Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz
4. Mujassamlantiruvchi (polisintetik)21tillarning xususiyati shundan iboratki, ularda butun bir gap bir so`z holida yoziladi va talaffuz qilinadi. Masalan, AQSHning Yuta shtatida yashovchi hindularning payyut tilidan misol keltiramiz: “vii-to-kuchum-punku-ryugani-yugvi-van-tyum” tarzida yoziladigan “so`z-gap” so`zma-so`z quyidagicha tarjima qilinadi: “pichoq-qora-bizon-qo`lga o`rgatilgan-bo`laklamoq-o`tirmoq”. Ma’nosi: Pichoq bilan qo`lga o`rgatilgan qora bizonni bo`laklab o`tirishibdi”. Polisintetik tillarga chukot tili, suningdek, Amerikadagi ayrim hindu tillari, Osiyodagi paleoosiyo oilasiga mansub ayrim tillar kiradi. Bunday tillarda bizning tushunchamizdagi so`z birligi yo`q, ya’ni so`zlar gapdan tashqarida mavjud bo`la olmaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, tillarning morfologik tasnifi nisbiy tabiatga egadir, chunki o`z xususiyatlari bilan mutlaq tarzda bir guruhga tegishli bo`lgan til yo`q. Misol uchun, o`zbek tili asosiy xususiyatlari bo`yicha agglyutinativ tillar guruhiga kirsa ham, flektiv tillarga xos belgilardan xoli emas. Masalan, o`zbek tilida ham so`z tarkibidagi tovush o`zgarishi natijasida yasalgan so`zlar mavjudligi haqida buyuk o`zbek tilshunosi Ayyub G`ulomov fikr bildirib o`tganlar. U kishi bo`r va bo`z (gazmol nomi), ko`r va ko`z, semir va semiz, qimir va qimiz so`zlarining o`zaro aloqadorligini, ya’ni yasalganligini ta’kidlaganlar22. Shuningdek, keldim so`zidagi –m qo`shimchasi ham 1-shaxsni, ham birlikni ifodalaydi. Bular o`zbek tilidagi fleksiyaning izlaridir.
Tilshunoslik fanining bo`limlari
Tilshunoslik fani quyidagi bo`limlarni o`z ichiga qamrab oladi:
1.Lеksikologiya tilning lug`at boyligini o`rganuvchi bo`limdir. Uning quyidagi sohalari mavjud:
1)semasiologiya (yun. semasia - belgi, ma’no, logos – ta’limot, fan) so`zning ma’no tomonlarini o`rganadi.