Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz filiali



Yüklə 1,06 Mb.
səhifə199/224
tarix04.08.2022
ölçüsü1,06 Mb.
#63008
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   224
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti termiz

3. Ergash gapning turlari
Ma’lumki, ergash gap bosh gapni yoki uning biror bo`lagini izohlash, aniqlash, to`ldirish uchun xizmat qiladi. Shunga ko`ra ergash gap ikki katta guruhga bo`linadi: 1) bosh gapning biror qismi (bo`lagi)ni izohlovchi ergash gaplar; 2) butun bir bosh gapni izohlovchi ergash gaplar. Masalan: Dunyoda shunday odamlar bo`ladiki, ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o`tgan yo`llari biz uchun... yuksak namuna bo`lib xizmat qiladi. (O.Yoqubov.) Kechasi shudring tushmagan bo`lsa ham, daraxt yaproqlari nam va muzdek edi. (O.Yoqubov.)
Birinchi gap tarkibidagi ergash gap (ularning hayoti, qilgan ishlari, bosib o`tgan yo`llari biz uchun... yuksak namuna bo`lib xizmat qiladi) bosh gapdagi aniqlovchi (shunday) ni izohlagan bo`lsa, ikkinchi gap tarkibidagi (kechasi shudring tushmagan bo`lsa ham) ergash gapni bosh gapni to`siqsizlik munosabati orqali butun holda izohlagan.
Bosh gapning biror bo`lagini izohlaydigan ergash gaplarga ega ergash gaplar, kesim ergash gaplar, aniqlovchi ergash gaplar, to`ldiruvchi ergash gaplar kiradi.
Bosh gapni butun holda izohlovchi ergash gaplarga payt ergash gaplar, o`rin ergash gaplar, sabab ergash gaplar, maqsad ergash gaplar, shart ergash gaplar, to`siqsiz ergash gaplar, ravish ergash gaplar, miqdor-daraja ergash gaplar, o`xshatish ergash gaplar, natija ergash gaplar kiradi.
1. Ega ergash gap bosh gapdagi olmosh bilan ifodalangan egani izohlagan ergash gapdir. Ega ergash gap bosh gap bilan birgalikda ega ergash gapli qo`shma gap hisoblanadi. Ega ergash gap -ki bog`lovchisi va fе’lning shart mayli qo`shimchasi -sa hamda so`roq va ko`rsatish olmoshlari (kimki – u, kimki – o`sha, kimki- o`zi, nima – o`sha, nimaiki – hammasi) yordamida bog`lanadi: Kimki birovning payini qirqsa, o`ziniki ham qirqiladi. («Ajoyib nasihatlar».) Kimki o`tmishni yaxshi bilsa, u hozirgi zamon qadriga etadi. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur».) Ba’zan bosh gap tarkibidagi ko`rsatish olmoshi bilan ifodalangan ega tushirilishi mumkin: Sizga ayonki, siz o`z oilangizdasiz. Bu gapda shu (ega) tushirilgan. Sxеmasi quyidagicha:



1. Kim ...........-sa, u ............
2. Kim ........-sa, o`zi ...........
3. Kimki .......-sa, u .............
4. Kimda-kim ......-sa, u ......

5.Nimaiki ......-sa, o`sha .......
6.Nima..............-sa, o`sha.....
7. Shunisi ........-ki, ...............
8. .................-ki, ..................


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   224




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin