Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Tavsiya etilayotgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon beradi



Yüklə 99,33 Kb.
səhifə3/22
tarix02.01.2022
ölçüsü99,33 Kb.
#41529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
avazboyev ochiq dars

Tavsiya etilayotgan keysni echish quyidagi natijalarga erishishga imkon beradi:

1. Kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasi haqidagi bilimlarni mustahkamlash;

2. Topshiriqlarni hal etish orqali kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasiga doir modellarni o’zlashtirish;

3. Mustaqil ravishda kasb-hunar ta`limi metodlari klassifikatsiyasini modellashtirish ko’nikmasini egallash.




MUAMMOLI TOPSHIRIQLARNI BOSQICHMA-BOSQICH TAHLIL ETISH VA HAL ETISH BOYICHA TALABALARGA METODIK KO’RSATMALAR

Talabalarga yo’riqnoma


Ish bosqichlari

Maslahat va tavsiyanomalar

1.Keys va uning axborot ta`minoti bilan tanishish

Og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlarga doir modellar bilan tanishing va modellarning tarkibiy qismlari, ularning mazmunini o’rganing. O’rganib chiqish vaqtida modellarga tavsifnoma yozishga va kasb ta`limining umumiy metodlari modelini ishlab chiqishga shoshilmang (1-2-3-ilovalar).

2.Muammoli topshiriqlar bilan tanishish

Taqdim etilgan modellar mazmuni bilan yana bir marotaba tanishib chiqing. Modellar tarkibidagi tushunchalar va jumlalarga diqqatingizni jalb qiling. Modellarda kasb ta`limining umumiy metodlari qaysi jihatlariga e`tibor qaratishni aniqlang (1-2-3-ilovalar).

3.Muammoli topshiriqni tahlil eting.

Asosiy muammo va kichik muammolarga diqqatingizni jalb eting.

Asosiy muammo: Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlari.

Quyidagi savollarga javob berishga harakat qiling:


  1. Kasb - hunar ta`limining og’zaki metodlari.

  2. Kasb - hunar ta`limining ko’rgazmalilik metodlari.

  3. Kasb - hunar ta`limining amaliy metodlari.

  4. Ta`lim metodlarini tanlash mezonlari.

  5. Kasb - hunar ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish.

Og’zaki, ko’rgazmali va amaliy metodlar modellarini tahlil eting va har biriga tavsifnoma yozing (1-2-3-ilovalar).

4.Muammoli topshiriqlarni echish usul va vositalarini tanlash hamda asoslash

Kasb-hunar ta`limini amalga oshirish metodlariga doir modellarga tavsifnoma yozishda “Kasb ta`limining umumiy metodlari” jadvalini to’ldirishga kirishing. Tavsifnomalarni yozishda aniq xususiyatlarni belgilab olishga harakat qiling. Jadvalni to’ldiring.

“Kasb ta`limining umumiy metodlari”ni ishlab chiqishda kasb ta`limi metodlarini yodda saqlang va ularning funktsiyalarini ko’z oldingizda gavdalantiring (1-2-3-4-5-ilovalar).






Yüklə 99,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin