“Ta’lim muassasasi”ga o‘qishga qabul qilingan “Ta’lim oluvchi”lar O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni va davlat ta’lim standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va fan dasturlari asosida ta’lim oladilar.
“Ta’lim muassasasi”da o‘qish davrida ta’lim xizmatini ko‘rsatish narxi Respublikada belgilangan Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga bog‘liq holda hisoblanadi. O‘qitishning kunduzgi ta’lim shaklida ta’lim xizmati ko‘rsatish narxining “stipendiyali” va “stipendiyasiz” shakllari mavjud bo‘lib, ta’lim oluvchiga ushbu imkoniyatni tanlash uchun o‘quv yili boshida rektor nomiga yozma ariza bilan murojaat etadi.
Ushbu kontrakt bo‘yicha ta’lim oluvchini bir yillik o‘qitish uchun to‘lov 6,412,610.00 (olti million to`rt yuz o`n ikki ming olti yuz o`n so'm) soʻmni (Stipendiyasiz) tashkil etadi va quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
Choraklarga bo‘lib to‘langanda quyidagi muddatlarda: