Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi



Yüklə 123,52 Kb.
səhifə2/8
tarix25.12.2023
ölçüsü123,52 Kb.
#196306
1   2   3   4   5   6   7   8
bAYON..

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. Ona tilidan sinfdan tashqari tashkil etiladigan mashg`ulotlar o`quvchilarda qiziqish va xush kayfiyat uyg`otishi lozim. Mashg`ulotda tashkil etiladigan har bir mashq turi, har bir tadbir o`quvchida ona tili faniga muhabbat uyg`otishi lozim. Buning uchun sinfdan tashqari mashg`ulotlarda amalga oshiriladigan ishlar ona tilidan sinfda bajariladigan mashqlarning davomi bo`lmasligi, o`quvchilarning darsda tushunmagan o`rinlarini tushuntirishga aylanmasligi lozim. Ona tilidan sinfdan tashqari ishlar ta`limiy o`yinlar shaklida tashkil etilishi zarur. Har bir o`qituvchidan ona tilidan sinfdan tashqari ishni tashkil etishda avvalo uning bolalar hayotidagi ahamiyatiga alohida e’tibor berishi talab etadi. Shuning uchun ham sinfdan tashqari ishlar har bir boshlang`ich sinf o`qituvchisidan katta tayyorgarlikni talab etadi.
Ona tilidan sinfdan tashqari olib boriladigan ishlar ham ta’limiy, ham tarbiyaviy maqsadlarni ko‘zlaydi. Uning ga’limiy ahamiyati shundaki, o‘quvchi bu jarayonda qo‘shimcha bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘ladi. Tarbiyaviy ahamiyat esa nutq odobini tarbiyalash, zukkolik, tezkorlik va hozirjavoblik singari fazilatlarni shakllantirish, mustaqil fikrlash, ijodiy faoliyat ko‘rsatish, nutq odobini tarbiyalash singarilarda o‘z ifodasini topadi.
Kurs ishining maqsadi va vazifasi.Ushbu kursni o‘qitishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari quyidagilardan iborat:
- o‘qitishning interaktiv usulini qo‘llash uchun har xil «ishchan o‘yinlar» ishlab chiqish va amalgam oshirish;
- xorijiy universitetlar professorlari tomonidan o‘qilgan ayrim ma’ruzalarni texnika vositalari orqali talabalarga namoyish etish;
- masofaviy o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha kompyuterda bajariladigan dasturlardan foydalanish va boshqalar.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. To’garak mashg’ulotlarini interfaol usullardan foydalanib olib borish ta’lim sifatini yanada oshiradi. Bola mashg’ulotda erkin fikrlay olishi, ijodkorlik mahoratini oshkora namoyish eta olishi lozim. To’garakda bola maktab darslaridan keyingi bo’sh vaqtini mazmunli o’tkazish uchun sharoit yaratilishi zarur. To’garak mashg’ulotlari bola o’z ustida ishlashi, o’zi qiziqqan yo’nalishi bo’yicha shug’ullana olishi, qo’shimcha bilimga ega bo’lishi uchun imkon beradi. Mashg’ulot davomida dars o’qtish bilan birga bolalarda o’zaro ijodiy tajriba almashishadi. Bir yo’nalishda izlanayotgan, bo’lajak yosh mutaxassislar shakllanadi. To’garak bolalarning to’garaklarni o’zlari erkin tanlashi, bir vaqtning o’zida bir necha to’garakka qatnashi va qiziqishiga ko’ra to’garakni almashtirishi mumkin. Bu kelajakda bolalarning birorbir kasbni tanlashida boshlang’ich pog’ona vazifasini o’taydi.

Yüklə 123,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin