Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti “Tasdiqlayman”


Ota-onalar va barcha fuqarolarimiz diqqatiga!



Yüklə 103,21 Kb.
səhifə5/8
tarix20.11.2023
ölçüsü103,21 Kb.
#162981
1   2   3   4   5   6   7   8
Bahodirova Fotima Bahodir qizi

Ota-onalar va barcha fuqarolarimiz diqqatiga!
Bog‘chalarda qonuniy va korrupsiyadan xoli faoliyat yo‘lga qo‘yilishi jamiyatning, qolaversa har bir oilaning birgalikda sa'y harakatlariga va nazoratiga bog‘liq. Shuning uchun, biz sizlarni mazkur ezgu yo‘lda va farzandlarimizga munosib maktabgacha ta'lim berishni ta'minlash yo‘lida hamkorlikka chaqiramiz. Har qanday bog‘chalarda yuz berayotgan noqonuniy faoliyat yuzasidan asosli ma'lumotlarga ega bo‘lsangiz, albatta bizga xabar bering.
Maktabgacha ta’lim tashkilotsi faoliyatini o‘rganish natijasida aniqlangan qonun buzilish holatlari ommaviy axborot vositalarida muntazam yoritib boriladi.
Bugungi kunda maktabgacha ta'lim tizimida qator islohotlar o‘tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaatlari yo‘lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta'lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Tizimda qanday muammolar mavjud va ular qay tariqa hal qilinmoqda? Sohada qanday yangiliklar kuzatilmoqda? Islohotlardan nimalarni kutish mumkin? Maktabgacha ta'lim vazirligi (MTV) tizimida o‘zgarishlar talaygina. Ularga imkon qadar batafsil to‘xtalib o‘tamiz.
Maktabgacha ta'lim tizimida qanday yangiliklar?
2018 yilning sentabr oyidan tatbiq qilinadigan yangi maktabgacha ta'lim dasturi davlat talablariga asoslangan va respublikadagi barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari yangi dastur bilan tanishtirilgan. Davlat va dastur talablarini o‘zida jamlagan hujjatlar paketi barcha mintaqalardagi MTTlarga yetkazilgan. Bundan tashqari, O‘zbekistonda birinchi marta hammaga mavzuiy rejalashtirish dasturlari tarqatilgan.
"Ilk qadam" deya nomlangan yangi dasturning asosiy tamoyili - ta'lim jarayoniga qo‘shilayotgan kichik yoshli bolalarning ilk qadamlari.
"Umuman olganda, davlat talablarida kichik va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalarni besh yo‘nalishda rivojlantirish kerakligi ko‘rsatilgan. Bu besh yo‘nalishni rivojlantirib, bola 4 kompetensiyaga ega bo‘ladi, ya'ni u 1-sinfga chiqishga motivatsiya oladi", - deydi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vaziri Agrippina Shin.
Yangi dasturda barcha narsaning asosi ijtimoiy yondashuvdir, ya'ni diqqat markazida - bola va uning manfaatlari. Pedagog ota-ona, pedagogik tarkib, bolaning o‘zi va albatta, jamiyat hamda davlat kabi ijtimoiy hamkorlar bilan bir ijtimoiy muhitni tashkil qiladi.
Dastur asosida bilim olish jarayonini o‘yinlar orqali rivojlantirish yotadi. Bolalarda ilm olish, ijod, ijtimoiy yo‘nalish kabi tushunchalar rivojlanadi, sog‘lom hayot tarzi tarbiyalanadi va ular ijtimoiy muhitda o‘zlarini qanday tutish kerakligini tushuna boshlashadi.

Yüklə 103,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin