Nizomiy nomidagi toshkent davlat


“Kuchli davlatdan-kuchli - fuqorolik jamiyati” sari ilgarilashda milliy birlikni ta’minlashda partiyalar faoliyati



Yüklə 0,76 Mb.
səhifə11/31
tarix30.04.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#105271
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti

3. “Kuchli davlatdan-kuchli - fuqorolik jamiyati” sari ilgarilashda milliy birlikni ta’minlashda partiyalar faoliyati.

O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligining e’lon qilinishi, ittifoqdan mustaqil bo‘lgan, davlat tuzilmalarini shakllanishi, sobiq kommunistik partiyaning butunlay tugatilishi natijasida fuqorolik jamiyati institutlari shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratildi. YUrtimizda xalq manfaatlari va siyosiy irodasini erkin bildirish, erkin ifoda etishi uchun huquqiy asoslar, hamda erkin siyosiy muxit yaratilishi bilan uzviy tarzda siyosiy partiyalar ham tuzila boshlandi.


Sobiq ittifoqdan mutaqillikka erishganimizdan so‘ng mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik shakllanishi uchun albatta, biroz vaqt talab etilar, chunki sovet davlati qonunchiligi barcha jabxalarda birpartiyaviy tizimini mustaxkamlab, huquqiy mexanizmlani yaratib qo‘ygandi. Barcha millatlar uchun “huquqiy himoyachi” bo‘lgan Sovet Sotsiolistik Respublikalar Ittifoqi Konstitutsiyaning 6-moddasida bu norma quyudagicha ifodalangan edi: “Sovet jamiyatining raxbar va etakchi kuchi sovet jamiyati siyosiy sistemasining, barcha davlat va jamiyat tashkilotlarining o‘zagi Sovet Itifoqi Kommunistik partiyasidir. KPSS xalq uchun yashaydi va xalqqa hizmat qiladi.”1
Mamlakatda Sovet jamiyatining “raxbar va etakchi kuchi” sanalgan ana shu partiyaning faoliyati barcha ittifoqdosh mamlakatlariga demakratik va chinakam xalq manfaatlarini ifodalochi partiyalar tuzilmasligining bosh sababchisi xisoblangan.
Mustaqilligimizdan so‘ng demakratiyaning asosiy mezonlaridan biri saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi uchun huquqiy asoslar aniq belgilana boshladi. 1991 yil noyabr oyida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunda saylov ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi va partiyalarga bu saylovlarda nomzod ko‘rsatish xuquqiy jixatdan mustaxkamlandi. O‘zbekiston Respublikasi “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni mamlakatimizda ko‘ppartiyaviylik tizimini huquqiy jixatdan ta’minlab berishi natijasida yangi siyosiy partiyalar yuzaga kela boshladi. To‘g‘ri Respublimizda sobiq Ittifoq parchalanishi arafasida ittifoqdosh Respublikalar qatori turli siyosiy guruxlar va xarakatlar yuzaga kela boshladi. Lekin ularda aniq bir maqsad va dasturlarning mavjud bo‘lmaganligi ularning keyingi faoliyatini butunlay boshqa taraflarga og‘ib ketishiga sabab bo‘ldi. Jumladan, 1989 yilda tuzilgan Birlik harakati o‘sha vaqtdagi siyosiy vaziyatdan foydalanib, turli miting va namoyishlar orqali o‘zini “xalqparvar ” qilib ko‘rsatishi hamda shu asosda soxta obro‘ ortirishga xarakat qilardi. Bu o‘rinda birlikchilar xarakatini taxlil etgan siyosatshunos olim M.Qirg‘izboev fikrlarini keltirish lozim: “ular o‘tish davridagi ijtimoiy-iqtisodiy qiyinchiliklarni bartaraf etishga kirishgan xukumat va mahalliy organlarga yordam berish o‘rniga, aksincha ular tomonidan olib borilayotgan xayrli ishlarni payqamaslikka, xattoki eng xalqchil va ijobiy islohotlarni xam tanqid qilishga intilar edi. SHuning uchun ham harakat xalq ichida o‘z ildiziga ega bo‘lmadi.”1
Birlik xarakati bo‘linib ketgach, 1990 yil aprel oyida Erk partiyasi tuzildi va o‘z dasturi, nizomini qabul qildi. Ushbu tashkilot Birlik xarakatiga qaraganda tashkilish jixatdan biroz mukammalroq bo‘lsada, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari balandparvozligi va uni amalga oshirish mexanizmi ishlab chiqilmaganligi uchun amalda uni amalga oshirishning iloji yo‘q edi. Erk partiyasi o‘zining to‘rt yillik faoliyati davomida turli siyosiy o‘yinlarga o‘ralashib, tor manfaatlar girdobiga tushib qoldi.
Ma’lumki O‘zbekiston siyosiy tizimida mustaqillikka qadar amalda bo‘lgan birpartiyaviylik tizimdan voz kechilib. haqiqiy demakratiyaning zaruriy va qonuniy belgisi bo‘lgan tub ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik – siyosiy plyuralizm, ya’ni fikrlar xilma-xilligi, erkinligi yo‘li tanlandi. Ko‘ppartiyaviylik tizimining tanlanishi quyudagilar bilan izohlash mumkin:
birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 12-moddasida “O‘zbekiston Respublikasilda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivjlanadi” mazmunidagi qoida mustaxkamlangan va uning mazmuni ko‘ppartiyaviylik tushunchasi bilan mutanosib;
ikkinchidan, salmoqli aholi soniga ega bo‘lgan bu davlatda fikrlar, qarashlar ham xilma—xil bo‘lishi tabiiydir. SHuning uchun ham jamiyatda mavjud turli qatlamlar, guruxlarning manfaatini ifodalovchi hamda uni davlat boshqaruvida amalga oshishida zamin yaratuvchi ko‘ppartiyaviylik tizimi zarur deb tanlandi;
uchinchidan, jamiyatdagi barcha siyosiy kuchlar va tabaqalarning keng ishtirikini ta’minlovchi ko‘ppartiyaviylikka asolangan saylov davlat xokimiyati vakillik organlarini tashkil etishning demakratik ko‘rinishi xisoblanadi. Saylovlarni ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazish saylovchilar tanlovi uchun bir necha nomzodlar kurashishini taqozo etadi. Saylovchilar, ya’ni xalqqa ushbu nomzodlaprning tanlab olishning real huquqi beriladi.1
Milliy mustaqillik davrida tashkil topgan ilk siyosiy partiya O‘zbekiston Xalq Demakratik Partiyasiga 1992 yil noyabrda bo‘lib o‘tgan ta’sis majlisida asos solinib, chinakam partiyalarga xos bo‘lgan dasturi va nizomi qabul qilindi. Partiya o‘z nizomida o‘zini parlament partiyasi ekanligini ta’kidlab, partiya o‘zining siyosiy yo‘lini davlat xokimiyati vakillik idoralari va o‘zini – o‘zi boshqarish organlariga saylab qo‘yiladigan a’zolari orqali o‘tkaziladi.2
Mazkur partiya tashkil etilgandan hozirgi davrga qadar uch marataba prezident saylovi va to‘rt marta parlament saylovlarida ishtirok etib, o‘z saylovchilari ishonchini qozongan, holda parlamentda o‘z fraksiyasini tuzishga erishdi. Ikki palatali parlament shakllangandan so‘ng 2004 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda 28 nafar, 2009 saylov yakunlari bo‘yicha 32 nafar deputatlik o‘rinlarini egallashi uning mavqeini mustaxkamlanayotganidan dalolatdir.
Partiya o‘zining asosiy ijtimoiy tayanchi ishchilar, qishloq mexnatkashlari, muxandis, texnik va ijodiy xodimlar, o‘qituvchi va shifokorlar, xizmatchi va o‘quvchi, yoshlar pensionerlar manfaatlaridan kelib chiqib, O‘zbekistonda huquqiy demakratik davlat, insoparvar, adolatli jamiyat qurigshning izchil tarafdori sifatida xarakat qiladi.
Mustaqillik yillarida tashkil topgan partiyalardan yana biri O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratik partiyasidir. Bu partiya 1995 yil 18 fevralda ta’sis qurultoyida partiya dasturi va Ustavi qabul qilindi. O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratimk partiyasi mamlakatimiz tarixidagi ilk sotsial partiya xisoblanib, uning asosiy maqsad va vazifalari quyudagilardan iborat:
-kuchli ijtimpoiy davlat barpo etish,
-adolatli fuqorolik jamiyatini yaratish,
-ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti rivojlanishiga ta’sir etish,
-jamiyatda ijtimoiy adolat prinsiplarini mustaxkamlash.
O‘zbekiston Adolat sotsial-demakratik partiyasi tayanadigan asosiy ijtimoiy qatlam bu- mamlakatdagi yirik va o‘rta sanoat korxonalari, qayta ishlash va to‘qimachilik korxonalarida faoliyat yuritayotgan ishchi xamda xizmatchilar. SHu bilan birga Adolat SDP elektorati safida ilmiy faoliyat bilan shug‘illanuvchilar, innavatsion texnologiyasi soxasidagi mutaxasislar, davlat va sud-huquqi soxasi xodimlari bor.1
Respublikamiz siyosiy hayotida o‘ziga xos o‘rinni egallaydigan partiyalardan biri bu O‘zbekiston Milliy Tiklaniy Demakratik partiyasidir. Ushbu partiyaga 1995 asos solindib, millat birdamligini ta’minlash va huquqiy davlat barpo etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. Prezidentimiz I.A.Karimov ushbu partiyaga baho berib, quyudagi fikrlarni bildiradilar: “Bu partiya mening nazarimda boshqalardan farqli o‘laroq, xalqimizda milliylikni anglash, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini yuksaltirish tuyg‘ulari to‘g‘risidagi ko‘proq qayg‘urishi tabiydir.Biz kimmiz? Kimning avlodlarimiz? Millatimiz nima hisobidan ulug‘ bo‘lgan, dunyoga tanilgan? Bugun dunyoga chiqishning qanday imkoniyatlari bor? Kelajagi buyuk davlat qurishni niyat qilgan ekanmiz buning uchun qanday hayotiy asoslar mavjud? degan savolga javob topish Milliy Tiklanish partiyasining asosiy faoliyatiga aylanishi kerak”2
Milliy Tiklanish DP tashkil etilgandan beri faoliyatiga nazar tashlasak, 2004 yil Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylovlarda 11 nafar, 2009 yilgi saylovlarda 31 nafar nomzodlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylangani partiya faoliyatida sezilarli darajada o‘sish sodir bo‘lganini ko‘rsatadi. 2008 yil 20 iyulda Milliy Tiklanish DP va Fidokorlar MDP bilan birlashuv quriltoyi bo‘lib o‘tdi va ikki partiyaning birlashgani to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi. YAngilangan Milliy Tiklanish partiya sining dasturida bu ikki siyosiy kuchning birlashishi sababi sifatida quyudagi ikki omil ko‘rsatiladi:
- partiyaning nomlarida va ularning Ustav va dasturiy xujjatlarida mazmunida o‘z ifodasini topgan ikkala partiyalarning maqsad va vazifalari faoliyati yaqinligi:
- Oliy Majlis Qonunchilik palatasida va davlat xokimiyatining navbatdagi saylovga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish va yangilangan partiya imkoniyatlarini samarali amalga oshirish xamdao‘z eloktaratining hayrihohligiga ega bo‘lgan siyosiy partiyalar sifatida namoyon etish maqsadidao‘z siyosiy kuchlaari partiyalarning kadrlar resurslarini va ijtimoiy qatlamini birlashtirish zarurati.1
Partiyaning asosiy maqsadi sifatida millat yakdilliigini ta’minlash va huquqiy davlat barpo etishni ko‘rsatadi va O‘zbekiston Respublikasi fuqorolarida milliy o‘zlikni anglashini o‘stirishga va milliy g‘urur, Vatanga sadoqat muxabbat tuyg‘ularini shakllantirishga intiladilar. SHu maqsadlarni amalga oshirish maqsadida o‘z elektorati sifatida ijodkor intelgensiya, xalq ta’limi soxasi xodimlari, xarbiy xizmatchilar, huquqni muxofaza etish xodimlari, vatanparvar mulkdorlar kichik va o‘rta biznes vakillarini ko‘rsatadi.
Respublikamiz siyosiy hayotidagi eng yosh siyosiy partiya Tadbirkorlar va Ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demakratik partiyasi (O‘zLiDeP) 2003 yil 15 noyabrda tashkil topdi. O‘zLiDeP umummilliy siyosiy tashkilot sifatida mulkdorlar qatlami kichik va o‘rta biznes vakillari tadbirkor va ishbilarmonlar, fermerlar, jamoat tashkiloti vakillari va tadbirkorligi va tashabbuskorligini rivojlantirish evaziga xalq faravonligiga erishishga xarakat qilayotgan ijodkorlar va olimlarning manfaatlarini ifodalash maqsadida yuzaga keldi.1
Bugungi kunda 150 mingdan ziyod a’zoni o‘zida mujassam etgan partiya 2005 yilgi parlament saylovida 41 nafar va 2009 yil saylovda 53 nafar deputatlik o‘rinlariga ega bo‘lib, parlamentda nisbiy ko‘pchilik bo‘lishga erishdi va partiya a’zolari soni jixatidan XDP dan keyingi ikkinchi siyosiy partiyaga aylandi.
O‘zbekistonda mavjud siyosiy partiyalar vujudga kelishi va rivojlanishini tahlil etadigan bo‘lsak, ularni turli natijalarga erishganini ko‘ramiz. O‘zbekiston XDP tashkil topganidan beri to xozirga qadar barcha saylovlarda o‘z Ustav va Nizomlarida belgilangan vazifalarini amalga oshirayotganini, Adolat va Milliy Tiklanish partiyalari rivojlanish va siyosiy xayotdagi faoliyatini baxolash ko‘rsatgichlari bir biriga yaqin bo‘lib, oxirgi parlament saylovlarida ular deyarli bir xil natijaga erishdi.
Shu o‘rinda, mamlakatimiz siyosiy partiyalari ilgari surilayotgan asosiy goyalar o‘rtasida farklar yukligini aytish mumkin. Partiyalar dasturlarida ko‘prok umumiy ustivor ahamiyatga ega masalalar ko‘rsatilganligi, balandparvozlik yuqoriligi yakkol sezilib turadi. Siyosiy partiyalar dasturlarida anik yakkol faktlar ko‘rinmaydi, balki bir kolipga tushirilganday tasavvur xosil buladi.
Siyosiy partiyalar rivojlaninish tarixidan ma’lumki har bir tashkil etilgan siyosiy partiya o‘zi suyanadigan va qo‘llab quvvatlaydigan elektorati (lot.elektor - caylovchi; elektorate – saylovchilar kontingenti, saylov korpusi2) mavjud bo‘ladi. Partiya ana shu toifa va guruxlar manfaati uchun davlat xokimiyatida faoliyat olib boradi. Elektorat siyosiy partiyalar hayotida juda muxim o‘rin egallab, partiyalar elektoratining kimligi va miqdori partiyaning davlat hayotidagi ta’sini belgilab beradi. Mamlakatimiz siyosiy partiyalarining elektoratini taxlil etib ko‘rsak ular o‘rtasida aniq faktlarni bilish mushkil va tushinmovchiliklar mavjud. Oxirgi parlament saylovlarida siyosiy partiyalar savlovoldi platformalarida o‘z dasturi va elektorati masalasiga oydinlik kiritishga harakat qilishsada ular baribir umimiy harakter kasb etmoqda. Ayniqsa bu O‘zbekiston XDP va Adolat SDP dasturlarining bir biriga yaqinligida ko‘zga tashlanadi va ular faoliyat yo‘nalishlariniyanada aniqroq qilib olmasalar kelajakda ularni birlashib ketishi mumkinligi to‘g‘risidagi farazlarga ham olib kelishi mumkin.
Bu masalada oxirgi yillardagi Evropa siyosiy partiyalari munosabatiga nazar tashlasak, dastur va nizomlarida ko‘rsatishgan o‘z elektorati doirasidan kengroq qatlamlarni qamrab olishga olishga xarakat qilmoqdalar.CHunki saylov jarayonida ma’lum bir guruh manfaatini ifoda etish ular uchun kamlik qilmoqda.Lekin mamlakatimiz siyosiy partiyalari ma’lum bir qatlam manfaatlarini davlat darajasiga ko‘tarish orqali davlat manfaatini ifodalashga harakat qilmoqdalar. Bunday qarashlar O‘zLiDep dasturlarida mavjud. Partiya tadbirkorlik va kichik biznes vakillariga imtiyozlar berish, shu orqali ish o‘rinlarini yaratish, soliq tushumlarini ko‘paytirishni va iqtisodiy hayotni barqarorlashtirishni maqsad qilib qo‘yganlar.
Respublikamizning mustaqilligidan bugungi kunga qadar takomillashib kelayotgan ko‘ppartiyaviylik tizimimizda siyosiy partiyalar shakllanib ulgirdimi yoki shakllanish bosqichidami degan o‘rinli savol tug‘iladi.Ushbu masala yuzasidan siyosatshunos olim M.Qirg‘izboev: “siyosiy partiyalar o‘z shakllanish davrining nixoyasiga etkazish bosqichiga o‘tdi”1 deb xisoblasa, SH.Mamadaliev “O‘zbekistonning siyosiy partiyalari shakllanish bosqidagi partiyalar”2 deb ta’kidlaydi.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalar faoliyatini erkinlashtirishga doir isloxotlar natijasida ularning jamiyatdagi ishtiroki yildan-yilga faolashib bormoqda. Siyosiy partiyalar demakratik ravishda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida ularga doir qonunchilik asoslari yanada rivojlantirilmoqda. 2006 yil noyabr oyida Prezidentimiz tomonidan Qonunchilik tashabbusi huquqida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kirigtgan va 2008 yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonuni ana shu maqsadni ro‘yobga chiqarishda katta qadam bo‘ldi. Ushbu qonun sakkiz moddadan iborat bo‘lib, ular Respublika Konstitutsiya tegishli tuzatishlar ( 89 modda, 93 moddaning 15-bandi va 102-moddaning 2-qismi) va amaldagi qonun xujjatlariga va qo‘shimchalar kiritishga asos bo‘ladi. Ushbu qonunning maqsadi qonunning 1-modddasida bayon etilib, davlat boshqaruvini yangilash va yanada demakratlashtirish hamda mamlakatni modernitsatsmya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish xisoblanadi. Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi mamlakatimiz siyosiy tizimi uchuutsn yangi bo‘lgan, siyosiy maslaxatlashuv institutini kiritdi. Konstitutsiyaviy qonunning 4 va 6 moddalarida bunday maslaxatlashuvlar to‘g‘risida qoidalar qiritilgan bo‘lib, bu qonunchiligimmiz uchun yangilik xisoblanadi. Milliy Qonunchiligimizga nazar tashlaydigan bo‘lsak ayni qonstitutsiyaviy qonunda belgilangan siyosiy maslaxatlashuvni Qonunchilikgimizning bir normasidan boshqa holatda uchratmaymiz. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XIX bob 95 moddasida quyudagicha ifodalangan: “Qonunchilik palatasi va Senati tarkibida ularning normal faoliyatiga taxdid soluvchi xal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda yoxud ular bir necha marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya zid qarorlar qabul qilgan taqdirda, shuningdek Qonunchilik palatasi va Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis normal faoliyatiga taxdid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi bilan bamaslaxat qabul qabul qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlis Qonunchilik palatasi, Senati tarqatib yuborilishi mumkin.”1
Parlamentni Prezident Konstitutsiyaviy sud bilan bamaslaxat tarqatib yuborish uchun etarli huquqiy asolar bor. CHunki, parlamentni tarqatib yuborish uchun asos bo‘ladigan konkret vaziyatlar belgilab qo‘yilgan ko‘plab Evropa Konstitutsiyalaridan farqli ravishda, bizning Konstitutsiyada parlamentni tarqatib yuborish imkoniyati quyudagi vaziyatlar ko‘rsatib beradi:
Birinchidan, Qonunchilik palatasi yoki Senat tarkibida ularning normal faoliyatiga taxtid soluvchi hal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda;
Ikkichidan, ular bir necha marta Konstitutsiyaga zid qarorlar qabul qilganda;
Uchinchidan, Qonunchilik palatasi va Senat o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning normal faoliyatiga taxdid soluvchi xal qilib bo‘lmaydigan ixtiloflar yuz berganda;
To‘rtinchidan, tarqatib yuborish uchun Konstitutsiyaviy sudning roziligi bo‘lganda.1
Yuqorida biz maslaxatlashuv institutning Prezident va Konstitutsiyaviy sud o‘rtasida sodir bo‘lganini ko‘rib o‘tdik. Bu holatda maslahatlashuv ma’lum tor doirada, amaliyotimizda deyarli uchramaydigan faqat bir masaladaligi qbilan ajralib tursa, Konstitutsiyaviy qonundagi maslahatlashuv jarayoni esa haqiqatdan ham Respublika prezidentining davlat xokimiyati organlarining kelishilgan holda xamkorligini ta’minlash to‘g‘risidagi Konstitutsiyaviy qoitdani nechog‘lik taminlashini ko‘rsatab beradi. Qonunning 4 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi O‘zbekiston Respublikasi OliyMajlis palatalari mansabdor shaxslari saylangan va organlari shakllanganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining xar biri hamda O‘zbekiston Ekologik harakatidan bilan saylangan deputatlar bilan maslaxatlashuvlar o‘tkazganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun taqdim etadi ”2 deb qo‘rsatilgan.Agarda ovoz berish natijalariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari sonining ko‘pchilik ovozini ololmasa O‘zbekiston Respublikasining prezidenti ushbu masala yuzasidan Qonunchilik palatasisida siyosiy partiyalar fraksiyalari va O‘zbekiston Ekologik harakatidan bilan saylangan deputatlar bilan qo‘shimcha maslaxatlashuv o‘tkazganidan so‘ng yana ikki marta taqdim etish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yoki Senati Bosh vazir nomzodini uch marta rad etgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Bosh vazir vazifasini bajaruvchini tayinlab, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yoki uning palatalaridan birini tarqatib yuboradi. Qonundagi belgilangan ushbu qoidalar O‘zbekiston siyosiy tizimida Prezidentlik institutining eng muhim masalalarda davlvt xokimiyati vakillik organlari bilan chambarchas bog‘liqligini qo‘rsatsa, ikkinchi tarafdan siyosiy partiyalarning fraksiyalari davlat raxbariga hukumatni shakllantinishda ro‘lini ko‘rsatadi. Konstitutsiyaviy qonunning yana boshqa bir oltinchi moddasida Viloyat va Toshkent shaxar xokimini tayinlash va tasdiqlash tartibi belgilangan bo‘lib, Viloyat va Toshkent shaxar xokimi nomzodlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tegishli xalq deputatlari Kengashlaridagi partiya guruxlarining xar biri bilan maslaxatlashuvlar o‘tkazgandan so‘ng xalk deputatlari Viloyat va Toshkent shaxar Kengashiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Ushbu masalaning oldingi qonunchilikdagi ko‘rinishida, Prezident viloyat va Toshkent shaxar xokimini tayinlab keyinchalik ushbu masalani xalq deputatlari kengashlariga kiritar edi. Konstitutsiyaviy konunda bunday normaning mavjud bo‘lishi partiyalarning maxalliy kengashlardagi partiya guruxlarini axamiyatini oshirib, faoliyatini yanada erkinroq olib borishga sharoit yaratadi. Taqqoslash uchun misol keltiradigan bo‘lsak, mamlakatimizning 18 yillik taraqqiyot yo‘lida viloyat xokimlarining to‘liq besh yillikdagi barqaror faoliyat olib borgani kam uchraydi. Mamlakatimizning turli viloyatlarida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlarining navbatdan tashkari yig‘ilishlarida Prezitentimizning qatnashishi va viloyat xokimlarining olib borgan faoliyatlaridan ko‘plab nuqson va xatolari tufayli lavozimidan ozod etilganligiga guvox bo‘lganmiz.
Bu o‘rinda aytish lozimki, Kengashlardagi xar bir deputat partiyalarning joylardagi vakillaridir. Ular o‘zi saylangan xududlardagi o‘ziga xos shart sharoit va mavjud vaziyat bilan tanishdirlar. Deputatlarning o‘z xududlariga xos muommolarni hal qilishda to‘g‘ri yo‘llarni ko‘rsatadigan muxim shaxs xisoblanib, bu o‘rinda prezidentning ular bilan maslaxatlashuvi to‘g‘ri qaror qabul qilinishi uchun eng maqbul yo‘llardan biridir. Konstitutsiyaviy qonunning qabul qilinishi natijasida bir vaqtning o‘zida markazdagi qonun chiqaruvchi organ deputatlari bilan, joylarda esa tegishli xalq deputatlari Kengashi partiya guruxlari maslaxatlashuv jarayoni yuz beradi. Mamlakatimizda oxirgi yillarda qabul qilinayotgan, xalqaro andozalarga javob beradigan bunday qonunlar siyosiy partiyalarning keng ko‘lamdagi faoliyati uchun xizmat qilish barobarida, ularning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshishiga hizmat qilishi shubhasizdir. Respublikamiz siyosiy partiyalarinin bugungi kundagi faoliyatini atroflicha taxlil etgan holda bir qator muloxazalarni bildirish mumkin.
Birinchidan, siyosiy partiyalarning davlat boshqaruvining barcha soxalaridagi ishtiroki doiralarini yanada kengayishi ularning siyosiy elitani shakllantirishdagi roli bilan ham bog‘liqdir. Bu borada ularda aniq yo‘naltirilgan tizimli bir dasturlar yo‘qligi bois, partiyalarda chinakam etakchilar, partiyaning g‘oyaviy yo‘lboshchilari ko‘zga tashlanmayapti.
Ikinchidan, siyosiy partiyalarning yoshlar bilan ishlash mexanizmlarini qaytadan ko‘rib chiqish lozim. Ta’kidlash lozimki oxirgi yillarda siyosiy partiyalarning yoshlar bilan ishlashdagi faolligi sezilarli darajada kuchaydi. Barcha siyosiy partiyalarda o‘z yoshlar qanotining shakllanganligi ana shundan dalolat bermoqda.1 Ular partiya mafkurasini yoshlar orasida targ‘ib qiladilar, ularning muommolari bilan qiziqadilar. Lekin ushbu partiya tashkilotlarining ko‘pincha tadbirbozlikka zo‘r berayotgani, rasmiyatchilikning yuqori ruhdaligi va raqamlar ketidan quvishi yoshlarning partiyaviy faoliyatidan butunlay sovishiga olib kelmoqda. Partiya yangi a’zo bo‘lgan yoshlar (ayniqsa talaba yoshlar) bir-ikki marta partiyaviy tadbirlarda qatnashganidan so‘ng, ularning bunday tadbirlarga kelishi keskin kamayib ketmoqda. CHunki yoshlarning aksariyat partiyaviy majlislarida ko‘tarilgan muommolar faqat majlislarning o‘zida qolib ketmoqda. Bundan tashqari bugungi yoshlarning dolzarb muommolari partiyalar nazaridan biroz chetda qolmoqda. Partiyalarning yoshlarga oid siyosatini xorijiy mamlakatlar siyosiy partiyalari, jumladan, Rossiyaning “Edinaya Rossiya” partiyasi faoliyatlaridan ayrim qirralarini olish lozim. Ushbu partiya mamlakat miqyosidagi oliy uquv yurtlarini tamomlagan va ish muommosiga yo‘liqqan yoshlarning umumiy ro‘yxatini tuzib chiqib, ularning tegishli tartibda turli tashkilotlarga joylashtirishga harakat qilmoqda.1
Uchinchidan, partiyalar o‘z Ustavlarida belgilangan partiyaga a’zolik masalalariga jiddiyroq e’tibor bergan holda, songa emas sifatga urg‘u berishlari lozim. Respublikamizdagi mavjud siyosiy partiyalar bugungi kunda o‘z a’zolari soni jixatidan qonunchiliq talab etadigan darajadan ancha yuqori. SHuni inobatga olgan xolda partiya a’zoligini sharafli ekanligini xisobga olib, partiya a’zolarini doimiy ravishda partiya organlari bilan bog‘liqligiga erishish lozim. Buning uchun partiya Ustavlariga partiya a’zosi bir yil davomida partiyaning boshlang‘ich tashkilotlarining biror bir partiyaviy tadbirlarida qatnashmasligi uning partiyadan o‘chirilishiga olib keluvchi qoidalarni kiritish lozim deb xisoblayman.
Tortinchidan, partilarning domiy faoliyatini ko‘rsatib beruvchi OAV tizimini ham rivojlantirish lozim. Respublikamizning barcha partiyalarini davriy nashrlari borligi ijobiy xol xisoblanadi. Lekin ularga bo‘lgan talab, ulardagi axborotlar va dolzarb mavzular talab darajasida emas. Partiyalarning gazetalari adadi nari borsa 6-7 ming atrofidagi ekanligi, ularda nashr etilayotgan maqolalarning ko‘pchiligida jonlilik etishmasligi achinarli xoldir. Partiyalarning global tarmoq internetdagi saytlarini ham siyosiy partiyalarning maqomiga nisbatan tenglashtirib bo‘lmaydi. Saytdagi deyarli barcha ma’lumotlar partiya gazetalari ma’teriallari bilan bir xil bo‘lib, bu saytlar xuddi ma’lumotlar omboriga o‘xshash tasavvur paydo bo‘ladi. Ularning dizaynni juda sodda bo‘lib, mamlakat siyosiy hayotida muxim o‘rin egallovchi partiyalarning tutgan o‘rniga umuman mos emas. Partiyalar saytlarida turli partiyaviy va siyosiy loyixalar ishlab chiqilishi, yangi a’zolari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va raqamlarning doimiy qiritilib turilishi zarurdir. Bundan tashqari partiyalarning saylovoldi tashviqoti uchun aloxida saylovlardagi partiyaning g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi saylovoldi saytlar yaratilsa maqsadga muvofiqdir. CHunki, televideniya va radio, nashrlardagi partiyaviy dasturlar ma’lum muddatli bo‘lsa, internetda bu ma’lumotlar uzoq muddatli va davomiy saqlanadi.
Beshinchidan, siyosiy partiyalar faoliyatini jamoatchiliq orasida qanday qarshi olinayotganini va partiyalarning o‘z tarafdorlarini muommolarini dimiy ravishda o‘rganish uchun partiyalarning har birini qoshida sotsiologig tadqiqod markazlarini ochish lozim. Buning uchun partiyalarda yildan yilga moliyaviy asoslar shakllanib bormoqda. Sotsiologig tadqiqod borasida Respublikamizdagi Ijtimoiy fikr jamoatchilik fikrini o‘rganish Markazini mavjudligidan qat’iy nazar bu partiyalarning rivoji uchun juda muxim ahamiyatga ega. CHunki, ushbu markaz barcha soxalarda sotsiologik tadqiqodlar olib borgani bois uning imqoniyatlari chegaralanib qolgan.
Sotsiologig tadqiqodlar bugungi kunda fuqorolik jamiyati qurilishi va ko‘ppartiyaviylik tizimiga to‘siq bo‘layotgan muommolarni taxlil etishda eng samarali uslublardan xisoblanadi. Misol tariqasida Islom huquqi kafedrasi bilan hamkorlikda universitetimizning 70 ga yaqin talabalari ishtirok etgan “Fuqorolik jamiyatida siyosiy partiyalarning o‘rni” mavzusidagi sotsiologik tadqiqod natijalariga murojaat qilsak (uning to‘liq matni ilovada ko‘rsatilgan). So‘rovnomada qatnashgan respondentlarning 60% O‘zbekistondagi siyosiy partiyalar to‘g‘risidagi aniq ma’lumotlarga ega emas. Respondentlarning 72% O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan siyosiy partiyalarning dasturiy maksadlari vazifalarida sezilarli farkni ko‘rmasligini bildirganlar. Siyosiy patiyalarning qay biriga xayrixoxlik masalasidagi savolga ularning 40% O‘zLiDeP, 25% XDP ni ko‘rsatib, qolgan ishtirokchilar siyosiy partiyalarga hali ham rasmiyatchilik sifatida qarashini ko‘rsatib o‘tdi. Ushbu kichik so‘rovnomadan ko‘rinib turibdiki, mamlakatimiz siyosiy partiyalari oldida xali hal etilmagan ko‘plab muommmolar turganini anglagan holda, siyosiy partiyalar o‘z imkoniyatlari doirasida tizimli ravishda bunday so‘rovlarni uyushtirib turishi, zarur bo‘lsa o‘z sotsiologik tadqiqod markazini ochishi lozim.
Mamlakatimizda siyosiy partiyalarning mavjud bo‘lishi va real munosabatlarni aks ettirgan holda faoliyat ko‘rsatishi – demakratik huquqiy davlat va kuchli fuqorolik jamiyatini barpo etishning asosiy garovi bo‘lib qiladi. Siyosiy partiyalar fuqorolik jamiyati bilan huquqiy davlatni o‘zoro mustaxkam bog‘lovchi. Bugungi kunda respublikamizda davlat boshqaruvida ushbu demakratik institutning ahamiyati oshib bormoqda. Bu tabiiy va tadrijiy jarayon xisoblanadi.


III-BOB: SHAXS MA’NAVIYATINI SHAKLLANTIRISHDA SIYOSIY PARTIYALARNING ROLI MAVZUSINI AKADEMIK LITSEY VA KASB HUNAR KOLLEJLARIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA O‘QITISH YUZASIDAN TAJRIBA SINOV MATERIALLARI.



Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin