Ta’lim muassasasining o‘quv rejasi va dasturlari bilan tanishish hamda ularni ishlab chiqarish talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan o‘z takliflarini berish.
O‘quv yili uchun kontrakt summasini semestrlarga yoki choraklarga bo‘lmasdan bir yo‘la to‘liqligicha to‘lash.
Buyurtmachi mazkur kontrakt bo‘yicha pul ko‘chirish, naqd pul, bank plastik kartasi, bankdagi omonat hisob raqami orqali, ish joyidan arizasiga asosan oylik maoshini o‘tkazishi yoki banklardan ta’lim krediti olish orqali to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Ta’lim oluvchining huquqlari:
O‘quv yili uchun kontrakt summasini semestrlarga yoki choraklarga bo‘lmasdan bir yo‘la to‘liqligicha to‘lash mumkin.
Ta’lim oluvchi mazkur kontrakt bo‘yicha naqd pul, bank plastik kartasi, bankdagi omonat hisob raqami orqali, ish joyidan arizasiga asosan oylik maoshini o‘tkazishi yoki banklardan ta’lim krediti olish orqali to‘lovni amalga oshirishi mumkin.
Professor-o‘qituvchilarning o‘z funksional vazifalarini bajarishidan yoki ta’lim muassasasidagi shart- sharoitlardan norozi bo‘lgan taqdirda ta’lim muassasasi rahbariyatiga yozma shaklda murojaat qilish.
KONTRAKTNING AMAL QILISH MUDDATI, UNGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH HAMDA BEKOR QILISH TARTIBI
Ushbu kontrakt ikki tomonlama imzolangandan so‘ng kuchga kiradi hamda ta’lim xizmatlarini taqdim etish o‘quv yili tugagunga qadar amalda bo‘ladi.
Ushbu kontrakt shartlariga ikkala tomon kelishuviga asosan tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin
Kontraktga tuzatish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat yozma ravishda “Kontraktga qo‘shimcha bitim” tarzida kiritiladi va imzolanadi.
Kontrakt quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
Tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan.
“Ta’lim oluvchi” talabalar safidan chetlashtirganda “Ta’lim muassasasi” tashabbusi bilan bir tomonlama bekor qilinishi mumkin.
Tomonlardan biri o‘z majburiyatlarini bajarmaganda yoki lozim darajada bajarmaganda.
Uzrli sabablar bilan, “Ta’lim oluvchi”ning tashabbusiga ko‘ra.