Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə167/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

1. Sifatlovchi aniqlovchi
Aniqlovchining bu turi ot bilan ifodalangan bo`lakka odatda bitishuv yo`li bilan bog`lanib, otdan anglashilgan predmetning belgi-xususiyatini, sifatini, miqdorini, o`ringa munosabatini bildiradigan aniqlovchining bir turidir. U qanday?, qanaqa?, qaysi?, qancha?, necha?, nechanchi?, qachongi?, qayerdagi? so`roqlaridan biriga javob bo`ladi.
Sifatlovchi bog`lanib kelgan so`z sifatlanmish deb ataladi.
Sifatlovchi turli so`z turkumlari bilan ifodalanadi:
1) sifat bilan: Quyoshning issiq, tansiq nurlari odamlarga xush yoqadigan bo`lib qoldi. (O`.Hoshimov). Rang-barang gullar, har xil ekinlar, bog`lar, suvlar quyoshda yashnab tovlanadi (Oybek). Yaxshi so`z, yaxshi muomala, ishq-muhabbat – insonni insonga, qalbni qalbga bog`laydigan sehrli ip. (Sh.Ubaydullayev).
2) son bilan: Ikkita zog`ora non bilan to`rtta turshakni dasturxonga qo`yib tamaddi qilgan bo`ldim. (O`.Hoshimov). Birinchi qor ham shu tepalik boshiga yog`adi, birinchi maysalar ham Xirmontepa bag`rida ko`karadi. (O`.Hoshimov). Uch-to`rtta yirik-yirik qora qushlar nimanidir mo`ljalga olib shoshilmay aylanishadi. (P.Qodirov).
3) olmosh bilan: Allaqaysi dengiz qushlarining odati qiziq ekan. (O`.Usmonov) Har bir qiyinchilikdan so`ng bir rohat bor. (Maqol).
4) ot bilan: Asfalt ko`chaning u er bu erida suv xalqob bo`lib yotardi. (O`.Hoshimov). Kumush so`zingni chaqaga mayda qilma. (Maqol).
-dagi affiksini olgan otlar ham sifatlovchi vazifasini bajaradi. Masalan: Uydagi har bitta buyum Ma’sudani esimga soladi. (P.Q.). Toshkentlik yosh olim... atrofdagi cho`ponlarni to`plab, ziyofat qilib bermoqda... edi. (P.Q.).
5) sifatdosh bilan: Unda dam oladigan va yo tunab qoladigan manzil yo`q. (K.Yashin). Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt. (Maqol).

Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin