mazmuniga mos uslubiy qo‘llanma ishlab chiqildi. Shu davr ichida tadqiq etilayotgan muammo bo‘yicha Toshkent shahar Hamza tumanidagi 30-sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabida 270 nafar o‘quvchi, 11 ta boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari orasida maxsus anketalar asosida so‘rovnomalar o‘tkazildi. Unda boshlang‘ich sinf matematika darslarini interfaol metodlar asosida shakllantirish haqidagi ilmiy tushunchalarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilishi sifat va samaradorligini o‘rganish va tahlil qilish vazifasi qo‘yildi. Mazkur muammoni hal etish o‘rganilayotgan faoliyatni mantiqiy jihatdan tahlil etish nuqtai nazaridan
95
amalga oshirildi. Mazkur bosqichda olib borilgan tadqiqot natijalarining chuqur tahlillari asosida quyidagi xulosalarga keldik:
Boshlang‘ich sinf amaliyotida o‘qituvchilar o‘quvchilarga dars mavzusi mazmunini rivojlantirishda asosan ta‘limning zamonaviy interfaol metodlaridan foydalanadilar. Dars jarayonida berilayotga bilimlarning asosiy mazmuni, o‘zlashtirilayotgan bilimlarga qo‘yilgan ma‘lum qonuniyatlardan chiqmagan holda o‘quvchilar uchun tayyor qilinib taqdim etiladi.
Mazkur bosqichda falsafa, psixologiya va pedagogika, shuningdek boshlang‘ich sinflar amaliyotiga oid ilmiy adabiyotlar o‘rganib chiqildi. O‘quvchilarda matematik tushunchalarni shakllantirish muammolari, mavjud matematik tushunchalarning belgilarini aniqlash, o‘xshash tushunchalarni farqlash, bog‘liqlik va munosabatlarni aniqlash masalalari o‘rganildi va tatqiq qilindi. Matematik tushunchalarni shakllantirishning boshlang‘ich bosqichida mashqlar tizimini amalga oshirish va ulardan foydalanish samaradorligi isbotlandi.
Bu bosqichda boshlang‘ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalardan qo‘llanilishi tatqiq etildi, darslarda pedagogik texnologiyalardan foydalanib matematik tushunchalarning o‘rni, ahamiyati, o‘zlashtirishga ko‘rsatadigan ta‘siri darajasi o‘rganildi.