Nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə13/31
tarix30.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#105271
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

MUNOZARA

O‘qituvchilar va talabalar orasida umumiy munozara o‘tkazish vaqtida ochiq va teng fikrlar almashtirilishiga erishish uchun bir necha oddiy qoidalar bor. Ushbu qoidalar buyruq maqsadida emas, balki sizlarga aloqa qilish usullarini o‘rgatish va ilmiy tekshirish uchun yordam beradi. Munozara qatnashchilarning faollik darajasiga va ularning izohlarga ijodiy baho berish sifatiga ko‘ra munozaraning yaxshi o‘tishini bilib olishi kifoyatdir. Demak, zavq olishingiz mumkin.


Ba’zi vaqtda munozara uchun «bazis qoidalari»ning tuzishi foydadan holi emas. Quyidagi mumkin bo‘lgan qoidalarga bir necha misollar:

  • har bittasi boshqalarni diqqat bilan tinglashi kerak (fikrlari mos kelmagan taqdirda ham);

  • gapirayotganning gapini bo‘lmaslik;

  • bir vaqtda bir kishidan ortiq gapirmaslik;

  • bironta ham fikr masqara bo‘lmaslik;

  • agar ustoz kimdandir norozi bo‘lsa, noroziligini o‘z fikri bilan bildirib, lekin uni tahlikaga solmaslik;

  • boshqalar sizni qanday tushunishlarini umid qilsangiz, siz ham ularni shunchalik tushunishga harakat qiling.

Munozara uchun aniq bir mavzu tanlanadi.



  1. KICHIK GURUHLARDA ISHLASH.

Kichik guruhlarda ishlash uchun guruhning hajmiga qarab (24 – 30 talaba, tinglovchi) 4 – 7 odamdan bir guruhga ajratilai. Har bir guruh berilgan vazifani bajaradi va guruh rahbari xulosa qilib beradi. Bu usul hamma tinglovchilarni faolligini oshiradi, qiziqtiradi.





  1. ANIQ BIR VAZIYATNI MUHOKAMA QILISH.

Eng avvalo mavzu tanlanadi. Guruh bir necha guruhlarga bo‘linadi. Har bir guruh shu mavzuga o‘zining aniq munosabatini bildiradi. Mavzu misollar tariqasida, ko‘rilgan teatr sahnasi, yo‘ldagi bo‘lgan to‘qnashuv, ishxonadagi kelishmovchiliklarini hal qilish va boshqa vaziyatlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.





  1. O‘YIN DARSI.

O‘yin darsini boshlashdan bir necha kun oldin rahbar o‘tiladigan vaziyat bo‘yicha rolni qatnashuvchilarga ajratadi va dars boshlangan kungacha o‘zi tanlagan roli bo‘yicha shaxslarning tavsifnomasi bilan tanishishni, uning holatiga kirishga harakat qilishni topshiradi. Tinglovchilar o‘z ixtiyori, xohishi bilan rol tanlashlari lozim. CHunki ayrim salbiy rolni o‘ynashida «Men shunday insonmanmi?», «Menga nega bunday rol berasiz?» degan noroziliklar bo‘lmasligi lozim. Rolga hozirlik ko‘rganlar, o‘z aktyorlik mahoratlarini ko‘rsatib, vaqtincha o‘ynayotgan insonning qiyofasiga kirishga, u shaxsday bo‘lishga harakat qilsa, kuzatuvchilarda kuchli taassurot qoladi.



  1. AMALIYOT.

Amaliyot mashg‘ulotini bir necha xilga bo‘lish mumkin. O‘qituvchilar uchun dars o‘tish amaliyoti o‘tkaziladi. Unda aniq bir mavzu bo‘yicha rejasi asosida dars o‘tiladi. Kuzatuvchi dars o‘tish metodini, amaliyot o‘qituvchining tinglovchilar bilan bog‘lanishini, nutqini, sinfda o‘zini tutushni nazorat qiladi. Dars tugashidan 5 daqiqa oldin rahbar tinglovchilar bilan o‘tilgan dars metodini muhokama qilib yakun yasaydi.



  1. YOZMA BAHSLAR.

O‘quvchilarga sinfdoshlari, kursdoshlari bilan birgalikda shu onda jamoatchilik fikrini to‘lqinlantirayotgan mavzularda dialoglar rejalashtirish imkonini berish kerak. YOzma bahslar metodikasi yozma shakldagi bunday dialoglarni sinfdagi barcha o‘quvchilar ishtirokida o‘tkazish imkonini beradi.






  1. Yüklə 0,76 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin