Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti



Yüklə 189,02 Kb.
səhifə8/22
tarix02.01.2022
ölçüsü189,02 Kb.
#40855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22
Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини

O’yin jarayonida fikrlashni tarbiyalash uchun harakatli o’yinlardan keng foydalanish tavsiya etiladi.

8-11 yoshli bolalar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlarida jismoniy tayyorgarlikka 50 % vaqtni ajratish zarur.

12-15 yoshli o’smirlar va 16-17 yoshli o’spirinlarda boshlang’ich o’rgatish shug’ullanuvchilarning individual tayyorgarligiga e’tibor bergan holda olib boriladi.

Yoshlar va o’smirlarga texnik-taktik usullarni o’rgatish va bu bilimlar-ni mustahkamlash, 8-9 va 10-11 yoshli futbolchilarni o’rgatishga nisbatan qiyinroq mashqlar berish orqali o’tkaziladi. SHuni unutmaslik kerakki, yosh futbolchi BO’SMga o’z qobiliyatini takomillashtirish uchun kelgan.

10-12 yoshli o’quv-mashg’ulot guruhlarida harakat tezligini chaqqonlikni rivojlantirish bilan bog’liq holda tarbiyalashga e’tiborni qaratish lozim.

Bolalarning kuch imkoniyatlari uncha katta bo’lmaganligi uchun kuchni tarbiyalash ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi zarur.

Umumiy chidamlilikni tarbiyalashning asosiy vositasi bu bir maromda uzoq yugurishdir. Uning davomiyligi sekin-asta 10 daqiqadan 30 daqiqagacha oshirib boriladi.

CHaqqonlik va egiluvchanlikni tarbiyalash mushkul harakat koordina-tsiyasini egallashning asosini tashkil qiladi. Bunda harakatli va sport o’yinlari, akrobatik mashqlar, sakrashlarni qo’llash tavsiya qilinadi. Yugurish mashqlari qo’shimcha topshiriqlar orqali bajariladi (to’satdan to’xtash, yo’nalishni o’zgartirish, burilishlar).

Texnika va taktikani o’rgatishda asosan yaxlit mashqlar qo’llanadi.

10-12 yoshda tezlik, asosan, tezkorlik-kuch sifatlarining rivojlanishi va mushak tizimining o’sishi tufayli oshadi. SHuning uchun tezlikni tarbiya-lash vositalari tarkibida tezkorlik-kuch mashqlari (sakrashlar, depsinish-lar, yugurishda tezlanishlarning o’zgarishi) muhim o’rinni egallaydi.

CHidamlilikni tarbiyalash uchun: bir maromda kross yugurish; sport va harakatli o’yinlar, yugurish va o’yin mashqlarini qismlarga bo’lib bajarish kabilar zarur.

Katta o’quv-mashg’ulot guruhlarida tezkorlikni tarbiyalashga katta ahamiyat beriladi, chunki uni rivojlantirish juda mushkul bo’ladi. Mashg’ulot jarayonida mashqlar quyidagi xususiyatlariga ko’ra tanlanadi:

o’yin mazmuni va tizimi yo’nalishi (texnika va taktikani takomil-lashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish);

organizmning alohida funktsiyalariga ta’sir qilish (aerob, anaerob va aralash);

mashqlarning davomiyligi va shiddati, takrorlanish soni, tanaffus-lar kattaligi miqdori va hokazo.



Yuqori malakali futbolchilarni tayyorlash.

Zamonaviy futbol sportchining shaxsiga, uni tayyorgarligiga yuqori talablar qo’yadi. Tayyorgarlikning takomillashgan shakli, uslubi va vosita-larini izlash lozim. Bu, o’z navbatida, murabbiydan yuqori bilim darajasi-ni, sport mashg’ulotiga ilmiy yondashishni talab etadi.

Futbolchilarni tayyorlash dasturi mashg’ulot jarayonining ko’rsat-kichlari miqdorini aks ettiruvchi muhim hujjat hisoblanadi. Futbol-chilarni tayyorlash dasturiga asoslanib rejalashtirish hujjatlari tuziladi.

Istiqbolli rejalashtirish

Istiqbolli rejalashtirish futbolchilar tayyorgarligining to’rt yillik tsikl (bosqich) i yo’nalishi va mazmunini belgilab beradi.

Istiqbolli rejalashtirish quyidagi vazifalarni hal qilishni nazarda tutishi lozim:

o’quv-mashg’ulot jarayonining samarasini oshirish;

jamoaga saralab olish tizimini takomillashtirish;

moddiy-texnik bazani takomillashtirish;

kompleks nazorat tizimini takomillashtirish;

ilmiy-uslubiy ta’minlanish samaradorligini oshirish.



Istiqbolli rejalashtirish qo’yidagi bo’limlarni qamrab oladi:

tayyorgarlikning maqsad va vazifalari;

tayyorgarlik bosqichlari;

yillar bo’yicha jamoani jamlash (komplektlash);

musobaqa va mashg’ulot yuklamalari dinamikasi;

murabbiylar tarkibi malakasini oshirish;

moddiy-texnik ta’minlash.

Bir yillik rejalashtirish

Bir yillik rejalashtirish istiqbol rejasiga mos ravishda tuziladi va uning bir qismi hisoblanadi. Uning asosi ichki va xalqaro musobaqalar taqvimi. U qo’yidagi bo’limlarga bo’linadi:

tayyorgarlikning maqsadi;

tayyorgarlikning vazifalari;

tayyorgarlikning davrlari;

mashg’ulot jarayonining mazmuni;

mashg’ulot va musobaqa yuklamalari dinamikasi;

yillik tsikl bo’yicha davrlari tayyorgarlik turlari va vositalariga vaqtni taqsimlash;

ilmiy-uslubiy ta’minlash;

mashg’ulot, musobaqalar va tiklanishni kompleks nazorat qilish;

tibbiy ta’minlash;

moddiy-texnik ta’minlash.

Tayyorgarlikning yillik tsiklida yuklamalar hajmi jamoaning qaysi tabaqada ishtirok etishi, musobaqa davrining uzunligi va undagi o’yinlar soniga bog’liq.

Mashg’ulotlarning yillik tsikli uch davrga bo’linadi: tayyorgarlik, musobaqa va o’tish davrlari.

Tayyorgarlik davrida mashg’ulot yuklamalari hajmi o’rtacha 180-240 soat bo’lsa, musobaqa davrida 380 - 400 soatni tashkil qiladi. Jami yiliga 700-750 soat o’quv-mashg’ulot ishlari olib boriladi.

O’yinlarni qo’shganda (150-170 soat), amaliy ish hajmi 900 soat atrofida bo’lishi lozim.

Tayyorgarlik davri

Yuqori malakali jamoalarda tayyorgarlik davrining uzunligi oxirgi yillarga kelib 8-10 haftagacha qisqaradi.

Bu davrda asosiy vazifa futbolchilar tayyorgarligini har tomonlama ta’minlash va uning asosida texnik-taktik mahoratni va iroda sifatlarini takomillashtirish iborat. Bolalar mashg’ulotlardan oldin juda jiddiy tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi.

Futbolchilarni tayyorgarlik davri ikki bosqichga ya’ni umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlariga bo’linadi.

Futbolchilarda umumiy chidamlilikni rivojlantirish uchun yugurish tavsiya qilinadi, bu yerda o’yinchining o’yinda 12-15 km masofani yugurib o’tishini inobatga olish kerak. Umumtayyorlov bosqichida asosan shiddatga e’tibor berilsa, maxsus tayyorlov bosqichida yugurish mashqlari to’p bilan bajariladi. 1- jadval.

Futbolchilarni maxsus chidamlilikni tarbiyalash uchun to’p bilan bajariladigan 3x2, 4x3, 5x3, 6x3, 4x4, 6x6, 8x8, 11x11 va boshqa mashqlarni qo’llash kerak.

Tayyorlov davrini oxirida texnik - taktik tayyorgarlik harakat ko’nik-malarini va taktik fikrlashni takomillashtirishga yo’naltiriladi.


Yüklə 189,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin