2. Ko`makchilar (fe’l formalaridan so`ng kelgan ko`makchilar) yordamida: Toshtemir shaharga ketgandan keyin, Sodiq ota qiziga hech narsa demadi. (H.G`ulom.) Eshik ortiqcha tor bo`lgani uchun, ot siqilibgina o`tdi... (A.Qodiriy.) 3. Yuklamalar yordamida:Osmonda bulutlar paydo bo`lganidanmi, dengiz motam tutayotgan ayolga o`xshardi. (O`.Umarbekov.) 4. Nisbiy so`zlar yordamida:Odamlar uchun xotirada saqlash qanchalik zarur bo`lsa, ba’zan unutish ham shunchalik zarur. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur».) 5. Sifatdosh shakli hamda kelishik affiksi yordamida:Ota-onalarimiz qarib qolganda, ularga mehr-muhabbat tuyg`ularimizni baxsh etmog`imiz lozim. («Oz-oz o`rganib dono bo`lur».) 6. Fe’lning ravishdosh shakli yordamida:Nasiba chiqib ketgach, Buvsora ona sekin kosaga nazar tashladi. (S. Mahmudova) Qalin qorlar erib, o`tlar ko`karib qoldi. (Ch.Aytmatov.) 7. Fe’lning shart mayli shakli yordamida:Diqqat bilan quloq solsangiz, uning bulbulga taqlid qilayotganini sezasiz. (H.G`ulom.) 8. Fe’lning buyruq-istak mayli formasi yordamida:Ona ishdan qanday o`y, qanday tashvish bilan qaytmasin, shu ko`zlarni ko`riboq, ko`ngli yozilardi. (A.Muhtor.) 9. -day (-dek) o`xshatish ma’nosini bildiruvchi qo`shimcha yordamida: To`yning bo`ldi-bo`ldisi qiziq tuyulganday, yangi ishning boshlanish arafasi qiziq bo`ladi. Ergash gap bosh gapdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin. Masalan: Da’vogar sust kelsa, qozi muttaham... (H.G`ulom.) Qo`rqoq do`st dushmandan xavflidir, chunki dushmandan ehtiyot bo`lasan, ammo do`stga ishonasan. (L.N.Tolstoy.) Ayrim hollarda ergash gap bosh gap ichida ham kelishi mumkin. Masalan: Uning sovuq nafasi, eshik ochilarkan, o`rmonlarning shovqini bilan oqib kirib, yigitni biroz hushyorlantirardi. (Oybek.)