Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə170/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

3) kasbni, mutaxassislikni: Rafiqov idorada turolmaydi, chunki idorada hisobchi Umar Alidan boshqa hech kim yo`q. (A.Qodiriy). Adabiyot o`qituvchisi YAmin afandi bir dasta insholar yozilgan daftarlar ustiga bitta kitob qo`yib, kirib kelarmish (Y.Yakvalxo`jaev). U rassom O`rol Tansiqboev asarlarining nushasini jurnallardan qirqib olib saqlardi. (S.Ahmad).
4) qarindoshlikni: Nomimni dadam emas, bobom Ahmadbek hoji qo`ygan ekanlar. (Y.Yakvalxo`jayev). Hojar xolam ham qozon nonni yopadilar-ku. (P.Qodirov). Saltanatning ukasi Mirvosil armiyadan ta’tilga kelgani, shunda qarindosh-urug`larining barii yig`ilganini xabarlashdi. (O`.Usmonov).
5) laqabni: Mahamat chatoq keyingi fikrlarini bir safga jamlayotganday tag`in bir oz jim qoldi. (O`.Usmonov). Islom Novcha ketmonini qo`liga olib, hammadan yarim gaz yuqori turgan qaddi bilan g`o`zaning ustiga keladi. (A.Qodiriy). Dalavoy kal dadangni tanirdi, o`shandan so`radim. (S.Ahmad).
6) taxallusni: Muso Toshmuhammad o`g`li Oybek - taniqli o`zbek yozuvchisi.
7) jinsni: Nahot qiz bola o`z otasini shunchalik mensimasa? (O.Yoqubov). Maktab yonidagi ikki xonali uychada o`qituvchi qiz Cho`lponoy istiqomat qiladi. (P.Qodirov).
8) yaqinlikni: Yana do`stim Mamajon Ali jonimga oro kirdi. (Y.Yakvalxo`jayev). Malohatxon dugonasi Hamida bilan Akromni hazil-mutoyibalar bilan kuzatib qo`yishar edi. (O.Yoqubov).
Izohlovchi ba’zan so`z birikmasi bilan ham ifoda etiladi. Masalan: Ayniqsa, yosh olim Aziz Qosimovning xizmatlari salmoqli bo`ldi. (O`.Usmonov). Xonaga kichkina sandiqcha ko`tarib, asab doktori Shamsiqamar kirib keldi. (Y.Yakvalxo`jayev). Bu ma’ruza institutning bosh arxitektori Zafar Boboyevning bir loyihasi to`g`risida edi. (O.Yoqubov).
Izohlovchi izohlanmishdan oldin ham, undan keyin ham kelishi mumkin: So`ng boshqarma boshlig`i G`iyosiddinovni esladi. (P.Qodirov). U dadasi bilan mendan tashqari, Oqsoqolga, Xolposh xolasiga, Potma-Zuhra kelinoyilariga salom aytibdi. (O`.Hoshimov).



Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin