Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti


Tayyorgarlik davri haftalik bosqichini taqsimlashning namunaviy jadvali



Yüklə 189,02 Kb.
səhifə9/22
tarix02.01.2022
ölçüsü189,02 Kb.
#40855
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22
Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини

Tayyorgarlik davri haftalik bosqichini taqsimlashning namunaviy jadvali

1-jadval




Davo-miylik

O’tkazish joyi


Vazifalar

1-3 hafta

Jamoa rahbari aniqlaydi.

CHuqur tibbiy ko’rikdan o’tkazish;

Funktsional va fiziologik tayyorgarlikni test-lash;

Harakat sifatlari, texnik-taktik mahoratni tiklash va takomillashtirish bo’yicha o’quv mashg’ulotlari o’tkazish;

O’yinchilarning axloqiy-irodaviy holatini yaxshilash;

Sport formasini shakllantirish;


4-6 hafta

Jamoa rahbari aniqlaydi.

O’yin texnika va taktikasi, maxsus jismoniy sifatlar mashg’uloti;

O’yinchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ruhiy tayyorgarlik va axloqiy holatni oshirish;

Mashg’ulotning katta va maksimal shiddatiga ko’nikish;


7-8 hafta

Jamoa rahbari aniqlaydi.

Ekstremal sharoitda o’yin texnika va taktikasini takomillashtirish;

Hujum va himoya harakatlari turlarini o’yin sharoitiga moslashtirib mashg’ulot o’tkazish;

o’yinning standart tizimlarini maromiga yetkazish.


9-10 hafta

Jamoa rahbari aniqlaydi.

Maxsus o’yin mashg’ulotlarida va o’rtoqlik uchrashuvlarida jamoaviy o’yinni takomillash-tirish;

Barcha o’yinchilarni yuqori sport formasiga, birinchi o’yinga yuqori tayyorgarlik darajasiga keltirish.





Tayyorgarlik davrining umum tayyorlov bosqichi
Futbolchilar tayyorlashni umumiy tayyorgarlik bosqichida asosiy e’tibor futbolchilarning har tomonlama umumiy jismoniy tayyorgarlik ko’rishlariga qaratilgan bo’ladi.

O’quv mashg’ulotining jismoniy tayyorgarlik jarayonini rejalashti-rishda unga umumiy vaqtning 40-45% i ajratiladi. Mashg’ulotlarda kuchni, chidamlilikni, chaqqonlikni rivojlantirishga katta e’tibor qaratiladi. Buning uchun yengil atletika, akrobatika, suzish, sport o’yinlari vosita-laridan foydalaniladi. Mashg’ulotlarni ham sport zallarida, ham ochiq havoda o’tkazish rejalashtiriladi.

Texnik tayyorgarlik umumtayyorlov bosqichida ikkinchi o’rinda turadi. Unga umumiy vaqtning 35-40% i ajratiladi.

Futbolchilar tayyorlashni bu bosqichda taktik tayyorgarlikka umumiy vaqtning 20-25% i ajratiladi. Ularning asosiy yo’nalishi umumiy o’yin ko’nikmalarini tiklash, individual va guruhli taktik harakatlar ko’nik-malarini egallash va takomillashtirish.

Futbolchilarni ruhiy tayyorlashda tayyorgarlikning barcha bosqichlarida katta ahamiyat beriladi. Haftalik tsiklda mashg’ulotlarning taxminiy taqsimlanishi 2-jadvalda keltirilgan.


Yüklə 189,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin