Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti



Yüklə 189,02 Kb.
səhifə17/22
tarix02.01.2022
ölçüsü189,02 Kb.
#40855
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини

Darslar tizimida chuqur o’rganish katta intervallar bilan olib borilishi mumkin. Bu darsga yangi material kiritish imkonini beradi.

Mazkur bosqichda o’yin va musobaqa uslublaridan keng foydalaniladi, bular alohida emotsional fon yaratadi, mashqlarning ta’sirini kuchaytiradi va o’qitish jarayonini faollashtiradi.
O’quv - mashg’ulotlari jarayonida o’zlashtirib olingan harakatlarni mustahkamlash va yanada takomillashtirish
Bu bosqichning asosiy vazifasi o’zlashtirib olingan harakatlarni yanada mustahkamlash va turli xil o’yin sharoitlarida ularni qo’llash ko’nikma-larini hosil qilish.

Mazkur bosqichda jismoniy tarbiya uslublarining barcha kompleks-laridan foydalaniladi.
Ko’p yillik mashg’ulot jarayonidagi texnik tayyorgarlik.
Futbolchining texnik mahorati u egallab olgan texnik usullarning hajmi va xilma-xilligi, shuningdek, ularni o’yin sharoitlarida samarali qo’llay bilishi bilan xarakterlanadi. Futbol o’yini texnikasi juda ko’p turli usul va usullar yig’indisidan iboratdir. SHuning uchun kam vaqt va kuch sarflab o’rgatish vazifasini hal etish uchun o’rganilayotgan materialni tizimga solish va texnikaga o’rgatishning izchilligini aniqlash katta ahamiyatga ega.

O’rgatish ishini boshlash va uni optimallashtirish muammosi ko’p jihatdan tushunarlilik asosi bilan belgilanadi. Ammo bu faqat «oddiydan murakkabga», «osondan qiyinga» uslubiy qoidalaridan foydalanishdan iborat bo’lib qolmaydi. Dastlab o’yin olib borishning asosiy usullarini o’rganish zarur.

Nihoyat, yangi harakat ko’nikmalari avval o’zlashtirilgan ko’nikmalar asosida paydo bo’ladi. SHuning uchun turli xil texnik usul va usullarning o’zaro tabiiy bog’liqligidan va tuzilishi bo’yicha umumiyligidan foydala-nish kerak.

Texnik usullar bilan tanishish va ularni o’rganish jarayonida asosan o’qitishning mukammal usulidan foydalaniladi. U ko’p yillik mashg’ulot-ning har bir bosqichi uchun muayyan doiradagi usul va usullar tanlab olinishi bilan xarakterlanadi. Bular darslar tizimida parallel ravishda: dastlab (texnika asoslari o’zlashtirib olinguncha) har bir usul alohida, keyinchalik o’zlashtirilgan boshqa usullar bilan birgalikda o’rganiladi. SHu bilan birga, bir darsda, bir vaqtning o’zida ikki-uchtadan ortiq yangi usulga o’rgatish mumkin emas.

Ko’p yillik mashg’ulotlarning har bir bosqichida futbolchilarning texnik tayyorgarligi yuzasidan muayyan vazifalar qo’yish ko’pgina omillar: bolalar va o’smirlar rivojlanishining yosh xususiyatlari, jismoniy sifatlarni tarbiyalash dinamikasi, harakat ko’nikmalarini shakllantirish tizimining xususiyatlari, bosqichlarning qaysi maqsadga qaratilganligi bilan belgilanadi.

Dastlabki tayyorgarlik bosqichida futbol o’yinini yangi o’rganuvchi futbolchilarni texnik usullarning asosiy guruhlari bilan tanishtirish vazifasi qo’yiladi. Bu vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi shug’ullanuv-chilarda futbolga nisbatan qat’iy qiziqish hosil bo’lishiga yordam beradi.

Mazkur bosqichda o’qitish ishi maydonda harakat qilish: yugurish, to’xtash, burilish va sakrashning asosiy usullarini o’rganishdan boshlanadi.

SHular bilan parallel ravishda yosh futbolchilar to’pni egallash texnikasi va buni bajarishning quyidagi asosiy usullarini o’rganadilar:

to’p tepish (tovonning ichki tomoni bilan, oyoq yuzining ichki va o’rta qismi bilan);

kalla qo’yish (peshonaning o’rta qismi bilan);

to’pni oyoq bilan to’xtatish (tovonning ichki tomoni, oyoqning kafti va son bilan);

to’pni oyoq bilan olib yurish (oyoq yuzining o’rta va tashqi qismi «qochib qolish» yo’li bilan aldaydigan harakatlar qilish;

to’pni olib qo’yish (hamla qilib, to’pni tepib yuborish);

yon chiziqdan (turgan joydan) turib to’pni o’yinga tashlash.

Boshlang’ich sport ixtisoslashuvi bosqichida shug’ullanuvchilar futbol o’yini texnikasi asoslarini egallab oladilar. Yosh futbolchilar avvalgi bosqichda tanishgan texnik usullarini ancha chuqur o’rganadilar hamda qolgan usullar va ularning turli xillarini o’rganishga kirishadilar. Darvozabon-lar to’pni egallab olish texnikasining asosiy usullarini: to’pni ushlab olish, urib yuborish va tashlashni o’zlashtiradilar.

Asosli (chuqur) mashq qilish bosqichida futbolchilar texnikani mustahkamlaydilar va uni takomillashtirishda davom etadilar. Turli-tuman texnik usullar bo’yicha mustahkam ko’nikma hosil qilinadi va o’yin sharoitlarida kompleks ravishda va maqsadga muvofiq qo’llanish ko’nik-malari tarkib toptiriladi.


Yüklə 189,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin