Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”



Yüklə 258,5 Kb.
səhifə17/24
tarix21.05.2023
ölçüsü258,5 Kb.
#118623
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24
kurs iwi (2)

- maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv-metodik, didaktik materiallar va badiiy adabiyotlarni tanlab olishni va ekspertizasini ishlab chiqilgan tartibga muvofiq o‘tkazish;

- maktabgacha ta’limning muqobil shakllari uchun yangi o‘quv-metodik materiallarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini keng joriy etish;
- tarbiyalanuvchilarning yakka tartibdagi ish daftarlari, kartochkalar, tarqatma va sanoq materiallari mazmuni va dizaynini o‘rnatilgan talablarga muvofiq ishlab chiqish;
- rivojlanishida jismoniy yoki ruhiy buzilishlari bo‘lgan bolalar ta’limining kompleks texnologiyalarini ishlab chiqish, inkluziv ta’lim, eng yangi reabilitatsiya va abilitatsiya usullarini keng joriy etish, ularning izchil ijtimoiylashuvi va umumiy maktabgacha ta’lim umumiy tizimi integratsiyalashuviga ko‘maklashadigan moslashtirilgan dasturlar va yakka tartibdagi ta’lim yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
- maktabgacha ta’limda fanlarni rivojlantiruvchi muhitning innovatsion texnologiyalari va modullarini ishlab chiqish, maktabgacha va umumiy boshlang‘ich ta’lim izchilligining mazmun va protsessual komponentlarini optimallashtirish mashg‘ulotlar davomiyligining eng maqbul vaqtini va ularning ketma-ketligini aniqlash maqsadida o‘quv rejalari va ta’lim dasturlarini optimallashtirish;
- bolalarni sog‘lom turmush tarzini yuritishga o‘rgatish, gimnastika va faol o‘yinlar bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish orqali tarbiyalanuvchilarda jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari va sportga qiziqish uyg‘otishni shakllantirish, jismonan sog‘lom o‘sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash;
- maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy-estetik va musiqiy tarbiya hamda ta’lim darajasini oshirish, erta yoshdan boshlab STEAM o‘qitish asoslarini joriy etish;
- bolaning kelgusida o‘zini o‘zi muvaffaqiyatni namoyon qilishi uchun asos sifatida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni rivojlantirish;
- maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qatnamaydigan bolalar uchun ta’lim xizmatlari turlari: pullik ta’lim xizmatlari, qisqa muddatli guruhlar va boshqalarni kengaytirish.
STEAM - hozirgi kunda dunyo ta’lim tizimining eng asosiy urf bo‘lgan innovatsion metodlaridan biri hisoblanib, ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog‘liqligini ko‘rsatib o‘rgatiladi. Maktabgacha ta’limda steam texnologiyasi fanining vazifasi - talabalarga
STEAM ta’lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o‘rgatish, STEAM ta’lim texnologiyasini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llashda turli xil faoliyatlarni integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash vazifalarini bajaradi. STEAM bolalarda muammolarni tushunish, ijodiy va tanqidiy ffikrlash kabi xususiyatlar va ko‘nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi.Bu esa, kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi.


Bugungi kunda STEAM - ta’lim dunyodagi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo‘llashda beshta sohani yagona o‘quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunib, dunyoni muntazam o‘rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlik, o‘z-o‘zini namoyon qilish asoslarini o‘rganishadi, o‘z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta’minlaydi. STEAM texnologiyasida bolalar yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda qo‘llashadi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o‘rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvii bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktab o‘quvchilariga nafaqat ba’zi bir g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. Agar biz an’anaviy ta’limning asosiy maqsadi bilimlarni o’rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko‘nikmalar bilan birlashtirishga o‘rgatadi. Bu maktabgacha yoshdagi bolalarga nafaqat ba’zi biz g‘oyalarga ega bo‘lish, balki ularni amalda qo‘llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi.
Globallashuv davridagi texnologik o‘zgarishlarni ortidan qolib ketmaslik maqsadida, yangi texnologiyalar, bazalar shakllanishi, sun’iy aql kabi trend texnologiyalarni bilish, ularga muvofiq ta’lim berish hozirgi zamon pedagoglarning, pedagogik texnologiyal arning asosiy vazifalaridan biri hisoblanmoqda . STEM bizning kundalik hayotimizdagi innovatsiyalarni ta’lim tizimiga kiritib beradi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, STEM ta’lim tizimi orqali bolada kreativlik, qunt, qiziquvchalik va hozirgi kunda eng muhim bo‘lgan xususiyat - muammoni hal qilish (problem-solving skills) qobiliyati shakllanadi. O‘zbekiston Respupblikasida STEM ta’lim tizimini davlat ta’lim tizimiga kiritish bo‘yicha o‘tgan 2 yil mobaynida ishlar amalga oshirilmoqda. Lekin xususiy maktablarda buning imkoni osonroq bo‘lsa, umumiy ta’lim tizimiga STEM ta’lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi ta’kidlanmoqda. 2019-yilning dekabr oyida Xalq ta’limi vazirligi Xitoyda bo‘lib o‘tgan Shanghai International STEM Education Expo (STEAMEX) ko‘rgazmasida ishtirok etdi. O‘zbekistonda STEM ta’lim tizimini umumiy xalq ta’limiga tadbiq etish borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida tashkil etilgan prezident maktablarida STEM ta’lim tizimi orqali ta’lim beriladi. Zamonaviy tadqiqotlar STEM tizimi maktab ta’lim tizimiga oid bo‘lgani bilan, uni eng kichik yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini ta’kidlamoqda. Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEM tizimiga olib kirishning ahamiyati, muvaffaqiyat ildizidir. Aslida STEM fikrlash bolalikdan boshlanadi. Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog‘liqligi, ketma-ketligi va ehtimollikni tushuna oladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama rag‘batlantirilishi lozim.


Maktabgacha ta’lim tizimida STEM tizimi bo‘yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida olib borilishi mumkin. STEM ta’lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish muhim hisoblanadi.
STEAM
Agar ushbu qisqartmani yoysak, quyidagilarni olamiz: STEAM bu — S — science, T — technology, E — engineering, A — art va M — math. Ingliz tilida bu shunday bo’ladi: tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika. Ushbu yo’nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo’lib kelayotganini unutmang. Shuning uchun bugungi kunda STEAM tizimi asosiy tendentsiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda. STEAM ta’limi yo’nalishi va amaliy yondashuvni qo’llash, shuningdek, barcha beshta sohani yagona ta’lim tizimiga integratsiyalashuviga asoslangan.


Yüklə 258,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin