Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti



Yüklə 26,92 Kb.
səhifə1/2
tarix29.01.2023
ölçüsü26,92 Kb.
#81549
  1   2
Xalimova Muxlisa ozb


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI
70110201 - Ta'lim tarbiya nazariyasi va metodikasi
(maktabgacha ta'lim) magistratura mutaxassiligi 101 guruh
Magistranti Xalimova Muxlisa Baxtiyor qizining
"Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida ta'lim
tizimidagi islohotlar" fanidan tayyorlagan taqdimot bayoni
Mavzu: Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish
Toshkent-2022 y.
Reja:

  1. Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo'nalishida strategiyada belgilangan vazifalar.

  2. «Xalq bilan muloqot» mezoni.

  3. Talim tizimidagi o’zgarishlar.

2022 yil 28 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Mazkur farmonga binoan, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi va uni «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi tasdiqlandi.


bugungi kunda mazkur konseptual hujjatda belgilangan ustuvor maqsadlarning mazmun-mohiyati, hujjatda belgilangan vazifalar davlat va jamiyat boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va keng jamoatchilik tomonidan qizg‘in o‘rganilmoqda.
«Xalq bilan muloqot» mezoni asosida 2021 yil 31 dekabr – 2022 yil 15 yanvar kunlari o‘tkazilgan jamoatchilik muhokamasi natijasida mazkur hujjat yuzasidan jami 17 ming 500 dan ortiq taklif va tavsiya bildirildi. Bildirilgan takliflar salmog‘i, mazmuni konseptual ahamiyatga ega ekanini alohida ta’kidlash lozim. Bu mamlakatimiz aholisining faolligi, o‘z kelajagiga befarq emasligi, amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligi, siyosiy-huquqiy bilimi va madaniyati yuksalganidan dalolat. E’tiborli jihati shundaki, takliflarning 7 ming 395 tasi bevosita adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishi bilan bog‘liq. Tabiiyki, taklif va tavsiyalar soha mutaxassislari tomonidan chuqur o‘rganilib, loyihaga 100 ta konseptual hamda 200 dan ortiq aniq xarakterga ega o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritildi.
Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi jami 100 ta maqsadni qamrab olgan bo‘lib, shundan 34 tasi adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish bilan bog‘liq.
Yuqorida qayd etilganidek, Farmon bilan tasdiqlangan 398 banddan iborat Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun 55 trillion so‘m va 11,7 milliard dollar sarflanishi nazarda tutilgan.
Dasturning to‘rtinchi, 59 banddan iborat adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida ta’lim sifatini oshirish masalasiga alohida urg‘u berilgan. Zero, har qanday jamiyat kelajagini, avvalo, ta’lim sifati belgilab beradi. Shu o‘rinda aytish kerak, 2017-2021 yillardagi Harakatlar strategiyasi dasturi doirasida maktabgacha qamrov darajasi sezilarli ravishda ortdi. Xususan, 2016 yil ayni ko‘rsatkich 27 foizni tashkil qilgan. Taraqqiyot strategiyasining 38-maqsadida maktabgacha ta’lim qamrov darajasini hozirgi 67 foizdan qariyb 80 foizga yetkazish belgilangan.
Ushbu maqsadga erishish yo‘lida Dasturning 201-bandida maktabgacha ta’lim tizimiga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etish vazifasi belgilab qo‘yilgan. 2022 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida 1300 ta nodavlat hamda oilaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, 40-maqsadda maktabgacha ta’lim tizimida byudjet mablag‘lari maqsadli va samarali sarflanishini ta’minlash lozimligi ko‘rsatilgan. Dasturning 203-bandida esa maktabgacha ta’lim tizimida moliyaviy jarayonlar shaffof tarzda amalga oshirilishi uchun zarur sharoit yaratish zarurligi qayd etilgan. Shundan kelib chiqib, joriy yil maktabgacha ta’lim tashkilotlarida zamonaviy raqamli texnologiyalar va idoralararo elektron hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarorini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
Strategiyaning 41-maqsadida maktablarni rivojlantirish milliy dasturini joriy etish orqali xalq ta’limi tizimida qo‘shimcha 1,2 million o‘quvchi o‘rni yaratish nazarda tutilgan. Ushbu maqsadga erishish uchun 2022 yilda yangi maktablar qurish, xususiy maktablarni ko‘paytirish, ta’lim sifatini oshirishni nazarda tutuvchi davlat dasturi ishlab chiqilishi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, hujjatning 204-bandiga asosan, maktablarni rekonstruksiya qilish va yangidan barpo etish orqali 2022 yilda 141 ming o‘quvchi o‘rnini yaratish nazarda tutilgan.
Harakatlar strategiyasining uzviy davomi o‘laroq, Taraqqiyot strategiyada ham nodavlat ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini rivojlantirish maqsad qilingan. Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar uchun shart-sharoit va imkoniyatni kengaytirish orqali shunday ob’ektlar ulushini 2022 yil 3 foizga yetkazish rejalashtirilgan.
Taraqqiyot strategiyasida Davlat rahbari ma’ruzasida ilgari surilgan tashabbuslar ham o‘rin olganini alohida qayd etish lozim. Jumladan, Prezidentimiz 2021 yil 6 noyabrda lavozimga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida 2025 yilga borib oliy toifali o‘qituvchilar oylik maoshini ekvivalent hisobida 1 000 AQSH dollariga yetkazish choralari ko‘rilishini ta’kidlagan edi. Aynan ushbu tashabbus Taraqqiyot strategiyasining 43-maqsadida o‘z ifodasini topdi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari saylov oldi tashviqoti doirasida 2021 yil 21 sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylovchilari bilan, ertasi kuni esa xorazmlik saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvida 1–4-cinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tashabbusini ilgari surgan edi. Mazkur tashabbus Taraqqiyot strategiyasining 45-maqsadida aks etdi. Xususan, Davlat dasturining 211-bandida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf (1–4-sinf) o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat ishlab chiqilishi belgilangan.
Xulosa qilib aytganda, bu yilgi Davlat dasturidagi adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo‘nalishida belgilangan maqsadlar maktabgacha ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqish, maktablarni jahon standarti darajasida rivojlantirishga xizmat qiladi.
Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish yo'nalishida strategiyada belgilangan vazifalar:
- maktab ta'limi sifatini oshirish, kelgusi besh yilda maktablarda qo'shimcha 1,2 million o'quvchi o'rni yaratish hamda darsliklarni yangilash;
- barcha hududlarda maktabgacha ta'limning qamrov darajasini 67 foizdan 80 foizga yetkazish;
- kamida 10 ta oliygohning nufuzli xalqaro reytinglarga kirishini ta'minlash;
- xususiy sheriklik asosida 100 ming o'rinli talabalar turar joylarini barpo etish;
- byudjetdan dori vositalari va tibbiy buyumlarga ajratiladigan mablag'larni 3 baravarga oshirish;
- birlamchi tibbiyot xizmatlari sifatini oshirish, moddiy- texnik bazasini mustahkamlash, raqamli tibbiyotni keng
jorly qilish.
Keng jamoatchilik muhokamasi natijasida «Harakatlar strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan quyidagi yettita ustuvor yoʻnalishdan iborat 2022 — 2026 yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi oʻrinlarda — Taraqqiyot strategiyasi) va uni «Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi oʻrinlarda — Davlat dasturi) 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin: 
inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish; 
mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish; 
milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori oʻsish surʼatlarini taʼminlash; 
adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish
mahallalarning «oʻsish nuqtalari» va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvdan kelib chiqib, ularda istiqomat qilib, faoliyat yurituvchi aholini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligi oshirilsin; 
mahalla hududida davlat-xususiy sheriklik asosida sport va madaniy inshootlar, ijodiy klublar, bandlikka koʻmaklashish va oʻqitish markazlari, tadbirkorlik obʼektlari kabi infratuzilmani yaratish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirilsin; 
mahallani joylardagi vakillik organlari bilan doimiy aloqalarining huquqiy asoslarini yaratish, shu jumladan mahalla raisi tomonidan mahalliy Kengash majlisida koʻrilishi majburiy boʻlgan masalalarni kiritishning samarali mexanizmlari yoʻlga qoʻyilsin; 
fuqarolar tomonidan mahalla raisiga nisbatan ishonchsizlik bildirish instituti joriy etilsin. 
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi (R. Mamatov) Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi (M. Ubaydullayev) hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda keng jamoatchilik, shu jumladan mahalla tizimida koʻp yillik ish stajiga ega xodimlarni jalb qilgan holda mahalla faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi va yangilangan «Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi qonun loyihasini ishlab chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. 
O‘tgan davr mobaynida mamlakatimizda o‘sib borayotgan avlodni sog‘lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta’lim-tarbiya jarayoniga samarali ta’lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta’limning samarali tizimini tashkil etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. 
Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari sonini yanada oshirish va ular ko‘rsatadigan xizmatlar turlarini kengaytirish uchun mustahkam poydevor bo‘ldi. 
Shu bilan birga, olib borilgan tahlil, bolalarning maktabgacha ta’lim bilan qamrovini ta’minlash, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv-metodik materiallar va badiiy adabiyotlar bilan to‘ldirish, sohaga malakali pedagog va boshqaruv kadrlarini jalb qilish masalalarini hal etish zarurligini ko‘rsatmoqda. 
Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, bolalarning sifatli maktabgacha ta’limdan teng foydalanishini ta’minlash, maktabgacha ta’lim xizmatlarining nodavlat sektorini rivojlantirish maqsadida.
“Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini taʼminlashni nazarda tutamiz. Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat koʻrsatish, sifatli taʼlim, ijtimoiy himoya tizimi, sogʻlom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz”, deya taʼkidladi Prezidentimiz joriy yil 26-yanvar kuni boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida.
Yigʻilish yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi va uni
2022-yil – “Inson qadrini ulugʻlash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini tashkil etish masalalari muhokamasiga bagʻishlangan edi. Qabul qilingan yangi taraqqiyot strategiyasida yettita ustuvor yoʻnalish boʻyicha “Inson qadri uchun – 100 ta maqsad” belgilangan. Ular orasida adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirishga oid vazifalar bor.
Jamiyat qanday boʻlsa, ijtimoiy munosabatlar majmui hisoblangan inson kapitali ham unga mos boʻladi. Inson kapitali rivoji shaxsning ongi, odob-axloqi, maʼnaviyati, dunyoqarashi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy munosabatlarga, ijtimoiy tuzum mohiyati va tabiatiga bevosita bogʻliq. Inson aql-idrok sohibi boʻlgani bois, real dunyodagi voqealarni tushunadi, ilmu tafakkuri, mehnati, salohiyati bilan dunyoni boshqaradi. Inson kapitalining yuksalishiga uni oʻrab turgan ijtimoiy muhitda roʻy berayotgan jamiki voqealar taʼsir koʻrsatadi.
Innovatsion inson kapitali yaratish uchun mamlakatning har bir oilasi va unda tugʻilgan farzandlarni kichik yoshidan boshlab bilim olishga yoʻnaltirish, qalbida ilmga havas, mehnatga muhabbat uygʻotish, ularni eng yangi texnologiyalar, jahon standartlari darajasidagi darslik va qoʻllanmalar bilan oʻqitish, oʻrgatish lozim.
Qashshoqlik shunchaki pul yoʻqligini anglatmaydi
Bilimlar jamiyatdagi bor imkoniyatlardan foydalanishni, koʻnikma-malakalar esa ijtimoiy taraqqiyot va iqtisodiy oʻsishni taʼminlaydi. Bu hodisa doimiy ravishda taʼlimni moliyalashtirib borishni taqozo etadi.
Inson kapitali darajasini bir nechta usulga asoslanib baholash mumkin. Anʼanaga koʻra, iqtisodchilar buni koʻproq taʼlim olgan odamlarning daromadi bilan hisoblashadi. Tadqiqotlar har bir qoʻshimcha taʼlim yili inson daromadini oʻrtacha 10 foiz oshirishini isbotladi. Taʼlimga kiritiladigan sarmoyalar ham jamiyatda ijtimoiy tengsizlikni kamaytiradi. Aksariyat mamlakatlarda nisbatan oʻziga toʻq oilalarda tugʻilgan farzandlar bolalikdanoq keng imkoniyatlardan foydalanishni boshlaydi va u butun umri davomida qator afzalliklarni, qulayliklarni qoʻlga kiritadi. Aksincha, nochor oilalar farzandi shunday imkoniyatlardan bebahra qoladi.
Inson kapitali uchun maxsus element sifatida taʼlim belgilanadi va uning asosiy qismlari toʻrt komponent birlashmasidan – madaniy va etnik xususiyatlar, umumiy taʼlim, kasb-hunar taʼlimi, asosiy malakadan tashkil topadi. Taʼlimga yoʻnaltirilgan investitsiya nafaqat mamlakatni rivojlantirishning maxsus strategiyasi, balki inson kapitali va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy siyosatdir. Buning natijasida inson kapitali takomillashib, moddiy farovonlik va sogʻlom turmush tarziga erishiladi. Inson kapitali har bir insonning individual kapital shaklidir. Qobiliyat, bilim, koʻnikma va tajriba har bir yoshning shaxsiy mulkidir.
Yoshlarni yuqori malakali kasb sohiblari etib tarbiyalash bugun yangi Oʻzbekistonning ustuvor davlat siyosatiga aylandi. Xususan, oliy taʼlim bilan qamrov darajasi 25 foizdan oshdi. Oliy taʼlim muassasalari soni qisqa muddatda 78 tadan 157 taga yetkazildi. Sirtqi va masofaviy taʼlim shakllari, ilmiy darajalarga ega professor-oʻqituvchilar maoshiga 60 foizgacha ustama haq toʻlash tizimi joriy etildi.
Har qanday inson kapitalining mukammalligi uning eng muhim tarkibiy qismi boʻlgan taʼlim sifatiga bevosita bogʻliq. Zamonaviy oliy taʼlimga alohida urgʻu berilar ekan, endi diplomli mutaxassis emas, balki raqobatbardosh, malakali va irodasi mustahkam, yangi davr ruhiga mos fazilatlarga ega kadrlarga har joyda talab yuqori.

Yüklə 26,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin