Hujum va himoyaning doimo o’zgaruvchan sharoitlarida aniq individual va guruhli harakatlarga alohida e’tibor berib bajariladigan mashqlar ham o’rganiladi.
Ayrim o’yin vaziyatlarini ijodiy hal etish qobiliyati o’yinchilarning eng muhim malakasi hisoblanadi. Bu malakani rivojlantirish boshlang’ich sport ixtisoslashuvining asosiy vazifalaridan biridir.
Jiddiy mashq qilish bosqichidagi taktik tayyorgarlik o’zlashtirib olingan individual va guruhli harakatlarga alohida e’tibor bergan holda olib boriladi. U futbolchilarning kombinatsion o’yin olib borish qobiliya-tini takomillashtirishga qaratilgan bo’ladi.
Jamoada taktik harakatlarni takomillashtirishga katta e’tibor beriladi. Har bir o’yinchi jamoada qanday o’rin egallashiga qarab o’z taktik harakatlarini takomillashtiradi. Mashqlarga ham hujumchi, ham himoyachi harakatlari kiritiladi. O’z-o’zini tahlil qilish qobilyatini,vujudga kelgan o’yin sharoitida to’g’ri yo’l topa bilish, o’yin vaziyatini xarakterlovchi ko’p sonli momentlardan eng muhimini ajratib olish ko’nikmalarini tarbiyalash juda muhimdir.
Futbolchilarni nazariy tayyorgarliklari.
Nazariy mashg’ulotlarni o’yindan yoki jismoniy mashg’ulotdan oldin o’tkazish maqsadga muvofiqdir, chunki aks holda futbolchilar toliqqan bo’ladi va bu kerakli samara bermaydi.
Mashg’ulotdan oldin qisqa nazariy darslar o’tish mumkin, bunda murabbiy oldindagi maqsad va vazifalarni ochib berish, maketlar yordamida mashqlar mazmuni bilan tanishtirish, har bir o’yinchiga topshiriq berish, oldingi xatolarni to’g’rilash yo’llarini tushuntirishi lozim.
Nazariy tayyorgarlikda o’yinlarga ko’rsatmalar berish va o’yinchilarni muhokama qilish eng muhim ishdir.
Yosh futbolchilarga o’yinga ko’rsatma berish.
Bu murabbiydan har bir o’yinchi, jamoaning o’ziga xos xususiyatlarini, shuningdek, raqib jamoa futbolchilari o’yin faoliyatining kuchli va kuchsiz tomonlarini o’rganishni talab qiladi.
O’yinni muhokama qilish rejasi quyidagilardan iborat:
– o’yinning vazifalari;
– raqib jamoasiga tavsif (xarakteristika);
– o’yinchilarga topshiriq;
– jamoa chiziqlariga topshiriq;
– o’yinning taktik rejasi.
Murabbiy raqib kuchini hisobga olgan holda har bir o’yinchiga topshiriq beradi, so’ng guruh o’yinchilari, ya’ni himoya, yarim himoya va hujum chizig’i o’yinchilari topshiriq oladi. Bu topshiriqlardan murabbiy o’yinda foydalanishi lozim bo’lgan reja hosil bo’ladi.
O’yinga ko’rsatma o’yin kuni beriladi. Bo’limlar oralig’i tanaffusida murabbiy o’yin rejasiga qo’shimcha ko’rsatmalar kiritishi mumkin. Tanbeh berishdan oldin murabbiy o’yinchilar o’zini bosib olishi uchun 2-3 daqiqa vaqt berishi kerak. SHundan so’nggina jamoaga umumiy tanbeh beriladi, so’ng alohida o’yinchilarga ko’rsatma berish mumkin.
Bo’lib o’tgan o’yinni muhokamasi qilish.
O’tkazilgan o’yinning muhokamasi va tahlili murabbiydan atroflicha tayyorgarlikni talab qiladi. O’yin muhokamasi o’yinni video tasmasiga yozish, pedagogik kuzatish bayonnomasi va maydon maketini qo’llash orqali tayyorlanadi. Bularsiz o’yin muhokamasi yuzaki va samarasiz bo’lib qoladi.
O’yin muhokamasi quyidagi bo’limlardan iborat:
– o’yinni umumiy baholash;
– taktik rejaning bajarilishi;
– jamoa chiziqlarini baholash (himoya, yarim himoya, hujum);
– har bir o’yinchi harakatini baholash;
– umumiy yakun;
– xatolar muhokamasi;
– xulosalar.
O’yin muhokamasini keyingi kun (dam olish kuni) yoki mashg’ulotdan oldin qilish maqsadga muvofiq.
O’yin muhokamasi juda muhim ahamiyat kasb etadi, chunki bu darsda futbolchi o’zining harakatlariga baho oladi, o’zini va sheriklari harakat-larini baholashi mumkin.
O’yinning nazariy muhokamasida murabbiy faqat xatolarni ko’rsatib-gina qolmay, ularni bartaraf qilish yo’llarini tushuntirib berishi lozim. SHuning uchun murabbiy doim o’z nazariy bilimlarini boyitib borib, o’yinchilarga yangi, qiziqarli, barchaga manzur bilimlarni yetkazib borishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |