III. Vositasiz to`ldiruvchi odatda fe’l kesim oldida keladi. Masalan: Mashina shamoli brezentning uchini hilpiratib, chakmonning etaklarini tortqilaydi. (P.Qodirov). Ba’zan vositasiz to`ldiruvchi gapning boshida keladi: Yomonlik o`tini faqat yaxshilik o`chiradi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). Vositali to`ldiruvchi ham ko`pincha kesimdan oldin keladi: Xayrli va savobli ishlar insonni turli halokatlardansaqlaydi. (Hadis namunalari). IV. Hol ham asosan kesimdan oldin keladi:
1. Payt holi, odatda, gap boshida, ba’zan egadan keyin, ayrim hollarda kesimdan oldin keladi. Masalan: Bugun vahshiy tog`lar orasida u bilan yuzma-yuz keldi. (S.Ahmad). Gazeta yo`q, televizor hali ham ishlamaydi. (S.Ahmad). Erali allaqachon juftakni rostlab qolgan edi. (S.Ahmad). 2. O`rin holi, odatda, kesimdan oldin keladi, ba’zan esa gap boshida keladi: ... mashina tog` etagidagi ellik-oltmish hovlilik Oyko`l qishlog`iga kirib bordi. (P.Qodirov). Tekislikka yoqqan yomg`ir tog` tepasiga qor bo`lib tushgan ekan. (P.Qodirov). 3. Ravish holi, odatda, kesim oldida, ba’zan gap boshida keladi: ... barglar orasiga to`planib qolgan oppoq yomg`ir suvi oftobda yaltirab,tirqirab to`kildi. (P.Qodirov). – Keling,- deb sovuqqina ko`rishdi. (P.Qodirov). Qo`qqisdan qorasovuq boshlanib, cho`ponlarni tashvishga solib qo`ydi. (M.Qoriyev). 4. Miqdor-daraja holi ham kesim oldida keladi: Ko`p yurgan ko`p ko`rar, ko`p o`qigan ko`p uqar. (Maqol). 5. Sabab va maqsad hollari kesimdan oldin, gapning boshida yoki o`rtasida keladi: Aqlning eng katta g`alabalari, ehtimol, ehtiroslar tufayli ro`yobga chiqqandir. («Tafakkur gulshani»). Atay izlab keldim, oq qoya, sen naqadar mag`rur va kibor. (Mirtemir). Endi ularning xatosini tuzatish uchun hammamiz qancha mashaqqat chekamiz. (P.Qodirov). V. Aniqlovchi aniqlanmishdan oldin keladi. Agar bu tartib o`zgarsa, ularning grammatik holati ham o`zgaradi.
1. Qaratuvchi qaralmishdan oldin keladi: Har bir kishining so`zi o`z fazilatlari dalili va aqlining tarjimonidir. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur»). 2. Sifatlovchi sifatlanmishdan oldin keladi: Havoda ... yong`oq hazonlarining o`tkir hidi gurkirardi. (O`.Hoshimov). Muvaffaqiyatli tarbiyaning siri - o`quvchiga hurmatda bo`lish. («Tafakkur gulshani»). Gapda sifatlovchi birdan ortiq qo`llansa, ularning tartibi quyidagicha bo`ladi:
1) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi+sifatlanmish: U atrofida mavj urib turgan yashil daraxtlarga ... zavq bilan tikilardi. (P.Qodirov). 2) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + olmosh bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Osmonning yarmigacha chiqib borganbubahaybat devorning u yer - bu yerida cho`ponlar yoqqan gulxanlar milt-milt qiladi. (P.Qodirov). 3) –dagi affiksli so`z bilan ifodalangan sifatlovchi + sifat bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Hulkar chelakdagitiniq suvdan ... olib kelib berdi. (P.Qodirov). 4) miqdor tushunchasini bildiruvchi so`z (son, olmosh, ravish) bilan ifodangan sifatlovchi + sifat bilan ifodangan sifatlovchi + sifatlanmish: ... suvdan birchinni kosa olib kelib berdi. (P.Qodirov). 5) sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi + son bilan ifodalangan sifatlovchi + sifatlanmish: Yomg`irdan keyingi loyqada muhrlanib qolganikkita izning nimasidir go`dak tovonini eslatar edi. (P.Qodirov). Izohlovchi izohlanmishdan oldin yoki keyin keladi: O`shanda Oxunboboev bilan quvalik temirchi Shakarxon Mo`minova degan juvonning suvrati gazetada chiqqandi. (S.Ahmad). Norboy otausta Qambarga gap uqtirib ketdi. (P.Qodirov). Agar gap bo`laklarining normativ, to`g`ri tartibi o`zgarsa, inversiya hodisasi ro`y beradi. Inversiya hodisasi ko`proq jonli tilda va she’riyatda kuzatiladi. Inversiyada odatda gap bo`laklarining grammatik holati o`zgarmaydi. Masalan:. Zotiljam kasali-yu yurak siqilishi nimaligini bilmaydi o`sha xonadon ahli. (J.Abdullaxonov). (Ega, ega tarkibi gap oxirida kesimdan so`ng kelgan). Chindan ham hayvonot bog`i desa bo`larkan bu yerni. (J.Abdullaxonov). (Vositasiz to`ldiruvchi inversiyaga uchrab kesimdan keyin qo`llangan.) Qaysi bir gazetada ota-bolaning ko`chat ekib turgandagi surati ham e’lon qilingan edi bir yili. (J.Abdullaxonov). (Payt holi gap oxirida kesimdan keyin kelgan.).