Nizomiy nomidagi



Yüklə 439,42 Kb.
səhifə48/105
tarix27.03.2023
ölçüsü439,42 Kb.
#90430
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Nizomiy nomidagi

Tog‘ayli baliqlar umurtqalilar orasida jag‘-og‘izga ega bo‘lgan dastlabki hayvonlardir. Ular ancha sodda tuzilgan. Skeleti tog‘aydan iborat. Tana sirti plakoid tangachalar bilan qoplangan. Havo pufaklari bo‘lmaydi. Erkaklarida suzgich qanotlarini bir qismi o‘zgarib, kopulyativ organga aylangan. Urug‘lanishi ichki. Urg‘ochilari qattiq shoxsimon parda bilan o‘ralgan yirik tuxum qo‘yadi yoki rivojlanishi bachadonda o‘tgan tirik bola tug‘adi. Bosh miyasi anchagina takomillashgan. U oldingi miya, oraliq miya, o‘rta miya, miyacha, uzunchoq miyadan tashkil topgan. Oldingi miya o‘ng va chap pallalarga ajralmagan. Tog‘ayli baliqlarga vakil sifatida xilma-xil akula, skatlarni ko‘rsatish mumkin.
Umurtqalilarning eng qadimgi ajdodlarini qazilma holdagi nusxalari qalqondarlar sinfiga mansub baliqsimon hayvonlar silur va devon davrlariga tegishli yer qatlamlaridan topilgan. Tanasini sirt tomondan qoplab turgan yirik suyak qalqoniga qarab ularga shunday nom berilgan. Qalqondorlar ma’lum darajada to‘garak og‘izlilarga yaqin turadi. Ularning o‘xshashlik tomonlari: gipofizlar xaltachaga ochiluvchi toq burun teshigi borligi, jag‘ apparati rivojlanmaganligi, jabrali entoderma ekanligi, haqiqiy juft harakat organlari bo‘lmasligi, qulog‘ida faqat ikkita yarim aylana kanallar uchrashligida namoyon bo‘ladi.(6)
Baliqlarning qazilma holdagi tangachalari silur davrining boshidagi qatlamlarda uchraydi. Devonda esa ularning har xil guruhlariga tegishli
formalar aniqlangan. Eng qadimgi silur davrida tarqalgan baliqlarning skleti tog‘aydan tuzilgan, tana usti esa suyak pansir bilan qoplangan. Jag‘lari suyakli bo‘lgan. Qalqonli baliqlar toshko‘mir davrigacha yashab so‘ng qirilib ketganlar.
Dastlabki tog‘ayli baliqlar – plastinka jabralilar devon davrining dengizlarida bundan taxminan 300 mln yil ilgari yashaganlar.
Haqiqiy tog‘ayli baliqlar devon davridan ma’lum bo‘lgan. Suyakli baliqlarning ancha erta devon davridayoq bir necha guruhi paydo bo‘lgan. Mezazoy boshlarida haqiqiy suyakli baliqlar kelib chiqqan.(12,13)
Suyakli baliqlarning turlari 20 mingga yaqin. Suyakli baliqlar sistematikasi to‘liq hal qilinmagan. Ko‘pchilik zoolog olimlar suyakli baliqlarni tog‘ay-suyakli baliqlar, shulaqanotlilar, ikki xil nafas oluvchilar, panjaqanotlilar kenja sinflarga ajratadilar.

Yüklə 439,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin