Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz
LEKSEMALARNING O`ZARO SHAKL VA MA’NO MUNOSABATLARIGA KO’RA TURLARI. OMONIMLAR. OMOFORMALAR. PARONIMLAR 1. Omonimlar va ularning turlari.
2. Omoformalar va ularning turlari.
3. Paronimlar va ularning turlari.
Yuqorida aytilganidek, leksemaning shakily (ifoda) tomoni deganda uning tovush tooni, harfiy ifodasi, urg`u olish xususiyatlari nazarda tutiladi. Ana shular tilde leksik omonimiya degan hodisani yuzaga keltiradi. Leksik omonimiya leksemalar o`rtasidagi ifoda tomoni jihatidan teng kelib qolishdir. Bu hodisa o`z ichiga quyidagi guruh leksemalarni qamrab oladi.
Omonimlar va ularning turlari
Omonimlar - grеkcha homos – “bir xil”, onoma yoki onyma – “nom” dеgan ma'nolarni ifodalab, tovush tomoni ham, harfiy ifodasi ham, barcha grammatik shakllari ham bir xil, ammo mazmun tomoni har xil bo’lgan leksemalardir: ot (ism) – ot (hayvon), sir (davlat siri)–sir (idish siri).
Omonim leksemalar asosan bir xil so`z turkumi doirasida bo`ladi. Bularga ot (yosh – umr o`lchovi; yosh – ko`z yoshi), fe’l (betla – qarashga botinmoq; betla - sahifala), sifat (hur – ozod; hur – go`zal) turkumlariga xos omoleksemalar misol bo`ladi. Grammatik shakllar (kelishik, egalik, ko`plik, zamon, shaxs-son kabi) tizimiga ega bo`lmagan ayrim turkumga oid leksemalar ham o`zaro omonim bo`lishi mumkin (ham bog`lovchisi va ham yuklamasi o`zaro shunday omonimlik hosil qiladi).
Omonim leksemalarni ko’p ma'noli leksemalardan farqlash zarur. Ko’p ma'noli leksemalar qancha ma'noga ega bo’lmasin, bu ma'nolar o’zaro bitta bosh ma’noga bog’langan bo’ladi. Omonimlar boshqa-boshqa leksemalar bo’lgani uchun ularning ma'nolari o’rtasida bog’lanish bo’lmaydi.
Ko’p ma'noli leksemalar ma'nolari o’rtasida aloqa uzilsa, omonim vujudga kеladi: dam I – havo, dam II – temirchi bosqoni, dam III – lahza, nafas, dam IV – bog`lovchi, dam V – tig`, o`tkir joy, dam VI – havo yig`ilib yurishmay qolgan (ichi dam bo`libdi)60; Bu misollardagi dam I leksemasi ifodalagan “havo” manosi mazkur ko`p ma’noli leksemaning bosh ma’nosi bo`lib, qolganlari hosila ma’nolardir, lekin hozirgi o`zbek tili nuqtai nazaridan bu oltita leksema omonim leksemalardir, chunki ular orasidagi ma’no aloqalari uzilgan.