Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə35/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

Nutq tovushlarining artikulyatsiyasi

Har qanday tovushni talaffuz qilishda biror nutq a’zosining faolligi yetarli bo`lmaydi. Bunda a’zolarning ma’lum izchillikdagi kompleks ishtiroki zarur bo`ladi. Nutq a’zolarining tovush hosil qilish paytidagi harakati va holati artikulyatsiya (ingl. bo`g`im ma’nosi bildiradi27) deyiladi. Artikulyatsiyada ikki narsa farqlanadi: artikulyatsiya o`rni va artikulyatsiya usuli. Tovush hosil qilishda u yoki bu nutq a’zosining faol qatnashgan qismi artikulyatsiya o`rni deyiladi. Masalan, b, p kabi tovushlarni hosil qilishda lablar, d, t kabi tovushlarni hosil qilishda esa tilning oldingi qismi qatnashadi. Demak, b, p tovushlarining artikulyatsiya o`rni lablar, d, t tovushlarining artikulyatsiya o`rni esa til oldidir.


Tovush hosil qilish paytida havo oqimining ikki nutq a’zosining bir-biri bilan jipslashishi natijasida portlab chiqishi yoki a’zolarning jipslashmay, ular orasidan sirg`alib o`tishi artikulyatsiya usulu deb ataladi. Masalan, b, p, d, t tovushlarining artikulyatsiya usulu – portlash, v, f, z, s tovushlarining artikulyatsiya usulu sirg`alishdir.
Jorj Yul artikulyatsiya haqida gapirib yozadiki, bitta tovushni talaffuz qilayotgan paytning o`zida ikkinchi tovushni talaffuz qilish jarayoni koartikulyatsiya deb ataladi.28
The process of making one sound almost at the same time as the next sound is called coarticulation.


FONOLOGIYA
Fonologiya haqida umumiy ma’lumot

Fonologiya so`zi tarjima qilinganda “tovush haqidagi ta’limot” degan ma’noni bildiradi (phone – tovush, logos - ta’limot). “Fonologiya, - deb yozadi Jorj Yul, - aslida tildagi nutq tovushlari tizimi va modellarini tavsiflashdir”.29
Phonology is essentially the description of the systems and patterns of speech sounds in a language.
Bu bo`limda tovushlarning so`z va qo`shimchalar ma’nolarini farqlashdagi roli bayon qilinadi. Agar fonetika bo`limida tovushlarning fiziologik-akustik xususiyatlari tekshirilsa, fonologiyada, ta’bir joiz bo`lsa, tovushning ijtimoiy mohiyati o`rganiladi. Fonetika va fonologiyaning o`zaro munosabatiga kelsak, ikkinchisi birinchisining yuqori bosqichidir, ya’ni fonetika nutqqa daxldor bo`lsa, fonologiya tilga taxldordir.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin