XVI. Paleoosiyo tillari oilasi: A. Chukot guruhi: chukot, koryak, kamchadal. B. Sibir guruhi: odul, nivx. D. Ket tili.
XVII. Eskimos tillari oilasi: eskimos, aleut.
XVIII. Shimoliy Amerika tillari oilasi: algonkin tillari, irokez tillari, siu tillari, naetchz -muskok tillari, atabask, mossk tillari, penuti , xoka tillari.
XIX. Markaziy Amerika tillari oilasi: uto-astek tillari, mayya tillari va b.
XX. Janubiy Amerika tillari oilasi: tupi-guarani, kechua, aravak, aruakan, chon, alakaluf, pano, je va b.
XXI. Uzoq Sharq tillari oilasi: yapon, ryukyuk, koreys, ayn.
XXII. Avstraosiyo tillari oilasi: munda, santali, mundari, xo, bxumadji.
XXIII. Bask tili (birorta ham oilaga kirmaydi).
XXIV. Burjask tili (birorta ham oilaga kirmaydi).
Morfologik tasnif
Avvalo, bu tasnif nomidagi ”morfologik” so`ziga e’tiboringizni qaratamiz. Bu so`z orqali muayyan tildagi so`zlarning tarkibiga ishora qilingan, chunki morfologiya bo`limi so`zlarning o`zgarishi haqidagi qoidalar yig`indisidan iboratdir. Demak, bu tasnifda dunyo tillari tarkibidagi so`zlarning tuzilishi asos qilib olinadi.
Bu tasnifga ko`ra tillar quyidagi 4 guruhga bo`linadi:
1. Amorf (ing. amorphous – “shaklsiz” degani) tillar tarkibidagi so`zlar hech qanday so`z o`zgartuvchi qo`shimchalarsiz, to`g`ridan-to`g`ri birikib, bog`lanib keladi. So`zlar o`rtasidagi grammatik munosabatlar so`z tartibi, urg`u va ohang orqali amalga oshiriladi. Bu guruh yana o`zak tillar, ajratuvchi tillar, o`zak ajratuvchi tillar degan nomlar bilan ham ataladi. Bu tillarga xitoy, tibet, birma, vetnam va xitoy-tibet oilasiga mansub bo`lgan boshqa tillar misol bo`la oladi.
Dostları ilə paylaş: |