boshlangich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan foydalanish metodikasi
Ikkinchi bosqich 2010-yilda boshlang‘ich sinflarda matematikaning pedagogik texnologiyalar darajasini aniqlash maqsadida Toshkent shahar Hamza tumani 30-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabidagi 4 ―a‖ – 4 ―b‖ sinflar orasida pedagogik tajriba-sinov ishlari olib borildi. O‘quvchilarning tanlagan kasblari bo‘yicha boshlang‘ich sinflardaolib borilayotgan dars jarayonlari kuzatildi. Amalga oshirilgan ishlar samaradorligini aniqlash maqsadida pedagogik tajriba-sinovni boshlash va yakunlash davrida o‘quvchilarning darsga qiziqishlari munosabatlarini miqdoriy va sifat o‘zgarishlari aniqlandi. Tadqiqotning ilmiy farazlari asosida boshlang‘ich sinf matematika darslarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirildi. Ilmiy-tadqiqot ishi muallifi tomonidan boshlang‘ich sinflarda o‘rganilayotgan boshlang‘ich sinflarda pedagogik texnologiyalarning xususiyatlari va shu asosda
96
o‘quvchilarda ilmiy tushunchalarni shakllantirishga doir o‘quv-uslubiy qo‘llanma hamda uslubiy tavsiyanomalar yaratildi. Ular boshlang‘ich sinf o‘quvchilari va o‘qituvchilari orasida o‘tkazilgan pedagogik tajriba-sinov ishlarida qo‘llanildi. Unda o‘quvchilarga ilmiy tushuncha va o‘zlashtirayotgan bilimlaridan ko‘nikma va mahoratlarini shakllantirishda pedagogik texnologiyalarning mavjud shakl va vositalari asosida samarali qo‘llash va amalga oshirish tadbirlarini sinovdan o‘tkazish asosiy maqsad qilib olindi.
Pedagogik tajriba-sinov jarayonida boshlang‘ich sinflar o‘qituvchi va o‘quvchilarining tadqiqotimizda ilgari surilgan yangi uslubiyotga nisbatan munosabatlariga diqqat-e‘tibor qilindi, ta‘limda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalarni amalga oshiruvchi vositalarga nisbatan ularning mulohazalari, bunda yuzaga keladigan ba‘zi qiyinchiliklarni bartaraf etish chora-tadbirlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, pedagogik texnologiyalarning ba‘zi vositalari orqali o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilayotgan o‘quv materiallarining sifat va samaradorligini oshirish muammolari o‘rganildi.