3) grammatik dialektizmlar shevagagina xos bo`lgan grammatik birliklardir (bular asosan affikslardir): borvotti (ad. boryapti), yurta (ad. yurtga), bozorgir (ad. bozorbop) va b.
4) frazeologik dialektizmlar adabiy tilda muqobili bo`lmagan va shevaga xos frazeologik birliklardir: Xorazm shevasida: boshi aylanmaydi (ad. e’tibor bermaydi). Bu haqda “Frazeologiya” bo`limida batafsil bayon qilinadi.
2. Ijtimoiy dialektal leksika
Bu leksikaga mansub so`zlar ma’lum ijtimoiy guruhlar tomonidan ishlatiladigan so`zlardir. Bu guruhga jargonlar va argo so`zlar kiradi.
jargonlar (fransuzcha “buzilgan til” degani) «umumtildagi”(ustoz prof. Sh. Rahmatullayev ifodasi) so`zlardan shakily jihatdan farq qiladigan, ko`pincha og`zaki muloqotda ayrim ijtimoiy guruhlar tomonidan o`zini tilning boshqa vakillaridan ajratib ko`rsatish maqsadida qo`llanadigan birliklardir: yakan (pul), nishtyak (zo`r) va h.
Jargonlarning quyidagi xususiyatlari bor:
shakily jihatdan umumtildagi so`zlardan farq qiladi. Masalan, mullajiring jargon so`zi qismlari bizga tanishday ko`rinadi, lekin bu ikki qismning o`zaro bog`lanishi mantiqan to`g`ri emas.
kamsitish, yerga urish, yomonlash kabi qo`shimcha ma’no bo`yoqlariga ega. Masalan, dum jargon so`zida kamsitish ma’nosi borligi seziladi.
b) argolar (fransuzcha argot – “o`zgalar uchun yopiq” degani66) ayrim salbiy ijtimoiy guruhlar (o`grilar, qaroqchilar) tomonidan ishlatiladigan yashirin ma’noli so`zlardir: oq qirg`oq (100 so`m), qizil (tilla) va h.
Argolarning xususiyatlari: