3.Terminologik leksika
Ma’lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan aniq ifodalash uchun qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus – “chegara”, logos - “fan” degani)67 leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning birligi termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin ma’lum bir terminlar tizimidagina termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan so`zdan farq qiladi.
Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega:
1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan, leksikologiya termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim tushunchasini ifodalaydi.
2) bitta terminologik tizimda har doim bir ma’noli bo`ladi. Masalan, ot so`zi atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”, “otmoq”, “ichmoq” ma’nolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi).
3) ko`pincha tillararo xususiatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi.
4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi.
5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan).
Atamalarni quyidagi mezonlar bo`yicha tasnif qilish mumkin:
1) qaysi sohaga oidligiga ko`ra:
a) kasb-hunar atamalari ma’lum kasb yoki hunar egalari tomonidan ishlatiladigan atamalardir. Dunyoda qancha kasb yoki hunar bo`lsa, shularning har biriga xos bo`lgan atamalar mavjuddir. Ayrim kasblarga oid atamalarga misollar:
- o`qituvchilik: reyting, yillik baho, sinf jurnali, pedkengash, semestr, choraklik va h.
- duradgorlik: randa, iskana, tesha, bolg`a va h.
Dostları ilə paylaş: |