Nizomiy nomidagi


Magistrlar bilimini sinash uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə87/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105
Nizomiy nomidagi

Magistrlar bilimini sinash uchun savol va topshiriqlar
1. Irqlarning kelib chiqishi to’g’risida qanday qarashlarga egasiz?
2. Asosiy irqlar haqida ma’lumot bering.
3. Irqlarning paydo bo’lish vaqti va makoni haqida qanday fikrdasiz?
4. Irq va millat o’rtasidagi farqni tushuntirib bering.
5. Irqlarning aralashuvi sabablari nimadan iborat?


22-Mavzu:Ibtidoiy odamlarning turmush kechirish xillari.


Tayanch tushunchalar va bilimlar: Vavilovning chorvachilik sohasidagi ishlari, chorvachilikning kelib chiqish markazlari, chorvachilik dalillari, chorvachilikning asosiy va qo’shimcha markazlari

Madaniy o’simliklarning kelib chiqishi haqidagi nazariya o’zlashtiruvchi iqtisodiyotdan, ishlab chiqaruvchi iqtisodga o’tish, uy hayvonlarini xonakilash-tirish muammosini chetlab o’tmadi. Lekin hayvonlarni xonakilashtirishga oid nazariya o’simliklardagi singari to’liq, atroflama yartilmagan.


N.I. Vavilov boshliq chorvachilik bilan shug’ullanuvchi olimlar hayvonlarni xonakilashtirishni besh markazga bo’lgan. Bular
1) Xitoy – Malayziya (cho’chqaning bir necha turi, tovuq, o’rdak, Xitoy g’ozi, to’ti, ipak qurtini bir necha turi, Xitoy arisi, oltin baliq, chamasi it ham)
2) Hindiston markazi (zebra, Osiyo qo’tosi, qoramol, Hindiston mushugi, hind arisi,hind fili, tovuq, it, tovus).
3) Janubiy - g’arbiy Osiyo (yirik qoramol, sharq oti, qo’y, echki, cho’chqa, bir o’rkachli tuya, ari turi, kaptar).
4) O’rta yer dengizi markazi (shoxli qoramol, g’arb oti, qo’y, echki, cho’chqa o’rdak, g’oz, quyon).
5) Indoneyziya (lama, muskus o’rdagi, dengiz cho’chqasi).
Qo’shimcha yana yetita kichik markazlar ajratiladi.
1) Tibet- pamir (qo’tos)
2) Sharqiy Turkiston (ikki o’rkachli tuya)
3) Sharqiy Sudan (bir o’rkachli tuya)
4) Janubiy Arabiston (bir o’rkachli tuya)
5) Abtsissiya (nubiya eshagi, adinson arisi)
6) Janubiy Meksika (tustovuq)
7) Sayan – Oltoy (dumbali qo’y, shimol bug’usi)
O’simlikshunoslikdagi kabi bu yerda uy hayvonlarini diskret - alohida – alo-hida shakllanganligi haqida so’z yuritiladi. Snunga ko’ra hayvonlarning ba’zi turlari har xil markazlardan paydo bo’lgan deb ta’kidlanadi.
Markazlarning geografik o’rni zoologik, geografik dalillarga asoslangan, chunki arxeologik dalillar bu soha bo’yicha juda ham kam.
Hayvonlarni xonakilashtirish jarayonida ularning ko’p belgilari yovvoyi ajdod-lariga nisbatan bir yo’nalish bo’yicha katta o’zgarishlar ega bo’lgan. Bularga birinchi navbatda kalla skeletining o’zgarishi kiradi. Yovvoyi ajdodlarga nisbatan xonakilashtirilgan barcha hayvonlarda oliy nerv faoliyati pasaygan, hatto, harakat diapozoni kamaygan va ular birmuncha kamharakat bo’lib qolganlar.
Darvin barcha uy hayvonlarida parallel o’zgaruvchanlik sodir bo’lgan deydi. Uning fikriga ko’ra, bunga ongsiz so’ngra ongli tanlash sababchi bo’lgan. Lekin o’simliklarga qaraganda hayvonlarda morfologik belgilarning o’zgarishi kam. Ular ko’p jihatdan o’zlarining yovvoyi ajdodlariga o’xshaydilar. Hayvonlarning kelib chiqish markazlari noaniq. Shunga binoan xonaki hayvonlarning kelib chiqish mar-kazlari emas, balki hayvonlarning ayrim turlarini xonakilashtirish deyish kerak.
Xonakilashtirilgan hayvonlarning yovvoyi ajdodlarining areali ma’lum. Chunki sut emizuvchi hayvonlarning areali zoogeograflar tomonidan yaxshi o’rganilgan.
Lekin yovvoyi hayvonlar vaqt o’tishi bilan o’zgargan. Masalan, tuyoqli hayvonlarni olsak, ular qadimgi odamlarga ov manbai bo’lgan. Bunday holatdagi hayvonlarni rekonstruktsiya qilish, qirilib ketgan hayvonning skelet qoldiqlariga asoslanib tashqi qiyofasini tiklash mumkin. Lekin ular tarqalgan arealini belgilash nihoyatda mushkul.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin