KIRISH Kurs ishining dolzarbligi:XXI asr ilm–fan, texnika sohasida rivojlanish davri, bugungi kunda boshlang’ich davrlardayoq yangi pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish g’oyat dolzarbdir.Har bir o’qituvchi o’z darsning samarali bo’lishini istaydi. O'tgan mavzu yuzasidan o’quvchi tegishli tushuncha va bilimga ega bo'ldimi, yo'qmi?-degan savollar o’qituvchi dilida hamisha ko’ndalang bo’lib turadi. Bu savollarga ijobiy javob olish ko’p jihatdan o’qituvchining samarali faoliyatiga bog’liq.Matematik tushunchalarini o’quvchilarining shaxsiy tajribalari asosida shakllantirish o’qitish maqsadlariga qo’yiladigan birinchi shart, birinchi talab bo’lib o’qish jarayonini turmush bilan o'quvchilarning amaliy faoliyati bilan bog’liq bo’lishi prinsipidan kelib chiqadi.O’qilishning turmush bilan bog’lanishi faqat o’qituvchining so’zidagina emas, balki o’quvchilarning matematika o’rganish jarayonidagi butun amaliy faoliyatlarida ko’rsatib borilishi lozim-bu rivojlantiruvchi ta'limning ikkinchi shartidir.Boshlang’ich sinf matematika darslarida geometriya materiallarni o’tishda mana shu talablarga asoslanamiz.