Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини
Bolalar skeletining jadal rivojlanishi ularning mushaklari, paylari va bog’lovchi bo’g’in apparatining shakllanishi bilan mustahkam bog’langan.
Mushaklar og’irligi bolalarda 8 yoshda gavda og’irligining 27% ini, 12 yoshda –29,4% ini, 15 yoshda – 32% ini, 18 yoshlarga kelib esa 44,2% gachasini tashkil etadi. Mushaklar og’irligining ortishi bilan birga ularning funktsional xossalari ham takomillashib boradi.
7 yoshdan 10 yoshgacha bo’lgan davrda mushaklarning funktsional xossalari jiddiy o’zgaradi. 14-15 yoshli bolaning mushaklari o’zining funktsional hossalariga ko’ra katta yoshli kishining mushaklaridan unchalik farq qilmaydi. 11 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan davrda futbolchilarning mushak kuchi bir tekisda rivojlanib bormaydi. 13 yoshdan 15 yoshgacha mushak kuchi eng ko’p o’sadi. Asosiy kuch ko’rsatkichlari 73,2 dan 103,2 kg gacha, ya’ni 30 kg ga ortadi. 15-17 yoshda absolyut mushak kuchi kam o’zgaradi, faqat 16-20 yoshlarda u katta kishiga xos bo’lgan darajaga yetadi. 17-19 yoshli futbolchilarda asosiy kuch miqdori tegishlicha 126; 136,3; 159,1 kg ga yetadi. Asosiy kuch ko’rsatkich-larining o’rtacha yillik o’sishi futbolchilarda 12,3 kg ni tashkil etadi. 12 yoshdan 18 yoshgacha mushak kuchining o’sishini ko’rsatuvchi maksimal miqdor tovon mushaklari bilan ifodalaniladi (2,5 marta).
Yosh futbolchilarda tezlikni rivojlantirish dinamikasi o’ziga xos xususiyatlarga ega. 7 yoshdan 12 yoshgacha bo’lgan davrda harakatlar sur’ati tez o’sib boradi. Harakatlarning tezligi va ixtiyoriy chastotasi, shuningdek, ularning maksimal sur’atini saqlab turish qobiliyati 14-15 yoshlarga kelib, oxirgi natijaga yaqin bo’lgan qiymatga erishadi. Futbolchilarning 60 m ga yugurishdagi natijalari 12-15 yosh orasida o’sib boradi, 15 yoshdan keyin esa ular bir oz barqarorlashadi, bu hol keyinchalik «tezlik bar’eri»ning hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin. Agar 60 m ga yugurishdagi natijalar 11 yoshdan 18 yoshgacha 1,4 soniyaga yaxshilansa, 12 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan davrda u maksimal miqdorni 1,16 soniyani tashkil etadi. Keyingi yillarda natija-lar juda kam (0,24 soniya) yaxshilanib boradi.
Bola va o’smirlar organizmi tezlik yuklamalariga yaxshi moslashadi. SHuning uchun 8 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan davr tezlikni va kuch sifatlarini rivojlantirish ham yosh ortgan sari qat’iy oshib boradi. Ular 13 yoshdan 16 yoshgacha eng yuqori darajada rivojlanadi. Bu davrlarda turgan joydan balandlikka sakrash natijalarining yillik o’sish ko’rsatkichlari tegishlicha 3,7 va 6,2 sm ga tengdir. 11 yoshdan 19 yoshgacha bo’lgan davrda sakrash balandligi 24 sm ga ortadi.
Bolalarda chaqqonlikning yoshga qarab rivojlanishi 10 yoshgacha ancha jadal bo’ladi. Keyingi yillarda chaqqonlik harakat apparati funktsional imkoniyatlarining qat’iy ortishi hisobiga anchagina rivojlandi.
Kichik maktab yoshi (7-11 yosh) egiluvchanlikni rivojlantirish uchun eng qulay yoshdir. Xuddi shu yoshlarda bo’g’imlardagi harakatchanlik bilan mushaklarning baquvvat bo’lishi o’rtasida optimal nisbat kuzatiladi.
Maksimal tezlikning 75% iga to’g’ri keladigan tezlik bilan yugurish uzunligi bo’yicha aniqlanadigan chidamlilikning eng ko’p o’sishi 13-14 yoshlarda kuzatiladi, 15-16 yoshda chidamlilik kamayadi. Bu maksimal tezlikning o’sishi va buning natijasida ish quvvatining ortishi bilan tushuntiriladi. 17 yoshda o’smirlarda chidamlilik yana ortadi.
SHuni qayd qilish kerakki, jismoniy mashqlar, jumladan, futbol bilan shug’ullanish ta’sirida yosh sportchilarda jismoniy sifatlarning rivojlanishidagi biologik qonuniyatlar o’zgarmaydi. Faol pedagogik ta’sir ularning ancha yuqori darajada rivojlanishiga yordam beradi. U yoki bu xislatlarning ko’proq rivojlanishi ro’y berayotgan yoshda yuklamani kamaytirmaslik muhim ahamiyatga ega.
Harakat faoliyati faqat tayanch - harakat apparatining rivojlanishi bilan emas, balki shu apparatga xizmat qiluvchi ichki a’zolar va tizim-larning funktsional imkoniyatlari bilan ham belgilanadi.
Bolalar organizmining jinsiy yetilish davridagi o’sishi va rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar jismoniy yuklamalarni me’yorlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davr jinsiy yetilish davrining boshlanish muddatlaridagi individual o’zgarishlar bilangina emas, balki bir xil yosh guruhlaridagi o’smirlarda uning o’tib borish jadalligi har xil bo’lishi bilan ham xarakterlanadi. Bir yilda tug’ilgan o’smirlarning jinsiy yetilishidagi individual sur’atlar harakat funktsiya-sining umumiy somatik rivojlanish darajasiga, shuningdek, yurak-tomir tizimining bir qolipdagi mushak ishiga muvofiqlashish xarakteriga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. 14 yoshli futbolchilar orasida katta yoshli kishi holatiga erishgan o’smirlarni ham, shuningdek, yetilish belgilarining shakllanishida bolalik belgilari bo’lganlarini ham uchratish umkin. SHuning uchun yuklama miqdorini yoki normativ talablarni aniqlashda sportchining biologik yoshini hisobga olish zarurki, ikkilamchi jinsiy belgilarni rivojlanganlik darajasi uning asosiy mezonlaridan biridir.
Taxminan 12,5 yoshda bolalarning tovushi o’zgaradi, 13 yoshda qovda tuklar paydo bo’ladi. Tegishlicha 13,5-14 yoshlarda emchak uchlari va hiqildoq kemirchaklarining pubertat o’zgarishlari ro’y beradi. Eng oxirida – o’rtacha 14 yoshu 1,5 oylarda qo’ltiq ostida tuklar paydo bo’ladi.
Bolalar organizmi vegetativ tizimlarining mushak ishiga ko’rsatadigan reaktsiyalari xarakteriga qarab ularning funktsional imkoniyatlari haqida fikr yuritish mumkin. Bolalarda mashq bilan malaka hosil qilish davri katta yoshli kishilarga qaraganda o’rtacha - qisqa, shuning uchun mashg’ulot mashg’ulotidagi chigil yozish vaqt jihatidan uzoq bo’lmasligi kerak. Bu markaziy nerv tizimining funktsional imkoniyatlari hamda mushak, yurak-tomir, nafas olish va organizmning boshqa tizimlarining funktsional imkoniyatlari bilan bog’liqdir. 9-12 yoshli bolalarning bajarayotgan ishga tez moslashish qobiliyatini qayd etib, yosh sportchilarning vegetetiv faoliyatidagi ba’zi xususiyatlarni ko’rsatib o’tish zarur. Masalan, jismo-niy yuklama vaqtida bolaning yuragi katta yoshli kishining yuragidan ko’proq energiya sarflaydi, chunki 13-14 yoshli o’smirlarda qonning bir minutdagi hajmi, asosan, yurak faoliyatining tezlashuvi hisobiga ko’payadi, 16-18 yoshgacha bo’lgan davrda bolalarda yurakning qisqarish sur’ati 30% ga, tinch holatdagi energiya sarfi esa 40-45% kamayadi. Jismoniy yuklama katta bo’lganda, bu ko’rsatkichlar kattaroq bolalarda kichik bolalarga qaraganda ancha ko’p o’sib boradi.
Bir xil harakatlar bajarganda bolalarning tez zerikishlarini hisobga olib, mashg’ulotlar xarakterini o’z vaqtida o’zgartirish maqsadga muvofiq-dir. Yuqori darajadagi ishchanlik qobiliyatini saqlab qolish uchun futbol mashg’ulotlarida tanaffuslar tez-tez bo’lishi, lekin uzoq davom etmasligi kerak. Uzoq vaqt beharakat turish bolalarning mashg’ulotlarga bo’lgan qiziqishlarini kamaytiradi va mashg’ulot natijalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mashg’ulotlar vaqtidagi qisqa tanaffuslarning fiziologik jihatdan to’g’riligi amalda isbot qilingan, chunki bolalarning charchog’i tezda yo’qoladi, nega deganda bolalardagi ishdan keyingi tiklanish davri kattalarnikiga qaraganda qisqa bo’ladi. Eng qisqa tiklanish davri 11-12 yoshli bolalarda kuzatiladi.
Nafas olish organlari yurak-tomir tizimi bilan mustahkam aloqada ishlaydi. Nafas olish apparatining o’lchamlari va funktsional imkoniyat-lari yosh ortishi bilan kengayib boradi. Ko’krak qafasi nafas olish harakatlari natijasida tobora kattalashadi. O’g’il bolalarda 7 yoshdan 12 yoshgacha ko’krak qafasi aylanasi 59,9 sm dan 67,8 sm gacha ortadi, o’pkaning tiriklik sig’imi 1400 ml dan 2200 ml gacha ko’payadi.
Bolalarning nafas olish mushaklari rivojlanishi chuqur nafas olishni ta’minlaydi, mushaklarning jadal ishlashi o’pka ventilyatsiyasining ancha ortishiga imkon yaratadi. O’g’il bolalarda nafas olish mushaklarining kuchi yosh o’sishi bilan o’zgaradi, biroq u 8 yoshdan 11 yoshgacha juda tez ortadi. Bolalarda mushak ishlagan vaqtda 1 kg og’irlikka nisbatan kislorod iste’mol qilish katta kishilarga qaraganda ko’proq. SHu munosabat bilan ochiq havoda futbol bilan shug’ullanish nafas olish organlarining ishini va, umuman, butun organizm ishini yaxshilashda katta ahamiyatga ega.