5
uchun bir qancha ishlar amalga oshirildi. Bulardan «Jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirish to’g’risida»gi qarori, «Sog’lom avlod uchun» nodavlat dasturi,
«O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi
Farmoni va boshqa bir qator xukumat qarorlari sport harakatini rivojlantirishga
yo’l ochmoqda
2
.
Jismoniy tarbiya va sportga kundan-kunga qiziqish uyg’onib boriladi. Chunki
odamlarning sog’lomligini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va sportning
rivojlanishining ajralmas qismidir deyishi bejiz emas
3
.
Yosh avlodni har tomonlama: aqliy, ahloqiy
va jismoniy jihatdan
rivojlanishida jismoniy tarbiya asosiy o’rinlardan birini egallaydi. Shuning uchun
O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonunida
«Kollejgacha yoshdagi bolalar, o’quvchi-yoshlar, talabalar salomatligini asrash va
mustahkamlash, ularda jismoniy barkamollik ehtiyojini shakllantirish kollejgacha
tarbiya muassasalari va o’quv yurtlarining asosiy vazifasi hisoblanadi» deyiladi.
Shunga binoan kollej o’quvchilarida jismoniy tarbiya vositalarini amalga
oshirishda bir qator mutaxassislar L.P.Matveev (1967), M.M.Bogen, L.Jeleznyak
o’z uslubiyatini tavsiya etishgan. Lekin hozirgi kunda o’quvchilarni tayyorlashda
o’qituvchilar uslublarni tanlashga kam e’tibor berilmoqda. Kollejlarda dastur
materiallarida kasb amaliy tayyorgarligini amalga oshirishda ko’pchilik
o’qituvchilar ommaviy dars o’tish bilan chegaralanmoqdalar. O’quvchilar
qanchalik amaliy jismoniy
tayyorgarlikni egallasalar, dars shunchalik qiziqarli
o’tadi va o’quvchilar kerakli ma’lumotni oladilar.
Uslublarni tanlash, birinchidan: yurak-qon tomiri faoliyatini kuchaytirishni;
ikkinchidan, funktsional tizimlarning faoliyati jarayonida paydo bo’ladigan
quvvatni tejam-tergab sarflashni; uchinchidan, funktsional imkoniyatlardan iloji
boricha to’la foydalanishni ko’zda tutadi (L.P.Matveev).
Qat’iy tartiblashtirilgan uslublar kollejlarda mashg’ulotni
bir tekisda va har
xil o’zgaruvchan mashqlar uslubini variantlaridan foydalanishni taklif qiladilar.
2
O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.-T., 1997y.,
3
.O’zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi. Xalq so’zi. 2000. 28 may., Karimov I.A. Barkamol avlod
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori -T., 1997 y., Karimov I.A. Bizdan ozod va obod Vatan qolsin.-T.: O’zbekiston.1994.-
30b., Karimov I.A. Barkamol avlod orzusi “Sharq “ nashriyot-matbaa kontserni bosh tahririyati. Toshkent-1998. 70-78 bet.
6
Bir tekislik uslubning ijobiy tomoni shundaki, u faoliyat tizimini bir-biriga
bog’liqligini ish bajarishda kislorod talabini ta’minlovchi yuklamani oshib borishi
bilan bog’liq.
O’quv muassasalarida kurash, yengil atletika va boshqa sport turlari
musobaqalar dasturiga kiritilgan. O’smirlar bu musobaqada ishtirok etishlari uchun
umumiy tayyorgarlikni amalga oshirish zarur. Bu esa o’quvchining organizmini
ushbu musobaqaga tayyorlangan bo’lishi kerakligini ta’kidlaydi. Lekin, o’quvchi
yoshlarni ko’pchiligi berilgan mezonlarni bajara olishmaydi.
Shu sababli,
yuqoridagi ma’lumotlarni inobatga olgan holda, kollejlarda uslublarni tanlash va
uni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb muammosidir.
Yuqorida qayd etilgan muammoning hal qilinishi yengil atletika, kurash,
suzish, gimnastika va boshqa sport turlaridagi natijalarni yaxshilaydi. Shunga
asoslanib aytish mumkinki, tadqiqot ishining
tanlangan mavzusi dolzarb
masalalaridan biri bo’lib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: