Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurs ishining tarkibiy tuzilishi



Yüklə 44,54 Kb.
səhifə4/15
tarix02.01.2022
ölçüsü44,54 Kb.
#42182
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH METODIKASI

Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Kirish, Asosiy qism, 3 ta banda umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


Kasb-hunarga yo’naltirishning nazariy shart - sharoitlari.

«Yoshlikdan o’rgangan hunar,

hunardan rizqing unar»

(O’zbek halq maqoli)

Respublikamiz mustaqillika erishgandan keyingi yillarda ta’limni isloh qilish bo’yicha ko’pgina qaror va qonunlar qabul qilindi, ularda o’quvchilarni kasb tanlashga yo’naltirish vazifalari xam yetarlicha o’z ifodasini topmoqda. Bunga Xalq ta’limi vazirligining 2002 yil 10 oktyabrdagi 153-sonli buyrug’i asosida o’quvchilarni kasb - hunarga yo’naltirish tizimini takomillashtirishning yangi qontseptsiyasini ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Hozirgi kunda kasb-hunarga yo’naltirishdan maqsad – o’sib kelayotgan yosh avlodni kasbni ongli ravishda tanlashga tayyorlashdir.

Insoning ilmga bo’lgan chanqoqligini qondiruvchi birinchi ziyo chashma bu maktabdir. Maktabda o’quvchi shaxs sifatida shakllana boshlaydi. Unda dastlabki kasbiy hissiyotlar yuzaga keladi. Bular mehnatsevarlik, mehnat qilish zarurligini tushunish va anglash, o’z ishini rejalashtira va nazorat qila bilish, ish o’rnini to’g’ri tashqil qilish, iqtisodiy - tejamkorlik, sabr – toqatlilik, talabchanlik, topshiriqni bajarishning eng oqilona usuli (etti o’lchab, bir kes) tanlab ola bilish hamda vaqtni tejash va shu kabilardir. Bolalarni kasblar olamiga asta – sekin olib borish, ularni shu olamda mo’ljal olishga o’rgatish zarur.

O’qituvchi darslarda kuzatish, u bilan suhbatlashish, bola faoliyati mahsulini tahlil qilish jarayonida uning ba’zi xususiyatlarini qobiliyat, qiziqish, moyilliklarni payqab oladi, bu xislat va fazilatlarni shakllantirib boriladi. Bular kasbni belgilashda asosiy omil bo’lishi mumkin. Bolaning kasbiy muhim xislat va fazilatlarini barvaqt aniqlash va esa keyingi o’z xususiyatlariga qarab kasbni to’g’ri tanlash, uni muvoffaqiyatli ravishda o’zlashtirish, mehnatda yuksak natijalarga erishish imkonini berishi mumkin.

Boshlang’ich sinf o’quvchilarda kasb-hunar tushunchalarini shakllantirishning asosiy maqsadi yoshlarni o’zining hayot yo’lini to’g’ri belgilashlarida o’zining qobiliyat, qiziqish va moyilligini hamda ijtimoiy ehtiyojni hisobga olgan holda kasb tanlashlarida ko’maklashishdan iboratdir. Bizning jamiyatimiz har bir shaxsning qobiliyatlari to’liq namoyon bo’ladigan, yuqori samara bilan ishlay oladigan faoliyat va shart-sharoitlar bilan band bo’lishiga katta e’tibor berilmoqda.

Ko’pincha mustaqil Hamdo’stlik mamlakatlari hamda Respublikamiz olimlari o’tkazgan ilmiy – tadqiqotlarida bolajonlarning rayiga, hoxish – istagiga, intilishini uch bosqichda tajriba – sinov ishlarini umumlashtirib tahlil qilmoqdalar. Diagnostik suhbatlar – yakka tartibda yoki jamoa tarzda o’tkazilishi mumkin. Psixolog olim K.M.Gurevich 3-4 yoshli bolalarda motivlarning birlamchi tobeligi va dastlabki irodaviy harakatning paydo bo’lishini tatbiq etib, bolaga uyinchoqni olishdan – oldin o’zi yoqtirmagan ishni bajarish topshirig’ini bergan. Olingan ma’lumotlardan quyidagilar ma’lum bo’ldi: a) – maktabgacha yosh davrida ezgu orzular yo’lida harakat qilish imkoniyati to’g’iladi; b) – ushbu orzularning bevosita bog’liq sabablari bevosita sabablarga qarganda ertaroq paydo bo’ladi; v) – bevosita idrok qilinadigan narsalarga aloqador hoxishni bajarishga qaraganda, narsaning o’ziga aloqador hoxishni bajarishni muayyan muddatga kechiktirish osonroq. Xulosa qilib buning zamirida bolaning mayinligi, niyati, orzusi, kasbga qiziqishi, hoxish – istagi va tilagining mazmuni hamda xususiyatidagi o’zgarishlar yotadi. Maktab o’quvchilarining tahminan 25-30% foizida tanlangan kasbga nisbatan kasbga barqaror qiziqishlar boshlang’ich kichik yoshlaridayoq shakllanar ekan.

O’qituvchining vazifasi: - o’quvchilarning qiziqishlarini mumkin qadar oldinroq aniqlashda va davlat, hokimiyat, mahalla, oila talab – ehtiyojlariga muvofiq shu qiziqishlarni rivojlantirishda, inson shaxsini har tomonlama uyg’un barkamol toptirish uchun shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

O’quvchini mehnat qilishga o’rgatish, nafaqat mehnatni sevishga u bilan shunday uyg’unlashishiga ko’niktirish kerakki, mehnat uning vujudiga singib ketsin. Ularni kasb hunarga yo’naltirish, orqali biror kasb egasi bo’lishida, o’quvchilar mehnatisiz biror – bir narsaga erisha olmasliklarini tushunib yetsinlar.



Birinchi bosqichda Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar ta’lim – tarbiyasiga qo’yiladigan Davlat ta’lim standarti talablarida ham maktabgacha yoshdagi bolalarning odob – ahloqi va mehnatga layoqatligi jihatdan yetuk komil inson bo’lishiga katta e’tibor beriladi. Bolalar ilk yoshdan boshlab mehnatsevar bo’lish va boshqalar mehnatni qadrlash kabi odatlarga o’rgatiladi. Mana shu odatlar bolani odob-ahloqli, mehnatga moyillik qilib tarbiyalash mazmunining asosini tashkil etadi. Odob – ahloqi va mehnatga layoqatliligiga oid egallashlari zarur bo’lgan minimal talablari:

- kattalar mehnatini qadrlash lozimligini bilish;

- o’ziga ishonish;

- o’z – o’ziga xizmat qilish;

- uyda yoki bog’cha hovlisida yengil yumushlarni bajara olish;

- mahallada yoki tomorqada mehnat qilayotgan kattalarga ko’maklashish;

- o’yinchoqlarni va xona anjomlarini o’z joyiga qo’yishni bilish;

- mehnatsevar bo’lish yaxshi odat ekanligini anglash va x.k.lar amalga oshirilsa, boshlang’ich kichik yoshdagi, o’rta yoshdagi, katta yoshdagi, akademik litsey, kasb-hunar kolleji bosqichlarning asosi hisoblanadi.



Ikkinchi bosqichi o’quvchilarni kasbga yo’naltirish (boshlang’ich kichik yoshdagi) quyidagi mazmuni ega bo’ladi:

Boshlang’ich I-IV sinf o’quvchilarini kasbga yo’naltirishdan maqsad ularni mehnat, kasb turlari, yo’nalishlari bilan tanishtirib borish va o’quvchilarda kasb faoliyatiga bo’lgan qiziqishni shakllantirishdan iborat. Bunga erishish uchun ularda mehnat va kasb olami xaqida tasavvur paydo qilish, - o’quvchilar bilan «Kim bo’lsam ekan», «Kasbim-faxrim», «Kasb tanlash - hayot ko’zgusi» kabi mavzularida suhbatlar, bahslar munozaralarni tashkil qilish; o’z-o’zini baholay bilish malakalarini hosil qilish; - intellektual va hissiy irodaviy hislarni rivojlantirish: Bu yoshdagi bolalar mehnatga halol munosabatda bo’lishlari uning xayotdagi va jamiyatdagi rolini tushuna bilishlarida, har qanday ish bajarish uchun intiluvchanlik, tabiat, atrof-muhitga va uning boyliklarini saqlash va boshqalarda.



Uchinchi bosqich (5-7 sinflar) o’rta yoshdagi o’quvchilarda kasb tanlash va jamiyatda o’z-o’rnini belgilash bilan bog’liq xolda o’zida bo’lgan qiziqish, qobiliyat va ma’naviy-moddiy qadriyatlarni anglashga zamin yaratish. Bo’lg’usi kasbiy faoliyatlar bu yoshdagi o’quvchilar uchun hayotdagi o’z o’rnini aniqlash va tayyorlashda turtki, o’z shakllanish imkoniyatlarini ochishi va kasb tanlashi uchun zarur bo’ladi.

To’rtinchi bosqich (8-9 sinflar) katta yoshdagi o’quvchilarini kasb tanlashga yo’naltirish ishlarining mazmuni shaxsning ma’naviy fazilatlari hamda xislatlarini va jamiyat oldidagi burchi, javobgarlik xislatlarini shakllantirish bilan ajralib turadi. Bu esa ularda tashabbus bilan chiqish, mustaqil qaror qabul qilish, xatti – harakatlari natijasida bilish va o’zining faoliyati nimaga olib kelishini sezishi bilan belgilanadi.

Beshinchi bosqich (akademik litsey, kasb-hunar kolleji) talabalarning kasb-hunarga moyilligini, layoqatlarini, bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularga tanlangan yo’nalishlari (Metal va unga ishlov berish, yog’ochga va unga ishlov berish; Gazlamalarga ishlov berish; Oziq – ovqat mahsulotlariga ishlov berish; qishloq xo’jalik asoslari; Xalq hunarmandchilik) bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasblarni egallash imkonini beradi.

Kasb to’g’ri tanlanganda ular o’z qobiliyatlari va qiziqishlarini yaxshiroq ro’yobga chiqishlari hamda jamiyatga ko’proq naf keltirishlari mumkin. O’quvchilarni kasb tanlashda yo’llash, kasb-hunarga yo’naltirish ishlarining asosiy ijrochisi mehnat ta’limi o’qituvchisi – uslubchi zimmasiga tushadi.

Umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinflarida kasb tanlashga yo’llash va mehnat ta’limidan dars beradigan o’qituvchilar yuqori natijalarga, dars samaradorligini erishishi uchun albatta qo’yidagilarga e’tiborni qaratish kerak.

- zamonaviy ilmiy- texnikaviy taraqqiyotning va ma’naviyat-moddiy qadriyatlarning mohiyati chuqur tushuna bilish;

- pedagogik texnologiyani va innovattsiya asl mohiyati va uslublarini tushina – qo’llay bilishi;

- o’quvchilarni mustaqil kasb hunar o’rganishga, erkin kasb tanlashga sharoit yaratish;

- pedagogik texnologiyalardan foydalanar ekan, o’zi ham yangi yaratuvchi yangi xilma-xil (“Kasb darsi”,”Aqliy hujum”, “Zinama-zina”) uslublarni o’ylab topishi, amalda qo’llashi;

- an’anaviy darslar orqali o’qituvchilarning yakka tartibda (individual) ishlashga erishish;

- test topshiriqlarni o’quvchi faoliyati darajalariga mos holda tuzish bo’yicha ko’nikmalarga ega bo’lishi shart.

O’qituvchi uslubchilarimiz uchun bugungi kun talabi mana shulardan iborat. Xalqimizda ilmu - hunar ulug’lanib kelgan. Agar inson biron – bir kasbni mukammal egallasa, hunar unga huzur bag’ishlaydi.





Yüklə 44,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin