Buxoro savdosida esa tekke turkman qabilalari qatnashganligi hikoya qilinadi. Cho’l xududlaridan Xivaga va u yerdan Buxoroga asosan qullar, otlar, tuyalar, qo’ylar, gilamlar, kiygiz va mayda qaqir-ququrlar olib borilgan. Qullar fakat pulga sotilgan, kolganlari esa ayirbosh qilingan. Xiva va Buxorodan g’alla, qo’zi terisi, rus metal buyumlari va ip gazlamalar turkman qabilalariga chiqarilgan. Xiva va cho’l xududlari orqali savdo aytaylik asrlar davomida davom etib kelmaganda edi, XIX asrning 70-yillarida bu darajadagi savdo haqida gap bo’lishi ehtimol edi. Xulosa shulkim, Xiva va Turkmanlar yurti o’rtasidagi savdo o’ziga xos xususiyatga ega bo’lganki, buni sotiladigan tovarlar ro’yxati ham tasdiklaydi. Xivaning Astrobod bilan savdosi esa yovmud qabilalari orqali amalga oshirilgan bo’lib, yovmud turkmanlari 100-150 tuyada taroq uchun ishlatiladiga qoraqayin daraxti va unchalik ko’p bo’lmagan neft keltirishgan. Eronga chegaradosh turkmanlar ot, tuya, qo’y, gilam, to’z, neft chiqargan, uning o’rniga Erondan qurol, yog’och, porox, tamaki, bo’yok va mevalar keltirilgan Xulosa shulkim, mavjud manbalar, elchi va savdogarlarning ko’rsatmalari, fundamental asarlar, hamda rus axborotida e’lon qilingan maqolalar bizga Xiva xonligi haqida, qolaversa xonlikning tashqi iqtisodiy aloqalari to’g’risida muhim ma’lumotlarni berishi bilan hanuzgacha o’z qadrini saqlab qolmoqda. Ko’rib o’tganimizdek, Xiva xonligi XIX asrda Rossiya bilan juda yaqin savdo-iqtisodiy 22 munosabatlariga kirishgan. Xonlik an’anaviy savdo aloqalarini davom ettirgan holda Buxoro, Eron va Hindiston bilan ham munosabatlarni jadallashtirgan. Hattoki, xonlik Rossiya bilan sharq davlatlari o’rtasidagi savdo munosabatlarida vositachi davlat vazifasini ham bajargan.


Yüklə 139,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin