Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə81/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105
Nizomiy nomidagi

Mongoloid irqi. Badan terisi sarg’ish – jigarrang tusli. Yonoqlari juda kuchli rivojlanib teri osti va to’qimasining shu joyda qalin tortganligi, ko’z yorig’ini rosa gorizontal joy olmaganligi va tashqi uchi ichkisiga qaraganda yuqoriroq turishi. Ko’z yorig’i ancha tor va kalta. Sochlari qattiq, to’g’ri, qora. Soqol- mo’ylovlari yevropoidlarga nisbatan kam o’sgan. Yuzi birmuncha cho’zilgan va pastroq. Lablari o’rtacha qalinlikda. Ular Osiyo qit’asida ko’p.
Evropoid irqi. Sochlari to’g’ri, ba’zan to’lqinsimon och sarg’ish, erkaklarda soqol- mo’ylov kuchli o’sadi. Yuzlari ensiz, burunlari uzun, kataklari unchalik katta emas. Ko’zlari gorizontal holatda, ko’zning yuqori qovog’i bo’lmaydi yoki kam rivojlangan. Jag’lari oldinga bo’rtmagan, lablari yupqa. Ular Yevropada va oldingi Osiyoda shakllangan.
1. Amerika indeyslari an’ana bo’yicha ba’zan mongoloid tipiga kiritilsa ham Epikantus katta indeyslarda ahyon - ahyonda burgutlarnikiga o’xshash burun, afti-angori yevropoidlarniki kabi. Shunga ko’ra Amerika irqi alohida ajratiladi.
2. Avstraliya va unga yaqin orollarda yashovchi aholining terisi qora, lekin sochlari jingalak emas, balki to’lqinsimon, soqol- mo’ylovlari ko’p. Tishlarining tuzilishidan tortib, barmoqlaridagi papilyar chiziqlarigacha mongoloid irqiga yaqin. Shunga qaramay ular avstraloid irqiga kiritiladilar.
Irqlarning paydo bo’lish vaqti va joyi
Keyingi davrda irqlarning o’zaro yaqinligini isbotlashda biokimyoviy metoddan foydalanilmoqda. Makro yoki boshqacha aytganda turli irqlar oqsili va fermentlarida allel oqsillar, fermentlarning takrorlanish darajasi aniqlandi. Bu tadqiqotlarning ko’rsatishicha, barcha irqlarning umumiy ajdodi bundan 90-92 ming yil muqaddam yashagan. O’shanda umumiy ajdod ikki tarmoqga ajralgan Mongoloid (bunga amerikaliklar ham kiradi ) va yevropoid - negroid (bunga avstraloidlar ham kiradi.) Avstraloidlar o’z qit’alariga bundan 50 ming yil muqaddam kirib borganlar. Ular taxmin qilinishicha, irqlarning dasrtabki ajdod belgilarini o’zlarida saqlaganlar. Yevropoid va negroid irqlarini bir-biridan ajratish bundan 40 ming yil muqaddam ro’y bergan. Uzoq vaqt ular Voronej shahriga yaqin Markio tog’i atroflarida birga yashashgan. Bu yerda kromanon kalla suyagi bilan avstraloidga o’xshash kalla suyagining topilishi bundan dalolat beradi. Avstraloidlar Avistraliyaga migratsiya qilinishi bilan birga ular Janubiy Hindiston, Shri –Lanka, Seylon, Indoniziya va Hind okeanining boshqa orollarida o’zlaridan “iz” qoldirganlar(vedrov, veddoidlar populyasiyasi). Mongoloid irqi ham uzoq vaqt shakllangan. Hali mongoloid irq belgilariga to’liq ega bo’lmagan qadimgi ovchilar Osiyodan Shimoliy va Janubiy Amerikaga o’tganlar. Taxmin qilinishicha, migratsiya 40-16 ming yillar mobaynida uch marotaba ro’y bergan. Oqibatda amerindlar: qadimgi indeyslar paydo bo’lgan. Bu hodisa 70 ming yil oldin ro’y bergan degan taxminlar ham bor. Bunga asosiy sabab na dene degan qabila tili bilan 12-14 ming yil oldin yashagan Sibir aholisining tilidagi ayrim so’zlarning o’xshashligidir ular Eskimos va aleutlarning ajdodi hisoblanadi va 9 ming yil oldin yashagan Eskoleutlar bilan o’xshashligidir. Faqat birinchi paleosennda migratsiya Janubiy Amerikaga tarqalgan deb taxmin qilinadi. Ko’p yillardan beri antropologlar o’rtasida turli irqlarning kelib chiqishini tushunturuvchi yagona fikr yo’q. Ularning ayrimlari barcha irqlar yagona ajdoddan kelib chiqqan desa, boshqalar har xil joyda har xil ajdoddan kelib chiqqan degan fikrni himoya qiladilar.
Odam evolutsiyasi bilan shug’illanadigan mutaxassislar antrapogenezda biologik evolutsiyaning tabiiy tanlanishi o’z - o’zidan chetga chiqqanligini qayd etadilar. Lekin hozirgi odamlarning paydo bo’lish vaqtida tabiiy tanlanish chamasi o’z ta’sirini yo’qotmagan. Poleolit (tosh davrining) keyingi bosqichida Homo sapiens yer sharining turli mintaqalari hududlariga tarqalishi bilan ularda irqiy belgilar tabiiy tanlanish natijasida paydo bo’la boshlagan.
Qadimgi negroid va avstraloid populyatsiyalarining irqiy belgilari Afrika va Janubiy Osiyoda shakllangan. Bu yerlar o’ta issiq, shu bilan birga nam va quyosh nurlari kuchli bo’lgan. Shunga binoan ekvatorda yashagan irqlarda paydo bo’lgan ko’p belgilari moslashishda ahamiyat kasb etgan. Antropologlarni ko’rsatishicha, negroid va avstraloidlarning terisida melanin pegmenti ko’p bo’ladi. Negroid va avstraloidlarda soch ko’zlari qora rangli, sochning jingalakligi, burun kataklari keng bo’lishi, labining qalin bo’lishi shular jumlasidandir.
Yevropoidlarga tabiiy tanlanish natijasida paydo bo’lgan irqiy belgilarga terida pigmentlar bo’lmasligini olish mumkin. Yevropaning shimolida retsessiv genlarga ega irqlar yashab kelib, ko’paya boshlaganlar. Bunga muzlash davridan keyingi shimoliy sovuq, nam havo, quyosh nurlarining kamayishi sabab bo’lgan. Shimoliy o’lkalarda tarqalgan mongoloid irqi vakillarida soch, ko’z, ayniqsa, terida melanin pegmenti kamayishi nomoyon bo’ladi. Avstraloid irqi Osiyoning Janubiy- Sharqiy qismida shakllangan, negroidlar Afrikaning shunday hududlarida, evropoidlar esa Yevropaning O’rta Yer dengizi, Sharqiy Yevropa, G’arbiy Osiyoning mo’tadil zonalarida, mongoloid irqi esa, Markaziy Osiyoning yarim sahro va cho’llarida shakllangan. Bu davrda muzliklarning shimoldan janub tomonga ko’chishining oxiri bo’lib, harorat, kuchli shamollar, chang-bo’ronlar, dovullar, sutka va fasl davomida quruq iqlim o’zgarib turgan. Bu chang-to’zonlar, qumlar ko’chishi ko’zni doimo yoshlanib turishiga qovoqlari ko’z ustiga tushib, ko’zlarini qiyiq bo’lishiga sababchi edi.
Tabiiy tanlanish ta’sirining kamayishi, taxmin qilinishicha, ibtidoiy jamoa tuzumida paleolitdan mezolitga o’tish davrda (bundan 16-12 ming yil muqaddam) ro’y berdi. Ilk paleolit- miloddan avvalgi 3 - 2 ming,Ilk poleolit - astel miloddan avvalgi 1mln 100 ming yillar.O’rta poleolit 100 - 40 ming mezolit so’nggi poleolit 40 -12 ming yillar.Yangi tosh davri neolit .Mis tosh davri neolit
Afrikaning janubini ishg’ol qilgan Kalexar cho’lida bushmen irqi shakllangan. U negroid va mongaloid irqlarining belgilarini o’zida jamlagan (terisi sariq tus, yuqori qovog’i pastga tushgan) Amerika va Avstraliyaga, Shimoliy Sharqiy Osiyodagi qadimgi mongoloidlarga xos belgilar (qiyiq ko’z, yuqori qovoq pastga tushgan) shakillanishiga ulgurmagan bo’lgan.
Qadimgi odamlarning Amerikaning har - xil iqlimli sharoitida yashashga moslashishi muhim qiymatga ega bo’lmagan. Shunga ko’ra Yevro Osiyo, Afrikaga o’xshash irqlar orasida keskin tafovut ro’y bermagan, lekin Amerikaning Janubiy tropik hududida Kaliforniyadagi indeyslarda ekvatorial irqlarning belgilari (terining qora bo’lishi, jingalak soch, burni yalpoq bo’lishi, labi do’rdayganligi) namoyon bo’ladi.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin