Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti



Yüklə 189,02 Kb.
səhifə20/22
tarix02.01.2022
ölçüsü189,02 Kb.
#40855
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини

X U L O S A
O’quvchilarni futbolga o’rgatishda ular organizmining anatomik va fizologik xususiyatlari hisobga olish muhum ahamiyat kasb etadi. Bolalar tafakkuri va xotirasida 8 - 10 yoshda muhim o’zgarishlar ro’y beradi. Jismoniy mashqlar bolalarni suyak tizimini rivojlanishiga ayniqsa sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Masalan, juda ko’p tadqiqotlar bolalarda umurtqa pog’onasining juda ham qayishqoqligi bo’lishi va uzoq vaqt zo’riqish natijasida noto’g’ri holatda bo’lishi tufayli qiyshayib qolishi mumkinligini ko’rsatadi.

Maktablaridagi futbol tugaraklarida yosh futbolchilarni o’quv - mashg’ulotlarini rejalashtirish tizimi futbolchilarning ko’p yillik tayyorgarligi, o’rta va kichik tsikllarni (mikrotsikllarni) o’ziga qamrab oladigan bir yillik tayyorgarlik turlarga ajratiladi.

Futbolchilarni ko’p yillik tayyorgarliklarini tuzilishi va davomiy-ligini ta’minlash maqsadida agar qo’yidagi omillardan:

1.Futbolchining individual va jinsiy hususiyatlari, ularning biologik o’zgarishi va ko’pincha mahorat sur’atining ular bilan bog’liq holda o’sishi;

2. Futbolchining shug’ullanishni boshlagan hamda maxsus mashg’ulotlarga kirishgan yoshi;

3. Futbolchilarning yuqori sport natijalarini ta’minlaydigan musoboqa faoliyati va tayyorgarligi tizimi;

4. Futbol musobaqalari jarayoni mazmuni, qo’shimcha omillarning qo’llanishi ya’ni maxsus ovqatlansa, trenajerlardan foydalanilsa yuqori natijaga erishadi.

Futbolchilar tayyorlashni o’rta va kichik tsikllarini (mikrotsikllarni) o’ziga qamrab oladigan bir yillik tayyorgarlik mashg’ulotining yillik tsikli bizga ma’lumki uch davrga ya’ni tayyorgarlik, musobaqa va o’tish davralariga bo’linadi.

Tayyorgarlik davrida o’quv - mashg’ulot yuklamalari hajmi o’rtacha 180-240 soat, musobaqa davrida 380 - 400 soatni tashkil qilishi, jami yiliga 700-750 soat o’quv-mashg’ulot ishlari olib borilsa, 150-170 soat o’yinlarni qo’shganda, amaliy ish hajmi 900 soat atrofida bo’lisa sportchilar yuqori texnik – taktik tayyorgarlikka ega bo’ladilar.

Tayyorlov davrining asosiy vazifa futbolchilar tayyorgarligini har tomonlama ta’minlash va uning asosida texnik-taktik mahoratni va iroda sifatlarini takomillashtirishdan iborat bo’ladi. Har bir shug’ullanuvchi futbolchi mashg’ulotdan oldidan jiddiy tibbiy ko’rikdan o’tkazilishi talab qilinadi.

Futbolchilar tayyorgarlik davrini ikki bosqichga ya’ni umumiy va maxsus tayyorgarlik bosqichlariga bo’lamiz.

Futbol musoboqalari davrining uzunligi asosan 9 oygacha bo’ladi, uni biz shartli ravishda uchta bosqichga ya’ni birinchi davra, tanaffus, ikkinchi davraga bo’lamiz. Endi bunda Har bir bosqichning o’ziga hos tomonlari mavjud.

Futbolchilar mashg’ulotlarini istiqbolli rejalashtirish futbolchilar tayyorgarligining to’rt yillik tsiklini (bosqichini) yo’nalishi va mazmunini belgilab beradi.

1. Istiqbolli rejalashtirishda o’quv-mashg’ulot jarayonining samarasi-ni oshirish, jamoaga saralab olish tizimini takomillashtirish, moddiy - texnika bazasini takomillashtirish, kompleks nazorat tizimini takomil-lashtirish, ilmiy - uslubiy ta’minlanish samaradorligini oshirish vazifa-lari hal qilinishi shart.

2. Istiqbolli rejalashtirish tayyorgarlikning maqsad va vazifalarini, tayyorgarlik bosqichlarini, yillar bo’yicha jamoani jamlash (komplektlash), musobaqa va mashg’ulot yuklamalari dinamikasi, murabbiylar tarkibini malakasini oshirish va moddiy-texnik ta’minlash kabilarni hal qilishi kerak.

Futbolchilar mashg’ulotlarini bir yillik rejalashtirish istiqbol rejasiga mos ravishda tuziladi va uning bir qismi hisoblanadi. Ushbu reja tayyorgarlikning maqsadi, vazifalari, tayyorgarlikning davrlari, mashg’ulot jarayonining mazmuni, mashg’ulot va musobaqa yuklamalari dinamikasi, yillik tsikl bo’yicha davrali tayyorgarlik turlari va vositalariga vaqtni taqsimlash, ilmiy - uslubiy ta’minlash, mashg’ulot, musobaqalar va tikla-nishni kompleks nazorat qilish, tibbiy ta’minlash, moddiy-texnik ta’min-lash kabi masalalarni o’zida mujassamlashtiradi va bajaradi.


Yüklə 189,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin