Nizomiy nomidagi


Irqlar haqida umumiy tushuncha



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə82/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   105
Nizomiy nomidagi

Irqlar haqida umumiy tushuncha
Asosiy uchta irq tipi sudan negri - negroid, mangol – mongoloid va boltiq oldi yevropalik - yevropoid irqlariga tipik vakildir. Irq tur ichidagi tafovutlardan farq qilib, geografik jihatdan alohidalanish sanaladi. U yoki bu regionda - arealda shu irqqa mansub aholi ko’p yashaydi. Zoogeografiyada areal deganda sayyoramizning hayvonlar tarqalgan ma’lum hududi tushuniladi.
Irq nima deganda irq hosil bo’lishi jarayonini tahlil qilish bilan javob berish mumkin. Bu jarayon biologik va ijtimoy omillar ta’siri orqali ro’y bergan. Bu ikki omilning roli: 1) mazkur jarayon mexanizmini; 2) irq belgilarining qaysi vaqtda poydo bo’lgani va maydonini farqlashda namoyon bo’ladi. U yoki bu irq belgilarning paydo bo’lishi biologiya faniga tegishli. Aksincha, bu mexanizimlarni konkret tarixini amalga oshirish ijtimoiy omilga tegishli. Masalan, odam belgilarining xilma – xilligi, chunonchi, sochning rangi va shaklini bilish uchun genetik bilimga ega bo’lish kerak.
Tur ta’rifi. Tur kenja turlar yoki geografik irqlardan tashkil topgan. Ba’zi turlarda 30 – 40 ta kenja turlar, ba’zilarida birorta ham kenja tur- irq bo’lmaydi. Ayrim turkumlarning ba’zi turlarda kenja turlar ko’p, boshqalarida yo’q bo’ladi. Masalan, grelandiya tyuleni 3ta kenja turga ega, kaeliy tyulenining kenja turi yoq.
Sutemizuvchilar yungi yoki terisining rangi, tanasining kattaligi tumshug’i, kalla qismining tuzilishiga qarab belgilanadi. Masalan, gorilla, oq ayiq, shimol bug’isi, qunduzning kalla qismi o’zaro farq qiladi. Bu belgilar turg’un bo’lib, tashqi muhit ta’siri tufayli kam o’zgaradi. Tur bilan kenja tur - irq o’rtasida ko’pincha farqni topish mumkin.
Turlarning irqlardan farqi.

  1. turlar orasida irqlarga nisbatan morfologik belgilarning ko’pligi;

  2. irqlarning o’zaro chatishib nasl berishi;

  3. irqlar orasidagi formalarning hududlarning chetki chegaralarida uchrashishi;

  4. bir arealdagi turlarning o’zaro chatishmagan holda mavjud bo’lishi.

Irqlar kichik irqlarga bo’linmasada, ular xos hududlarda tarqarilishiga qarab yana kichik guruhlarga ajraladi.
Odam irqi tarixan tarkib topgan odamlar guruhi bo’lib, ular kelib chiqishi jihatdan morfologik, fiziologik xususiyatlari bir, lekin ma’lum darajada xilma-xillik beradilar. Guruhli va individual o’zgarishlar bir-biriga mos bo’lmasligi mumkin. Shunga binoan irqlar odamlar to’plami emas, balki ma’lum hududdagi tanlanish bilan bog’liq populyatsiyadan tashkil topgan. Hozirgi zamon odam irqlarida morfologik, fiziologik psixikasining o’ziga xosligi bilan o’xshash.
XVIII - XX asrlarda irqlarga oid ko’pchilik klassifikatsiyalar yaratildi. Ular faqat morfologik xossalarga asoslangan edi. Eng muvaffaqqiyatli irqlar klassifikatsiyasi J Denikerga (1900) tegishli. U odam irqlarini 29 irqga bo’lib, ularni 6 guruhga tubandagi belgilar bo’yicha ajratgan:
A.Yungli soch, keng burunli (bushmen, negirtoss, negr, malayziya ).
B.Jingalak yoki to’lqinsimon sochlilar (habashiston, avstraliya, drovid melanoindeys, assirasidni).
G.To’lqinsimon yoki to’g’ri sochlilar, havorang ko’zlilar(shimoliy –sharqiy Osiyo).
D.Tekis va to’lqinsimon qora sochlilar, qora ko’zlilar (indoneziya, Janubiy Amerika).
E.Tekis to’g’ri soch (Shimoliy Amerika, o’rta amerikaliklar, pategoniyaliklar, eskimoslar turli mongol irqlari har bir guruh orqasida teri rangi, kalla, yuz burun va boshqa belgilar bilan farqlanuvchi irqlar ajraladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin