FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING KO`P MANOLILIGIGA KO`RA KO`RA TASNIFI (davomi)
1) Ikki manoli iboralar: yo`lga tushmoq. 1. Kim. jo`namoq, keta boshlamoq. 2. To`g`ri yo`lga qaytmoq.
2) uch manoli iboralar: bino qo`ymoq – 1. o`ziga. Ortiqcha baho bermoq, yuksak fikrda bo`lmoq. 2. o`ziga. Qiyofasiga alohida e’tibor bermoq. 3. Kimga yoki nimaga. E’tiqod bilan qaramoq.
3) to`rt manoli iboralar: bosh ko`tarmoq. 1. Kim. Qaramoq. 2. Kim nimadan. Qilib turgan ishini to`xtatmoq. 3. Nima. Qo`zg`almoq, harakatga kelmoq. 4. Kimga qarshi. Kurashga chog`lanmoq.
4) besh manoli iboralar: javob bermoq. 1. Kim nimaga yoki kimga. Javob qilmoq.
2. kim nimaga nima bilan. Javoban ish tutmoq. 3. Nima nimaga. Qondirmoq. 4. Kim nimaga. Javobgarlikni o`z ustiga ustiga olmoq. 5. Kim kimga. “Ketish”ga ruxsat bermoq.
5) olti manoli iboralar: to`g`ri kelmoq – 1. Nima yoki kim nimaga yoki kimga. Muvofiq bo`lmoq. 2. Nima nimaga. Bir vaqtda bo`lmoq. 3. Nima kimga yoki nimaga qanchadan. Taqsimlaganda tegmoq. 4. Nima yoki kim kimga. Yo`liqmoq, uchramoq. 5. Nima yoki nima qilish. Qulay bo`lmoq. 6. Nima qilishga. Lozim bo`lmoq, zarur bo`lmoq.
Frazeologik birliklarning variantliligiga ko`ra ko`ra tasnifi
Leksik variant deganda ibora tarkibidagi mustaqil so`z turkumiga oid so`zi o`zgartilishi nazarda tutiladi. Masalan: o`yga cho`mmoq – o`yga botmoq, og`ziga tolqon solmoq – og`ziga so`k solmoq va b.
Grammatik variant deganda ibora tarkibidagi biror Grammatik qismning almashtirilishi nazarda tutiladi. Masalan: o`tirgani joy topolmaslik – o`tirishgajoy topolmaslik, holdan toymoq – holdan toydirmoq.