Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali


-MA’RUZA HOL, UNING TURLARI VA IFODALANISHI



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə173/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

30-MA’RUZA
HOL, UNING TURLARI VA IFODALANISHI


Reja:
1. Ravish holi
2. Payt holi
3. O`rin holi
4. Sabab holi
5. Maqsad holi
6. Miqdor-daraja holi
7. Shart holi
8. To`siqsizlik holi
9. Gap bo`laklarining joylashish tartibi


Hol
Odatda fe’l bilan ifodalangan bo`lakka bitishuv yoki boshqaruv yo`li bilan bog`lanib, undan anglashilgan ish-harakatning belgisini bildiradigan ikkinchi darajali bo`lakka hol deyiladi. Hol ish-harakatning qay tarzda bajarilishini, uning bajarilishi bilan bog`liq bo`lgan o`rin, payt, sabab, maqsad, miqdor-daraja kabilarni bildiradi. Hol ravish, jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishiklari shakllaridagi ot yoki ko`makchili ishlatilgan so`zlar, sifat, son, fe’l shakllari, taqlid so`z hamda so`z birikmasi orqali ifodalanadi.
Ravish, asosan, hol vazifasini bajaruvchi mustaqil so`z turkumidir. Masalan: Faqat idora yaqinidagi MTS tomonidan yakka traktorning o`qtin-o`qtin gurillagani eshitildi. (O`.Hoshimov). Asta esa boshlagan shamol tumanni pastliklarga olib ketdi. (J.Abdullaxonov).
Gapda hol bo`lib kelish fe’lning ravishdosh shaklining ham asosiy vazifalaridandir. Masalan: Tomchilarning derazaga chirsillab urilishi aniq eshitila boshladi. (O`.Hoshimov). Erali bu gaplarni choyxonada odam gavjum paytida maqtana-maqtana aytib berdi. (S.Ahmad).
Ot jo`nalish, o`rin-payt, chiqish kelishigida kelib yoki ko`makchi bilan birga ishlatilib hol vazifasini bajarishi mumkin: Toshkentga butun mamlakatdan katta geolog olimlar kelishgan. (S.Karomatov). Mashina shiddat bilan qaltis tog` yo`lidan uchib ketdi. (O`.Hoshimov).
Harakat nomi gapda hol bo`lib kelganda, u ham ot kabi shakllanadi: Mehmonlarni kutish uchun bog`ga dasturxon tayyorlatib qo`yishgan edi. (S.Ahmad).
Taqlid so`z ham gapda hol vazifasida kela oladi: Toshlar havoni g`iz-g`iz yorib o`tadi. (Oybek). Ko`chadan dupur-dupur o`ynoqlab bir gala otlar o`tadi. (J.Abdullaxonov).
Ba’zan hol so`z birikmasi bilan ifodalanadi: Tong otar payti bulbullar paydar-pay sayraydi. (S.Ahmad). Aqlni o`stirmoq uchun hadeb o`qiyvermasdan ko`proq fikrlash kerak. («Tafakkur gulshani»).
Hol o`zi bog`lanib kelgan so`z bilan «hol-hollanmish» sintaktik munosabatini yuzaga keltiradi.
Hollar ma’nolariga ko`ra bir necha turga bo`linadi.
1. Ravish holi ish-harakatning qay tarzda bajarilganligini bildirib, qanday? qanday qilib? qay tarzda? qay holda? degan so`roqlarning biriga javob bo`ladi. U quyidagicha ifodalanadi:

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin