Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika



Yüklə 0,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/55
tarix02.01.2022
ölçüsü0,89 Mb.
#44506
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika

Vazifa:  2  ni  qo‘shish  va  ayirish  jadvalini  yod  olish.  Bunday    darslar 
o‘quvchilarning  faolligini  oshiradi.  O‘quvchilar  o‘z  guruhlarining  g‘olib 
bo‘lishi uchun harakat va navbatdagi darslarni orziqib kutadilar. 
 
2 – SINF  
‖Savol  bering‖  metodidan  o‘qituvchi  yangi  mavzuni  mustaqil  o‘rganishni 
tashkil  etishda  yoki  o‘tgan  mavzu  qanday  o‘zlashtirilganini  tekshirish  uchun 
foydalanishi mumkin.Bunda mavzuga oid matn kitobdan o‘qiladi.O‘qish davomida 
tug‘ilgan  savollarni  o‘quvchilar  yozib  boradi.Shunda  o‘quvchi  matnni  befarq 
o‘qimaydi,chunki  u  savol  tuzishi  va  savolni  o‘qib  berishi  kerak  bo‘ladi.O‘tilgan 
mavzu  yuzasidan  o‘qituvchi  ko‘rsatgan  namuna  bo‘yicha  savollar  tuzdirish  ham 
yaxshi natija beradi.Ajratilgan vaqt tugaganidan keyin savollar o‘qiladi.Savollarga 


 
71 
xohlagan  o‘quvchi  yoki  to‘g‘ri  javob  topilmasa,savol  bergan  o‘quvchi  javob 
beradi. Hamma o‘quvchi savol berishiga  erishish kerak. Ishni juftlikda ham olib 
borish  mumkin.  Bunda  savolni  juftlik  tuzadi.  ‖Savollar‖  texnologiyasini  qo‘llash 
imkoniyatlari katta.Masalan o‘qituvchi har bir darsning 5daqiqasini shunday savol 
tuzishga  bag‘ishlashi  mumkin.Savollarni  yakka  holda  va  juft  bo‘lib,  keyinroq 
mavzu bo‘yicha 4 kishi maslahatlashib tuzishni topshiriladi. 
   Masalan: 2-sinf  matematika darsidan ko‘paytirish va bo‘lish mavzulari o‘tilgach, 
marta  ortiq  va  marta  kam  munosabatlari  tushuntiriladi.  Shu  munosabatga  bog‘liq 
bo‘lgan  savol  –  masalalar  tuzish  topshiriladi.  Buning  uchun  o‘qituvchi  bir  necha 
namuna keltirish ham mumkin. Lekin sinf ixtiyoriga qo‘yishi ham mumkin. 
     Misol uchun: 
    ―2 sonidan 2 marta katta sonni ayting‖. 
     ―Qanday son 3 dan 4 marta katta?‖ 
    ― 12 soni 6 dan necha marta katta?‖ 
     ― 5 soni 20 sonidan necha marta kichik?‖ 
     ―O‘ylagan sonni 3 marta kamaytirib, 3 hosil qilinsa, o‘ylagan son necha ?‖ kabi 
turli  –  tuman  savollarning  tuzilishi  munosabatning    o‘quvchilar  tomonidan  yana 
chuqurroq tushunilishiga sabab bo‘ladi. 

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin