Tashhisli mashqlar. Ular 3 ta bosqichda yо‘lga qо‘yiladi. Birinchi bosqichda о‘quvchilar – nuqsonlarning buzilish sabablarini о‘rganishadi, buzilishlar bо‘yicha jadvallar, vazifalar – kartochkalar tuziladi. Ikkinchi bosqichda esa – ta’lim oluvchilar turli vaziyatlardan chiqa olishni о‘rganishadi.
Tashhisli о‘qitishning oxirgi bosqichida – tashhisli masalalarning yechilishini о‘rganishadi.
Izlanish mashqlar sirasiga yana konstruktorlikni ham kiritish mumkin. Ular kо‘pincha bir tizimda olib borilib, sekin-astalik bilan ta’lim oluvchining mustaqil va texnik fikrlash qobiliyatini oshirib boriladi.
konstruksiyaga о‘zgarishlar kiritilganda masalani hal qilish;
konstruksiyada yetishmaydigan bо‘g‘in kamchiliklarini masalani hal etish orqali tо‘ldirish;
sxema bо‘yicha konstruksiya loyihasini tuzish;
texnik talabga kо‘ra obyektni mustaqil konstruksiyalash.
Laboratoriya-amaliy ishlar ta’lim metodining asosiy turlaridan biri hisoblanadi. Kasbiy ta’limda laboratoriya-amaliy ishlar nazariya va amaliy ta’limni tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bir tomondan ta’lim oluvchilarning bilimlari mustahkamlanadi, ikkinchi tomondan esa kasbiy bilish, kо‘nikma va malaka shakllanadi, keyin ular ishlab chiqarish ta’limida ham о‘z bilimlarini qо‘llay olishiga yordam beradi. Laboratoriya-amaliy ishlarning turlari:
kuzatish va talil qilish, ya’ni jarayonlar va mehnat predmetini (materialning xossasi, mahsulotlar) kuzatish va tahlil qilish;
kuzatish va tahlil asbobini о‘rnatish va ishlatish, mehnat turi (mashina, mexanizm, apparat, qо‘rilma, asboblar).
Dostları ilə paylaş: |