Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti


Oilada inson kapitalini shakllantirish omillari



Yüklə 26,92 Kb.
səhifə2/2
tarix29.01.2023
ölçüsü26,92 Kb.
#81549
1   2
Xalimova Muxlisa ozb

Oilada inson kapitalini shakllantirish omillari
Inson kapitalining rivojlanish manbalari va omillarini oʻrganish natijalariga koʻra, inson kapitali uchun oila darajasidagi investitsiyaga eʼtiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. ­Chunki inson kapitalining barcha tarkibiy qismlari oila oʻz farzandiga kiritadigan investitsiya orqali shakllantiriladi va koʻpaytiriladi. Insonning intellektual va psixofiziologik qobiliyatlarini oilada rivojlantirish uning kelgusida kamolga yetishi va inson kapitali muntazam takomillashib borishining poydevoridir.
Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni oʻziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaning bolaga taʼsiri spetsifik boʻlgani uchun uning maʼnaviy-axloqiy qiyofasi shakllanishi ham oʻziga xos va takrorlanmasdir. Ijtimoiy kapital va resurslar manbalari vujudga kelishida oilaning oʻrni beqiyos. Oʻz navbatida, sogʻlom oila va farzandlar davlat uchun investitsiya hisoblanadi. Oila farovonligi moddiy farovonlik qatorida oila aʼzolari va farzandlar salomatligi, ijtimoiy turmush tarzi sogʻlomligi, tinchligi bilan belgilanadi.
Mikro darajaning asosiy omili ham oila boʻlib, birlamchi oʻzaro ijtimoiy munosabatlarning asosiy elementidir. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha, oilada inson kapitali “sotsializator” sifatida taʼlim va tarbiya muassasalarining ongga taʼsirida ustunlik qiladi. Agar oila va maktab turli qadriyatlar hamda stereotiplar tizimini tarqatgan boʻlsa, bu raqobatda oila yutib chiqadi. Chunki oiladagi tarbiya uzluksizdir va u nafaqat ongli, balki ongsiz darajada ham amalga oshiriladi.
Inson kapitalini yakka shaxs miqyosida olib qaraganda, asosiy investor mazkur kapital egasining oʻzidir. Inson kapitaliga investitsiya kiritish ishonch darajasini ham oshiradi. Oʻqimishli insonlar boshqalarga koʻproq ishonadi, ishonch darajasi baland boʻlgan jamiyat odatda nisbatan yuqori iqtisodiy oʻsishga erishadi. Mamlakatimizda inson kapitalini rivojlantirish sohasini optimallashtirish natijasida yangi ijtimoiy muhit, yangi maʼnaviy va axloqiy qadriyatlarga asoslangan inson kapitali paydo boʻldi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, bu yilgi Davlat dasturidagi adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan maqsadlar maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, maktablarni jahon standarti darajasida rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. Sh.Mirziyoyev “Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi”-Toshkent “O’zbekiston” nashriyoti, 2022 yil-416 bet.
2. “Ta'lim tizimi va yangicha yondashuvlar”N.Maxmudov
3. 2022 — 2026-YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI O‘ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI
Yüklə 26,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin