Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika unversiteti



Yüklə 189,02 Kb.
səhifə21/22
tarix02.01.2022
ölçüsü189,02 Kb.
#40855
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Футбол бўйича дарсдан ташкари олиб борадиган жисмоний тарбия ишларини

Ko’p yillik mashg’ulotning barcha bosqichlarida texnik usullar va taktik harakatlarga o’rgatish jarayoni uzluksiz davom etadi.

Yosh futbolchilarni o’qitish va ularning malakalarini takomillashti-rish bosqichlarida jismoniy tarbiyaning odatdagi uslublari: mashqlar, o’yin, musobaqa uslublari, ko’rsatmalilikni ta’minlash, og’zaki nutqdan foydalanish, xatolarni tuzatish uslublaridan foydalaniladi. Barcha uslub-lar bir-biri bilan yaqindan bog’liq holda qo’llaniladi. Biroq ulardan foydalanishning foizli nisbati ko’pgina omillarga: o’qitish bosqichi hamda vazifalariga, shug’ullanuvchilarning yosh va individual xususiyatlariga, ularning tayyorgarlik darajasiga bog’liq bo’ladi.

Alohida texnik usul va taktik harakatni o’rganish dastlabki, chuqur o’rganish, mustahkamlash, yanada takomillashtirish bosqichlarga ajratiladi:

Dastlabki o’rganish bosqichining asosiy maqsadi o’rgatilayotgan usul yoki harakat asoslarini o’zlashtirib olishdan iborat.

CHuqur o’rganish bosqichi texnik va taktik harakatlarning yanada mustah-kamlanishi va o’rganilayotgan harakat detallarining chuqurroq aniqlashtiri-lishi bilan xarakterlanadi. Usul yoki harakatni o’zlashtirib olish jarayoni-da dastlabki ko’nikmalar takomillashadi, texnik usullar, taktik harakatlar ham to’g’ri, aniq, bemalol bajarila boshlanadi.

O’quv-mashg’uloti jarayonida o’zlashtirib olingan harakatlarni mustah-kamlash va yanada takomillashtirishning ahamiyati katta.

Agar har bir ustoz murabbiy mashg’ulotlarini to’g’ri rejalashtirar ekan sportchilarni ham jismoniy, ham texnik – taktik, ham ro’hiy tayyorgarlik-lari o’sib borib u albatta ko’zlagan maqsadiga erisha oladi.

Zamonaviy futbol o’yin texnikasi quyidagilar bilan ifodalanadi:

harakat holatida, yugurib ketayotib to’pni o’ziga bo’ysundira olish;

har xil vaziyatlarda to’pni imkon qadar aniq uzatib berish.

Jismoniy tayyorgarlikda:

maydonning har bir qarich yerida yuqori darajadagi texnika bilan harakatlanish va to’pga egalik qilish, aldamchi harakatlarni qo’llay bilish;

o’yinchilarning o’yin davomida umumiy yugurish xarakatlari quyidagicha taqsimlanadi: 45 martadan 78 gacha (umumiy masofa 1000-2000 metrga yetadi), to’p uchun kurashda sakrash harakatlari, kurashlar – 11 tadan 42 gacha, har xil masofaga tezlik bilan yugurish – 40 tadan 60 tagacha (umumiy vaqti 2-5 daqiqagacha), sekin yugurish 224 tadan 367 gacha (umumiy vaqti 25-35 daqiqa);

Umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qiydigan xar bir o’quvchi o’zi sevgan futbol sport turining o’yin texnikasi va taktikasi sirlarini bilib olishlari uchun biz tomondan o’rganilgan, yuqorida qayd qilingan va keltirilgan bolalar organizmininig o’ziga xos xusiyatlari, texnik tayyorgarlik va taktik tayyorgarlikga doir talablarni bajara olishi kerak bo’ladi. Bunda futbol tugaragi murabbiysininig xam xizmatlari katta bo’ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR
1.O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chara-tadbirlari to’g’risidagi qarar. 27-may 1999 yil.

2. “O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sport to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish haqidagi qaror. 26-may 2000 yil.

4. O’quvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musoboqalari tizimini tashkil etish to’g’risidagi qaror. 3- iyun’ 2003 yil.



5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekistonda futbolni rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi qarori. 1-may 2006 yil.

6. Futbol. Fizkultura institutlari uchun darslik. Toshkent, “O’qituv-chi”, 1986 yil.

7. Futbol o’yin texnikasi. Toshkent, 1999 yil.

8. Iseev SH.T. Futbol jamoalarining g’alaba qozonishida futbolchilar-ning standart vaziyatlaridan samarali foydalanishi. «Pedagogik ta’lim». J. № 2, 2003 yil.


Yüklə 189,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin