4. Eksperimental fonetikada fonetik biliklar va hodisalar maxsus asboblar yordamida tekshiriladi. Bunda olingan natijalar nazariy xulosalarning ishonchliligi ta’minlanadi.
Fonetik birliklar va ularning turlari
Fonetik birliklar deganda so`z yoki qo`shimchalarning shakliy tomonini hosil qiladigan va ularning ma’nolarini farqlash, chegaralash vazifalarini bajariladigan birliklar tushuniladi. Bunday birlikalar so`z va qo`shimchalarning qaysi tomoni (shakl va mazmun) uchun muhimligi jihatidan ikki guruhga bo`linadi: 1. Segment (ingl. qism, bo`lak24) birliklar so`z yoki qo`shimchalar tarkibida birin-ketin kelib, o`zaro ulanadigan birliklardir. Bularga nutq tovushlari va bo`g`in kiradi. 2. Ustsegment (supersegment) birliklar qo`simcha, so`z, jumla, gap yoki matnning mazmun tomoniga aloqador birliklardir. Bu guruhga urg`u, ohang (intonatsiya), to`xtam (pauza) kiradi.
Quyida shu birliklar bilan batafsil tanishamiz.
Nutq apparati
Avvalo, nutq tovushlarining anatomik-fiziologik tomonini ko`rib chiqamiz. Bunda nutq tovushlarining hosil bo`lishida ishtirok etadigan nutq a’zolari bilan tanishamiz. Bunday nutq a’zolarining jami nutq apparati deb yuritiladi.
Nutq apparatiga quyidagilar kiradi:
1. Nafas appa rati: o`pka, bronxlar (bir juft), nafas yo`li (traxeya).
2. Bo`g`iz bo`shlig`ida xalqasimon, piramidasimon, qalqonsimon tog`aylar hamda un paychalari joylashgan.
3. Og`iz bo`shlig`ida til, tanglay (qattiq va yumshoq), kichik til, lab va tishlar joylashgan .
4. Burun bo`shlig`i.
5. Markaziy asab tizimi.
Nutq a’zolarining jami nutq apparati deyiladi. Endi har bir nutq a’zosining vazifasi xususida to`xtalib o`tamiz.
1-rasm25. Nafas apparati:
1 – qalqonsimon tog`ay; 2 – uzuksimon tog`ay; 3 – kekirdak(traxeya); 4 – bronxlar; 5 – bronxlarning ichki tarmoqlari; 6 – o`pkaning tepa qismi; 7 – o`pkaning tag (ost) qismi .
.
Dostları ilə paylaş: |