Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə163/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

4. Pauza(to`xtam). Pauza ham sintaktik vosita sifatida ahamiyatga ega. Pauzaning o`zgarishi sintaktik holatning o`zgarishiga sabab bo`lishi mumkin. Masalan: Quloq solib o`tirgan boladan so`radi. Bunda boladan so`zidan so`ng pauza qilinsa, quloq solib o`tirgan sifatdoshi boladan so`ziga nisbatan sifatlovchi vazifasini bajaradi. Agar quloq solib o`tirgan sifatdoshidan keyin pauza bo`lsa, sifatdosh anglashgani holda ega vazifasini bajaradi.


So`z birikmasi
Odatda, nutqda, gapda so`zlar ma’lum qonun-qoidalar asosida o`zaro ma’no va grammatik jihatdan bog`langan bo`ladi. Masalan, qiziqarli kitob, tog`ga chiqmoq, tez o`qimoq. Bunday juftlik bir butunlik hosil qilib, yaxlit, lekin o`z ichida qismlarga bo`linadigan bir butun tushunchani bildiradi. Ikki yoki undan ortiq mustaqil so`z va so`z shakllarning nopredikativ tobe aloqasi asosida birikishidan hosil bo`lgan bog`lanma so`z birikmasi deyiladi.
So`z birikmasi mustaqil so`zlarning bog`lanishidan hosil bo`ladi, yordamchi so`zlar (ko`makchilar) o`z oldidagi mustaqil so`z bilan birga birikmaning bir qismi, a’zosi sanaladi. Masalan, do`stlik haqida suhbatlashmoq, qarsaklar bilan olqishlamoq kabi.
So`z birikmasi tarkibidagi so`zlardan biri hokim, ikkinchi tobe bo`ladi. So`z birikmasi boshqaruv, bitishuv, muvofiqlashuv usullari bilan hosil bo`ladi.
So`z birikmasi, birinchidan, frazeologik iboralardan farq qiladi. Frazeologik iboralar so`z kabi til birligi bo`lib, so`z kabi tayyor holda qo`llanib, bir butun holda lug`aviy ma’no ifodalaydi va gapda bitta gap bo`lagi vazifasini bajaradi. So`z birikmasi tarkibidagi a’zolar boshqa-boshqa gap bo`lagi vazifasini bajaradi.
So`z birikmasini, ikkinchidan, gapdan farqlash lozim. So`z birikmasi tushuncha ifodalab, nominativ (nomlash, atash) vazifasini bajaradi, shuning uchun intonatsion tugallikka ega bo`lmaydi. Gap esa fikr bildirib, kommunikativ (aloqa qilish) va kognitiv (fikr almashish) vazifalarini bajaradi. So`z birikmasi kamida ikki mustaqil so`zdan tuzilsa, gap ba’zan bir so`zdan ham tashkil topishi mumkin.
So`z birikmasi, uchinchidan, o`zaro teng bog`langan so`zlardan ham farq qiladi. Masalan: Maqsad va marom insonning eng buyuk quvvatidir. (Oz-oz o`rganib dono bo`lur). Bunda maqsad va maarom so`zlari o`zaro teng bog`lanib, gapda uyushiq bo`lak hosil qilib, so`z birikmasi sanalmaydi.
So`z birikmasi, to`rtinchidan, fonetik taktdan (sintagmadan) farqlanadi.



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin