Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Aniq va tabiiy yo‘nalishlarda xorijiy tillar kafedrasi V b dotsenti



Yüklə 7,2 Kb.
tarix17.10.2023
ölçüsü7,2 Kb.
#156579
Isayeva Umida tavsifnoma4




Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Aniq va
tabiiy yo‘nalishlarda xorijiy tillar kafedrasi v.b dotsenti
1976-yilda tug‘ilgan, millati o‘zbek, Isaeva Umida Nigmatdjanovnaga


T A V S I F N O M A
1983-1993 yillarda Toshkent shahar, Yunusobod tumani 273-umumta’lim maktabida a’lo baholar bilan o‘qigan.
1993-1998 yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida xorijiy tillar va pedagogika va psixologiya mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan.
Pedagogik faoliyatini 1998-yilda Yunus Rajabiy nomli musiqa pedagogika bilim yurtida chet tillar kafedrasida o‘qituvchi, 2001-yildan hozirgi vaqtgacha Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Universiteti “Aniq va tabiiy fanlarda xorijiy tillar kafedrasi” v.b dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.
2023-yilda Intelektual mulk agentligidan “The influence of the ability of communicativeness in pedagogy on the quality of education" nomli ilmiy ishlanmasiga mualliflik huquqi guvohnomasini qo‘lga kiritgan.
2022-yil noyabr oyida PQ-1875 qaroriga muvofiq Oliy ta’lim muassasasi chet tili Professor o‘qituvchilarini C1 darajasini beruvchi "TЕSOL-TЕFL" kursini muvaffaqiyatli tugallaganligi haqidagi sertifikatga ega bo‘ldi. Isayeva Umida Nigmatdjanovna 30 dan ortiq respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi.
Bundan tashqari 2021-yil sentyabr oyidan shu vaqtga qadar Toshkent shahar, 200-sonli IDUM o‘quvchilari bilan doimiy ravishda hamkorlik ishlarini olib bormoqda.
“American Juornal of Interdisciplinary Research and Development” xalqaro xorijiy jurnali tahrir hay’ati a’zosi.
Buyurilgan ishlarni o‘z vaqtida aniq, sidqidildan bajarib kelgan, ishchan va tirishqoq, halol, o‘ziga talabchan hamda savodli inson. U jamoat hamda rahbariyat tomonidan qo‘yilgan barcha ishlarda faol ishtirok etganligi ma’lum bo‘ldi.
U o‘z vazifasiga ijodiy yondashadigan halol, mehnatsevar, intizomli xodim, hamkasblari orasida odob-axloqi, yaxshi xulqi va zukkoligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, kafedra ishlarida ham doim faol va o‘z ishiga nisbatan vijdonan yondoshadi.
Isaeva Umida Nigmatdjanovnaning fidokorona mehnatlarini hisobga olib, uni dotsent ilmiy unvoniga tavsiya etaman.


Chirchiq davlat pedagogika Universiteti “Tillar”
kafedrasi mudiri: PhD N.A.Aliqulov
Yüklə 7,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin