I bob. Maqsud Shayxzodaning hayoti va ijodi 1.1 Maqsud shayxzoda hayoti va ijodining o’zbek milliyadabiyotidagi tutgan o’rni Ozarbayjon naslidan bo‘lib, keyinchalik o‘zbek xalqining chinakam sevimli
shoiri, yozuvchisi, dramaturgi, zabardast olimi sifatida dong taratgan Maqsud
Shayxzoda 1908 yili Ozarbayjonning Ganja viloyatiga qarashli Oqtosh shahrida
tug‘ilgan. Otasi Ma’sumbek elu-yurtda katta obro‘ga ega shifokor edi.
Dastlabki sheʼriy toʻplami — „Loyiq soqchi“ (1932). Shundan keyin shahrining „Oʻn sheʼr“ (1932), „Undoshlarim“ (1933), „Uchinchi kitob“ (1934), „Jumhuriyat“ (1935), „Oʻn ikki“, „Yangi devon“ (1937), „Saylov qoʻshiqlari“ (1938), „Kurash nechun?“ (1942), „Jang va qoʻshiq“, „Koʻngil deydiki“ (1943), „Oʻn besh yilning daftari“ (1947), „Yurt sheʼrlari“ (1948), „Zamon torlari“, „Olqishlarim“ (1949), „Yillar va yoʻllar“ (1961), „Sheʼrlar“ (1964) va boshqa sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Shoirning dastlabki ijodida va qisman 50 yillardagi ayrim sheʼrlarida ozarbayjon sheʼriyatiga xos ohanglar, minbar sheʼriyat belgilari ustuvorlik qilgan.1 Ammo Shayxzoda oʻzbek mumtoz va zamonaviy sheʼriyatining tili va uslubini egallagani sayin uning sheʼrlarida oʻzbekona musiqiy ravonlik kuchaya bordi. Shayxzoda voqelikka faol munosabatda boʻlishga intilib, xalq va mamlakat hayotida roʻy bergan muhim voqealarni tasvirlashga, mehnat va kurash qahramonlari obrazini yaratishga alohida eʼtibor berdi. U shu maqsadda doston janriga qoʻl urib, „Oʻrtoq mulk“ (1933), „Chirogʻ“, „Oʻrtoq“, „Meros“, „Tuproq va haq“ (1936), „Ovchi qissasi“, „Iskandar Zulqarnayn“ (1940), „Oʻn birlar“, „Jenya“, „Oqsoqol“ (1943), „Axmadjonning hikmatlari“, „Uchinchi oʻgʻil“ (1944), „Nurmat otaning tushi“ (1947) singari liroepik asarlar yozdi. Shoirning 30-40 yillardagi sheʼriyatiga ham, keyingi ijodiga ham xos muhim fazilatlardan biri syujetlilikdir. Shayxzoda lirik syujet yaratishga moyil shoir sifatida xalq afsonalari va tarixiy oʻtmish sahifalariga, shuningdek, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, oʻz sheʼrlariga balladaga xos poetik belgilar va turli poetik tafsillarni olib kirgan, soʻzning sheʼriy qurilmadagi mavqeini oshirish choralarini koʻrgan.
Maqsud Shayxzoda san’at va adabiyotni sevar, tarix va falsafaga qiziqgan.
Maqsud Shayxzoda Oqtoshdagi ibtidoiy maktabni bitirgach, 1921 yili Boku
dorilmuallikka o‘qishga kiradi va uni tugatgach Dog‘istonning Darband, Bo‘ynoq
shaharlarida muallimlik qilgan. U 1926 yili Adhem Fayziy tashkilotiga a’zo etilgan
«Milliy firqa» tashkilotiga a’zo bo‘lib, musovotchilar harakatida faol qatnashgani
uchun 1928 yili hibsga olinib, Toshkentga surgun qilingan. Umrining oxiriga qadar
shu yerda yashab, ijod qilgan. Albatta, sho‘ro hukumati Shayxzodani O‘zbekistonda ham ta’qiblar va tahqirlardan benasib qoldirgani yo‘q.
Shayxzoda Toshkentga kelgach, avval Narimonov nomidagi texnikumda dars beradi, keyin “Sharq haqiqati”, “Qizil O‘zbekiston”, “Yosh leninchi” gazetalarida ishlaydi. 1929 yili yosh shoirning o‘zbek tilidagi dastlabki she’ri “Sharq haqiqati” gazetasi sahifalarida bosilib chiqadi. Oradan ko‘p o‘tmay, Shayxzodaning birinchi to‘plami “O‘n she’r”, keyinroq “Undoshlarim” (1933), “Uchinchi kitob” (1934), “Jumhuriyat” (1935) kabi to‘plamlari nashr etiladi.
“Qo‘llar” she’rida qo‘llarda insonning borlig‘ini, uning ichki olamining muhrini ko‘radi. Uningcha, “g‘oyat shafqatli, hayotbaxsh qo‘llar” ham “ayovsiz, yovuz, go‘r kabi sovuq, tanbal” qo‘llar ham bor, qisqasi, har bir qo‘l “yurakning navkarlaridir”, yurak neni buyursa, qo‘l shuni ijro etadi deb ta’riflaydi.
Maqsud Shayxzoda ijodiy balog‘atidan dalolat beruvchi asarlaridan biri
“Toshkentnoma” dostonidir. Adabiy jamoatchilik o‘z vaqtida bu dostonni shoirning adabiyotimizning yirik ijodiy muvaffaqiyati sifatida baholadi. Chindan ham, “Toshkentnoma” Shayxzoda dostonlari ichida eng barkamoli bo‘lib, unda shoir shaxsiyatining o‘ziga xos qirralari ancha yorqin namoyon bo‘lgan. Dostondagi o‘ziga xoslik shundaki, asar yaxlit voqea asosiga qurilgan emas.2 Shayxzoda ko‘p qirrali iste’dod sohibi bo`lgan. U she’rlar va dostonlar bilan
birga, juda yuksak badiiy quvvatga ega bo‘lgan dramalar ham yaratadi. Shayxzoda
umrining so‘ngida yozishga kirishgan, lekin tugatib ulgurmagan “Beruniy” dramasini hisobga olmaganda ham, uning “Jaloliddin Manguberdi” va “Mirzo Ulug‘bek” dramalari allaqachon xalqimizning badiiy mulkiga aylanib qoldi.
Shayxzoda ikkinchi jahon urushi yillarida yozgan “Jaloliddin Manguberdi”
(1944) tragediyasida o‘z yurtining ozodligi va mustaqilligi uchun mo‘g‘ul
istilochilariga qarshi kurashgan so‘nggi Xorazm shohining jangovar jasoratini tarixan aniq va haqqoniy tasvirlagan. Oybek bilan G‘afur G‘ulom o‘sha vaqtda asarga yuqori baho berishib: “Tarixiy jarayonning haqiqiy mazmunini, uning ichki ma’nosini” ochib bergan deyishgan edi.
1946 yilgacha “Jaloliddin Manguberdi” dramasidan ayrim parchalar
“Armug‘on” to‘plamida bosilgan edi. Shundan keyin 43 yil davomida asar tilga
olinmadi va dunyo yuzini ko‘rmadi. Asar sahnadan olingandan keyin ko‘p o’tmay
Shayxzoda qamaladi. Bu asarga o‘tmish ideallashtirilgan degan siyosiy ayb qo‘yiladi. Musodara etilgan buyumlar ichida dramaning qo‘lyozmasi ham bor edi. Muallif oqlanib, qaytib kelganidan keyin muayyan tashkilotlar “yo‘qoldi” degan bahonalar bilan qo‘lyozmani qaytarib bermadilar. Shayxzoda uni bir necha yil qidirishga majbur bo‘ldi va nihoyat, teatrning sobiq suflyorlaridan uning bir nusxasini topishga muvaffaq bo‘ladi. Lekin shunda ham asarning matni e’lon qilinmay qolaveradi. Taqdirning o‘yinini qarangki, muallif bu asarining chop etilganini ko‘rmay olamdan ko‘z yumdi. “Jaloliddin Manguberdi”ning to‘la matni birinchi marta Bokuda ozarbayjon tilida Shayxzodaning ikki jildlik saylanmasida bosilib chiqarildi.
Faqatgina 1988 yildagina Jaloliddin Manguberdi” birinchi marta o‘zbek tilida yozuvchining “Boqiy dunyo” degan kitobida to‘la bosilib chiqarildi.
Shayxzodaning yozuvchilik va ijodkorlik zehnining o‘tkirligi yana bir bor
isbotlanadi. Maqsud Shayxzodaning o‘zbek adabiyotiga qo‘shgan yana bir ulkan
hissasi “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasidir. Tragediya 1964 yili yoziladi, o‘sha yili bu
asar Hamza teatri sahnasida qo‘yiladi, keyinchalik uning asosida kinofilm yaratiladi. Shayxzoda adabiyotshunos va tanqidchi sifatida ham samarali qalam tebratib, oʻzbek xalq ogʻzaki ijodining Fozil shoir singari namoyandalari, „Alpomish“, „Shirin bilan Shakar“ kabi asarlari, oʻzbek mumtoz va zamonaviy adabiyotining Bobur, Muqimiy, Furqat, Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, jahon adabiyotining Nizomiy Ganjaviy, Sh.Rustaveli, A.S.Pushkin, N.A.Nekrasov, A.N.Ostrovskiy, T.G.Shevchenko, A.P.Chexov singari namoyandalariga bagʻishlangan asarlar yozadi.
Pedagog olim va shoir sifatida esa talaygina shoir, adabiyotshunos va tanqidchilar avlodining yetishib chiqishiga munosib hissa qoʻshadi.
Maqsud Shayxzoda yuksak ilm egasi edi. Ayniqsa, u o‘zbek mumtoz adabiyotini
chuqur bilar edi. 1941 yilda Toshkentda nashr etilgan “Genial shoir” to‘plami
adabiyotshunos olim Shayxzodaning Navoiy ijodiga oid ilmiy maqolalaridan tashkil
topgandir. Navoiy she’riyatining bu chuqur ilmiy tadqiqi navoiyshunoslikda hamisha alohida o‘rin egallab qoladi.
Maqsud Shayxzodaning butun ijodi chuqur siyosiy publitsistik ruh bilan to‘la.
Uning she’riy, dramatik asarlari qaysi mavzuga bag‘ishlangan bo‘lmasin, zamona bilan hamohangdir. Shuning uchun ham ijodkorning shu tipdagi bevosita publitsistika janrida xizmat qilishi tasodifiy hol emas. Uning zo‘r badiiy janrga ega bo‘lgan publitsistik maqolalari va nutqlari ushbu iste’dodli adib ijodining mazmundorligi va rang-barangligidan yorqin nishonadir.3 Iste’dodli shoir mohir tarjimon ham edi. U jahon adabiyoti mumtoz shoirlarining asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilishda katta xizmat qiladi. Jumladan, Shekspirning “Hamlet” hamda “Romeo va Juletta” asarlari o‘zbek drama teatrlari sahnasida Shayxzoda tarjimasida sahnalashtiriladi.
Shoir mahoratining o‘sishiga, uning jahon adabiyotining klassik asarlarini
g‘oyat sevib o‘rgangani, ularning boy badiiy tajribasini ustalik bilan o‘zlashtirgani
ham sabab bo‘ldi. U G‘arbiy Yevropa va rus adabiyotini mukammal bilgani holda
o‘zining Vatan adabiyotini - Sharq she’riyati merosini ham to‘la o‘rgangan edi.
Maqsud Shayxzodani 50-yillar boshida mutlaqo asossiz ravishda qamoqqa
oladilar va 25 yilga surgun qiladilar. Stalin vafot etgach, tuhmat bilan nohaq qamalganlarning ishi qayta ko‘rildi. Shu tariqa 1955 yili ko‘pgina fidoyi ziyolilarimiz qatori Shayxzoda ham oqlanib chiqdi. Lekin 5 yillik qamoqxona azoblari natijasida shoirning sog‘ligi juda yomonlashib qolgan edi. Shunga qaramay, umrining oxirigacha 10 yil davomida baland uyning eng yuqori qavatida yashashga majbur bo‘ldi. Ana shunday og‘ir sharoit va xastalikda ham hayotidan sira nolimay umrining oxirigacha ijod qilishdan to‘xtamadi.
Boshidan qanchadan-qancha musibatli kunlar o‘tgan bo‘lmasin, u hech
zorlanmagan. Uning iymon-e’tiqodi, dunyoqarashi, yuqoridagi misralarda teran
bayon qilingan. U hech qachon alamzadalik bilan yashamadi. Aksincha, unga xiyonat qilgan, uni azob uqubatlarga, jiddiy xastaliklarga duchor qilganlar haqida hech qayerda, hech narsa demagan. Shayxzoda o‘zining insoniy fazilatlariga sodiq qolib, doimo xayrixohlik va balandlik xislatlari bilan yuksalib yashadi. Chunki uning chinakam, sodiq do‘stlari ham oz emas edi. Bular Oybek, G‘afur G‘ulom, Hamid Olimjon, Komil Yashin, Mirtemir, Shukur Burxon kabilar edi.
Shayxzoda adabiy bilim doirasining kengayishi, ijodining mumtoz jahon
yozuvchilari badiiy tajribasi bilan boyishida tarjima muxim rol oʻynadi. U
Sh.Rustavelining „Yoʻlbars terisini yopingan paxlavon“ (hamkorlikda) eposi,
U.Shekspirning sonetlari, A.S.Pushkinning sheʼrlari, „Mis chavandoz“ dostoni,
„Motsart va Salyeri“ tragediyasi, M.Yu.Lermontovning sheʼrlari va „Kavkaz asiri“
dostonini, shuningdek, Nizomiy, Fuzuliy, Mirza Fatali Oxundov, Ezop, Esxil, Gyote, Bayron, Mayakovskiy, Nozim Hikmat va boshqa yozuvchilarning ayrim asarlarini oʻzbek tiliga katta mahorat bilan tarjima qildi.
Maqsud Shayxzoda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy
universiteti)da, Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi Toshkent Davlat
pedagogika universiteti)da uzoq yillar davomida o‘zbek adabiyoti tarixidan o‘qigan ma’ruzalari, maxsus kurslari o‘zbek adabiyoti tarixi bo‘yicha eng qimmatli darslar edi. Yozuvchi, adabiy dramaturg, tarjima ustasi, buyuk pedagog, tilshunos va adabiyotshunos Maqsud Shayxzoda nomidagi oʻquv zali va ekspozitsiya gʻoyat nozik did va mohiyatan uygʻunlikda tashkil etilganini Shukur Burxonovdek ulkan sanʼat dargʻasiyu, Jaloliddin Manguberdidek buyuk tarixiy shaxslar siymolari ham aytib turibdi.
Maqsud Shayxzodaning xalqimiz tarixiga, jumladan, Jaloliddin Manguberdi
taqdiri va kurashiga odilona yondoshganligi, haqiqatni himoya qilganligi
Prezidentimiz Islom Karimov imzosi bilan e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 24 sentyabrdagi “Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ham yana bir bor tasdiqlaydi. Shoir 1967-yilning 19-fevralida xastalikdan vafot etadi. Uning vafotidan so‘ng olti jildlik «Asarlar»i nashr etiladi. Mustaqillik yillarida marhum Maqsud Shayxzoda ijodi va qilgan xizmatlari haqiqiy qadr topdi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Maqsud Shayxzoda Ozbarbayjon va O`zbek xalq adabiyotining eng zabardast shoir va adiblaridan hisoblanadi. Mana necha yildirki ijodiy asarlari so`ngan emas va qalbimizning tub tubidan joy olgan. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov tashabbusi bilan Maqsud Shayxzoda nomiga medal, order, va stipendiyalar joriy etilgan . Uning asarlari va hayotiga qiziquvchi
yoshlarimiz juda ko`p va bundan keyin ham kamaymaydi . Maqsud Shayxzodaning
ijodi shu qadar qiziqki u faqat bir yo`nalishda emas balki turli xil yo`nalishlarda juda qiziq faoliyat ko`rsatgan.