Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali-rasm. Nutq apparati. Yumshoq tanglay yuqori tomon siljigan
Fonetik akustika Endi nutq tovushlarining fizik-akustik tomonlari bilan tanishamiz. Bunda fonetikaning fizika fani bo`limlaridan biri bo`lmish akustika bilan aloqadorligi namoyon bo`ladi va natijada fonetikada fonetik akustika degan bo`lim borligi aniqlanadi. Fonetik akustika nutq tovushlarining fizik xususiyatlarini tekshiradigan sohadir. Akustik jihatdan har qanday tovush havo oqimining tebranishi va bu tebranishning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari esa o`pkadan kelayotgan havo oqimining un paychalari tebranishidan hosil bo`ladigan ovoz va nutq a’zolarida hosil bo`ladigan shovqinning quloqqa eshitilishidir. Nutq tovushlari akustikasida ko`yidagilar farqlanadi: 1. Nutq tovushlarining balandligi yoki pastligi ma’lum vaqt ichida un paychalarining tebranish miqdoriga ko`ra har xil chiqishidir: un paychalari ko`p tebransa, tovush baland bo`ladi, aksincha, un paychalari kam tebransa, tovush past chiqadi. 2. Nutq tovushlarining kuchi ma’lum kenglikdagi maydondan ma’lum vaqtda o`tadigan energiya miqdoridir. Bu haqda tilshunos olim H.Jamolxonov shunday yozadi: “Tovushning kuchi (intensivligi) - 1 sm2 maydondan 1 sekundda o`tadigan energiya miqdoridir”26 Demak, nutq tovushlarining kuchi un paychalari tebranishi kengligiga bog`liq: tebranish kengligi katta bo`lsa, tovush kuchli chiqadi, bu kenglik kichik bo`lsa, tovush ham kuchsiz chiqadi. 3. Nutq tovushlarining tembri (sifati) – asosiy ton bilan hosil bo`ladi. Tovushlarning tembri og`iz bo`shlig`i va burun bo`shlig`ining hajmi, shakliga, tovush paychalarida shovqinning qanday hosil bo`lishiga bog`liq. 4. Tovushning cho`ziqlik darajasi un paychalarining tebranishi davom etgan vaqt bilan o`lchanadi. Tebranish uzoq davom etsa, tovush cho`ziq; tebranish qisqa davom etsa tovush qisqa bo`ladi. Yüklə 1,06 Mb. Dostları ilə paylaş: |